“Bog‘da”
Bog‘da olmalar pishdi. O‘quvchilar bog‘bonga yordamga keldilar. Muzaffar, Yorqinoy,
Ma’rifat va Dilshodjonlar olmalarni yashiklarga joyladi. Alisher ularga yordamlashdi.
O‘quvchilar yig‘iladilar mavzuni mustahkamlash uchun suhbat o‘tkaziladi. O‘quvchi
bog‘da nimalar yetishtirilishi, ularning kelib chiqishi, hususiyatlarini o‘qish orqali bilib oldi.
Yozuv bo‘limida shu mavzu asosida atoqli ismlarning bosh harflarini yozish yo‘llarini
o‘rganib olishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngi ijod bo‘limida esa bolalarni ijodiy tasavvurlarini
shakllantirishga imkoniyat yaratildi. Bunday darslarni tashkil qilishi kelajakda har tomonlama
64
yetuk barkamol insonlar yertishib chiqishiga zamin yaratadi. Bunday ma’naviyat usuldagi
darslarda o‘quvchilarning faqat birgina fanga emas, balki, barcha fanlarga qiziqishlari ortadi.
Bu yerdagi vazifa asosan o‘quvchilarning chiroyli yozish qoidalariga rioya qilib, yozishlariga,
bosh harflarning yozilishiga hamda o‘zidan keyingi harflar bilan tutashtirilishi kabi qator
shartlarni bajarilishiga qaratildi. Yozish qiyin bo‘lgan harflarni yozib ko‘rsatiladi.
O‘quvchilar plastilin bilan o‘zlari orzu qilgan bog‘ni yaratadilar. Qalam va bo‘yoq bilan
chizadilar, bo‘yaydilar.
Markazlar almashganda o‘quvchilar quyidagi sherni aytib dam olish daqiqasi
o‘tkazadilar.
“Asalarilar”
Ahil asalarilar
Azonlab tushar ishga
Atrof dala bog‘lardan
Asal yig‘ishar qishga
Ayiq bo‘lsa meshqorin
Asallarni yeb barin
Arilar hafa g‘oyat
Axir bormi adolat
Yakuniy qism
O‘qish bolalarni nutq faoliyatlarini oshirish, adabiy estetik tafakkurini kamol toptirish
mustaqil fikirlashga o‘rgatishning muhim omillaridir. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta’lim
tizimida muhim o‘quv predmeti ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vazifasi
hisoblanadi.
- boshlang‘ich o‘qish malakalari (to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish) ni takomillashtirish
- bolalarni o‘qigan asarlarini idrok eta bilishlari ularda aks etgan voqea hodisalar mazmunini
tushuna olishlari hulosalar chiqarishga tayyorlash
- o‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida matn va kitob ustida ishlash. O‘quvchilarning
bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutish.
Ma’lumki, 1-sinfda o‘quvchilar matnni bo‘g‘inlab so‘ng sidirg‘a o‘qishni o‘rganadilar. 2-
sinfda o‘quvchilar butunicha sidirg‘asida o‘qish malakasi shakllanadi. O‘qishning to‘g‘ri va
ifodali bo‘lishiga erishiladi. O‘qish sur’ati tezlashadi. 3 –sinfda so‘zlarni butunicha sidirg‘a
o‘qish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu esa o‘quvchilarning ongli va ifodali o‘qishga qo‘yilgan
talablari o‘stiorish imkoniyati beriladi. Bunda albatta, maqollardan, himatli so‘z va
iboralardan foydalanishga, soz’larni to‘g‘ri tanlashga, gap qurilishidagi so‘zlardan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatiladi.
Zamonaviy interfaol usullardan foydalanishning muhim jihatlari ta’lim
samaradorloigiga erishishga yetarlicha hissa qo‘shish bilan ahamiyatlidir. Ulardan biri
breynshtorning usuli bo‘lib, u musobaqa, munozara trening va shunga o‘xshash interfaol
texnalogiyalarni ko‘tarinki ruhda qizg‘in, jonli va qiziqarli fikrlashga, dars jarayonida faollikni
oshirishga da’vat etadigan ish turlaridan biridir. Ayni paytda o‘quvchilarni aqliy faoliyatini
rivojlantiradigan sinfdagi barcha didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega.
To‘rtdir uning oyogi.
65
Temur mixli tuyog‘i.
Manzilga yetishtirar ,
Toshdan qattiq tuyug‘i.
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq.
Qora-qizil, sariq, oq
Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq.
Boshlang‘ich sinflarda grammatika mavzu va o‘quv faoliyati bilan bog‘liq turli ma’lumiy
o‘yinlar o‘quvchilarning bilish faoliyatini oshiradi, aqliy charchashini oldini oladi.
Shuningdek olgan bilimlarini mustahkamlash va nazorat qilishda samarali vositalardan
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |