Frontal laboratoriya ishini bajarish sxemasi asosan quyidagicha: 1.Kirish suhbati.
2.O’quvchilar tomonidan tajribani bajarish. 3.Olingan natijalarni ishlab chiqish.
4.Ishga yakun yasash.
Kirish suhbati. Laboratoriya ishlarini ongli ravishda bajarishlarini ta‘minlash maqsadida frontal so‘rash orqali tajribaga oid bilimlar o‘quvchilarning eslariga tushiriladi, bundan tashqari o‘qituvchi asboblar bilan muomala qilish, materiallardan foydalanish qoidalari, o‘lchash aniqligiga ahamiyat berish, o‘lchash xatoliklari va ularning oldini olish, texnika xavsizligiga rioya qilish, hisobot yozish haqida ko‘rsatmalar beradi. Natija aniqligini orttirish uchun har bir kattalikni 3-5 marta o‘lchab o‘rtachasini olish lozimligini uqtirib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |