Burtma choklar — xilma-xil shakldagi murakkab choklardir. Ular mayda-mayda taxlangan (n), shnur qo`yib burtirilgan, ichki va ustki baxyaqator bilan bo`rttirilgan ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Mustahkamlash: Darsning ikkinchi soatida chok turlari amalda bajarilib va ularni nazorat qilib, qo`shimcha savollar yordamida yangi mavzuni mustahkamlaymiz.
O`quvchilarni baholash: o`quvchilarni chok turlariga qarab izohli baholash va namunali mashina chokini tikkan o`quvchilarni rag`batlantirish.
Yangi mavzu mustahkamlangach, guruh a’zolari to’plagan rag’bat kartochkalari soniga qarab baholanadilar. So’ng dam olish daqiqasi o’rnida sinf o’quvchilari o’rtasida “ZANJIR” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yinda o’quvchilar bahribayt usulida mehnat haqida topishmoqlar aytadilar .
O’yin yakunlangach, o’quvchilarda topshiriq beriladi. Uyga berilgan topshiriq katta ekranda namoyish qilinadi.
Uyga vazifa:
Mashina chok turlarini tikishni.o`rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |