Magiz chok — ochiq qirqimli, yopiq qirqimli va tasmali bo`ladi. Ochiq qirqimli magiz chok (i) adip ichki qirqimlarini, astarsiz ust kiyimlar qirqimlarini magizlash uchun ishlatiladi.
Yopiq qirqimli mag`iz chok ayollar ko`ylaklarining va ich kiyimlarning yoki yeng o`mizlariga mag`iz qo`yish uchun ishlatiladi. Mag`iz chok solish uchun maxsus 2—35 buklagich moslamadan yoki 1022-3 kl, 1022-4 kl tikuv mashinalaridan foydalanish mumkin. Mag`iz parchasi o`rniga maxsus tasma ishlatilsa, tasma chеtini bukmay turib, tasma milkidan 0,1—0,15 sm. oraliqda baxyaqator yuritib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |