II-BOB. Asosiy qism 2.1 Frontal laboratoriya ishlari va tajribalarni o’tkazish
Ilm-fan jadal ravishda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta'lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda doimiy ravishda bilim izlash vazifasini ham qo'ymoqda. Bundan tashqari zamonaviy kompyuterlarning amaliy dasturlar paketidan foydalanishni o'rganish, bu esa o'z navbatida dars jarayonida zamonaviy texnikalarni qo'llash va ularning afzalliklari haqida keng bilimlarni egallashdan iborat.
Hozirgi kunda kompyuter dasturlarining imkoniyatlari juda keng qamrovli tarzda rivojlanib, har xil fan sohalari uchun samarali ishlarni amalga oshirish rivojlanib bormoqda. Jumladan, matematik analizda funksiyalarni tekshirish, hosilalarini hisoblash, differensiallash va integrallash amallarini bajarish kabi ishlarni zamonaviy matematik paketlar yordamida osongina amalga oshirish mumkin. Matematikada natijalarni funksiya grafigiga qarab tahlil qilish ancha samarali natija beradi. Ixtiyoriy funksiyaning grafigini chizish maxsus paketlarda juda sodda ravishda bajariladi.
Ana shunday qulayliklarga ega bo'lgan zamonaviy matematik paketlarga Maple, Mathcad, Matlab va Mathematika dasturlarini misol sifatida aytib
o'tishimiz mumkin. Bu dasturlar imkoniyatlaridan keng foydalanilsa, yuqorida aytib o'tkanimizdek foydalanuvchilarning ish unumi oshiriladi va vaqti tejaladi.
Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo'llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo'ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o'xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o'quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professor- o'qituvchilar, balki oliy o`quv yurti talabalari, hattoki, litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o'quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin.
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy ob'yektiv sabablar quyidagilardir:
kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o'rin olib bormoqda;
kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda;
hozirgi zamon o‘quvchisi ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet to'ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda;
talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o'quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda;
professional matematik paketlar bo'yicha maxsus adabiyotlar ko'paymoqda.
Kelajakda ta'lim va ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo'lgan e'tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda, ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, informatsion texnologiyalar, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha shug'ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta'minlanish darajasini yuqoriga ko'tarish dolzarb muammolardan biridir. Hozirgi vaqtda professional matematik paketlardan foydalanishni yo'lga qo'yishda bir qancha adabiyotlarni tavsiya etish mumkin:
Frontal laboratoriya ishlarida hamma o‘quvchilar bir xildagi asboblar bilan bir xildagi topshiriqni bajaradi. Frontal uslub materialni laboratoriya ishlari, kuzatish va tajriba bilan uzviy bog‘lashga imkon beradi.
Frontal laboratoriya ishlarining eng yaxshisi didaktik maqsadlarga ko‘ra tasniflash (guruhlash)dir. Bu belgisiga ko‘ra ular quyidagicha guruhlarga ajratiladi:
fizik hodisalarni kuzatish va o‘rganish. Masalan, tok va magnitning o‘zaro ta‘siri, interferensiya, moddalarning magnit xossalari kabi hodisalarni kuzatish va o‘rganish.
o‘lchov asboblari bilan tanishish va fizik kattaliklarni o‘lchash. Masalan: massa, tok kuchi, kuchlanish kabilarni o‘lchash.
ba‘zi bir fizik asboblar va texnik qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish. Masalan, elektromagnit, o‘zgarmas tok generatorini yig‘ish va ishlashini sinash, elektron ossillogrsfni o‘rganish.
miqdoriy qonuniyatlarni aniqlash yoki tekshirish. Masalan, Boyl- Mariott qonunini tajribada tekshirish; yorug‘likning qaytish qonunlarini o‘rganish.
modda va hodisalarning fizik xarakteristikalarini, fizik doimiylarini aniqlash. Masalan, erkin tushish tezlanishini, ishqalanish koeffitsiyentini, yorug‘likning sinish qonunlarini, zichlikni, solishtirma issiqlik sig‘imini, solishtirma qarshilik kabilarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |