O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


-mavzu: HAMKORLIK PEDAGOGIKASI TEXNOLOGIYASI



Download 9,03 Mb.
bet33/40
Sana22.06.2017
Hajmi9,03 Mb.
#11557
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40

8-mavzu: HAMKORLIK PEDAGOGIKASI TEXNOLOGIYASI

Reja:


  1. Didaktikada hamkorlik o’qitish g’oyasining kelib chiqishi.

  2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari.

  3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari.

  4. Guruhli o’qitish metodikasi.

Tayanch iboralar:

Hamkorlikda o’qitish, komandada o’qitish, kichik guruhlarda o’qitish, hamkorlik shakllari, taqlid harakatlari, madad harakatlari, o’zini-o’zi boshqarish, interaktiv harakatlar.


Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.

Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.

Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.

Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.

Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.

Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:

1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.

2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).

Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.

O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.

O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.

O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.

Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta`lim jarayonidagi o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.

O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.

Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.

Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;

O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.

Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:


  1. faoliyatga kirish;

  2. mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;

  3. o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;

  4. taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);

  5. madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);

  6. o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);

  7. o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;

  8. o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.

Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.

Nazorat savollari:



  1. Didaktikada hamkorlikda o’qitish g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

  2. Hamkorlikda o’qitishning istiqbollari va afzalliklarini izohlab bering?

  3. Komandada o’qitish metodikasini tushuntirib bering?

  4. O’qituvchi –o’quvchi faoliyatidagi hamkorlik shakllarini ayting?

  5. Interaktivlik nima?

Modulli ta`lim texnologiyasi

Modulli texnologiya o’qitishni modulli dars loyixasi asosida o’qitishni tashkil etish demakdir.Modul, kurs mazmunini uch bo’lakda yoki satxida qamrab oladi:

to’la

qisqartirilgan



chuqurlashtirilgan

dastur materiali (o’quv dasturini) bir vaqtning o’zida barcha ehtimol ko’rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so’z bilan berilishi mumkin.

Modulli dastur o’quv materiallarining avtonom qismi bo’lib,quyidagi komponentlardan tashkil topadi:

aniq ifodaga ega bo’lgan o’quv maqsadi(maqsadli o’quv dasturi)

axborotlar banki, o’qitilishdasturi shaklida ayni o’quv material.

maqsadlarga erishish bo’yicha metodik qo’llanma.

zaruriy malakalarni shakllantirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar.

qo’yilgan modul maqsadiga qat`iy muvofiq qiluvchi nazorat ishi.

Modellashtirish turlari.

1. tafakkurni modellash

2. ilmitatsion rollarga bo’lib modellash;

3. tutashtiriluvchi chiziqlar usulida modellash ma`ruza

Modulli texnologiyaning mohiyati ta`lim jarayonini modullar asosida loyixalashtirishdan ya`ni o’quv va predmeti va uning bo’limlari mazmunini tartibga solish. Ta`limning muayyan bosqichidan boshlab bo’linmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajratishdan iboratdir.

So’ngra ajratilgan har bir modul bo’yicha shu modulning o’zigagina taaaluqli bo’lgan faoliyat mazmuni va ta`siri ddoirasi belgilanadi.Modulli texnolgiya maqsadni ruyobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga toshiriladi.Ushbu jarayonda sodir etilayotgan har bir harakat o’quv elementi sifatida qaraladi. O’quv elementi ham o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

Faoliyatning aniq elementlarini o’rgatish bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy axborotlar, ta`lim uchun zarur bo’lgan faoliyatni ta`minlovchi materiallar xaqidagi ma`lumotlar, maqsadlar, identifikatsion ya`ni ta`lim oluvchilarni xarakatlantiruvchi maqsadlar, o’quv materiallari , o’quv sharoitini nazorat qilish instrumentlari, chunonchi , o’quvchilarni ko’zlangan natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalarni o’z ichiga qamrab oladi.

Muammoli- modulli o’qitish texnologiyasi (CHoshanov M.A.)




Modulli ta`lim dastlab AЈSH, Olmoniya, Angliya kabi rivojlangan davlatlarning oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish tizimida qo’llanila boshlandi va katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi.

Biroq modulli ta`lim o’zining yetarlicha “puxta“ligiga qaramasdan mazmun jihatdan ham, “yosh” jihatdan ham (u 60-yillarda vujudga kelgan) hanuzgacha tortishuvlarga, fikrlar qarama-qarshiligiga uchrab kelyapti. qator xorijiy mualliflar (V.Goldshmidt, M.Goldshmidt va boshqa) modul deganda aniq o’rnatilgan maqsadga erishishga yordamlashadigan yaxlit o’quv faoliyatini shakllantirishni tushunishadi. Modul mohiyati o’quv materialining avtonom bo’laklarini qurish to’g’risidagi birmuncha farqliroq fikr D.J. Rassel tomonidan aytildi. P.A.YUtsyavichenening ko’rsatishicha, “modulli o’qitish mohiyati shundan iboratki, o’rganuvchi qisman yoki to’liq mustaqil ravishda unga taklif etilayotgan o’zida harakatlarning maqsadli dasturini, axborotlar bankini va qo’yilgan didaktik maqsadga erishish bo’yicha metodik ko’rsatmani qamrab olgan individual o’quv dasturi bilan ishlashi mumkin. Bunda pedagog vazifasi axborotli nazorat qilishdan tortib maslahatchi - koordinatsiyalovchilikka qadar turlanishdan iborat bo’ladi“ (30, 10).

Professor M.A.CHoshanov ham keyingi fikrga qo’shilgan holda fan rivojining hozirgi bosqichida modullilik tushunchasi metodologik mazmunga ega bo’layotganligini alohida ta`kidlaydi.

Muammoli o’qitishning didaktik tizimida birmuncha to’liq tadqiq qilingan tashkil etuvchisi muammoli ta`lim hisoblanadi. U o’rganuvchilarning fikrlash faoliyatini birmuncha faollashtirishga, ularda muammoning echimiga yondashishni shakllantirishga, va nihoyat - ijodiy tafakkurni rivojlantirishga samarali ta`sir ko’rsatadi. Bu ta`sir intellektual qiyinlashuvning maxsus vaziyatlarini - muammoli vaziyatlar va ularning echimlarini tuzish bilan ta`minlanadi. Muammoli vaziyat o’qitish jarayonida muhim motiv va hayajonli vosita sanaladi. Uning samarasi to’g’risida A.M Matyushkin, M.I. Maxmutov, I.YA. Lerner kabi yirik olimlar o’z nazariyalarini yaratdilar.

Muammoli-modulli o’qitish texnologiyasida asosiy diqqat xatoliklarni izlab topish maqsadiga muvofiq tarzda tuzilgan maxsus vaziyatlar tizimi orqali o’rganuvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jihatlariga qaratiladi. U o’zida xatoliklarning uch asosiy guruhini birlashtiradi: gnoseologik, metodik va o’quv. Gnoseologik xatolar bilishga oid xarakterdagi xatolar hisoblanib, bilimlar evolyutsiyasi jarayonida olimlar tomonidan yo’l qo’yiladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’quv jarayonida gnoseologik xatolardan foydalanish o’quvchi (talaba)larda borliqni tanqidiy mushohidalash, tahlil qilish va o’z xatolarini to’g’rilash ko’nikmalarini shakllantiradi, shuningdek, o’quv predmeti va fanga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiradi: o’rganilayotgan fan mazmuni o’rganuvchilar oldida tayyor haqiqatlar yig’indisi sifatida emas, balki g’oyalar va odamlarning tarixiy dramasi tarzda, ijtimoiy maktab va yo’nalishlar kurashi tarzda, odat va yangilanish qarama-qarshiligi sifatida turadi.

Metodik xatolar o’quv xatolari bilan o’zaro bog’liq: o’rganish xatolari ko’p hollarda - o’qitish xatolari natijasidir. O’quv xatolari maxsus tashxislovchi jadvallarda har bir muammoli modul uchun guruhlanadi va keyinchalik kuchli ta`sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladi. Agar an`anaviy o’qitishda bilmaslikdan bilishga o’tish standartli vaziyatlarni qo’llash bilan chegaralansa, muammoli-modulli o’qitishda o’quvchining yaqindan rivojlanishi doirasi yangi bilimlarni yuzaki o’zlashtirish va noto’g’ri qo’llashga olib keladigan tanqidiy vaziyatlar - xatolar sohasigacha kengaytiriladi. Bunday sharoitda bilmaslikdan bilishga o’tish sohasi o’rganuvchi uchun asosiy muammoga aylanmaydi, balki tabiiy zveno bo’lib qoladi, ularning dolzarb rivojlanish mintaqasiga aylanadi.

Muammoli-modulli o’qitish texnologiyasining etakchi sifat belgisi - bu egiluvchanlik hisoblanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda egiluvchan avtomatlashtirilgan tizim muhim sanalgani kabi hozir ham, kelajakda ham pedagogik texnologiya samaradorligi ko’p jihatdan uning ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchan sharoitga moslasha olish va zudlik bilan ta`sir etish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. egiluvchanlik tuzilmali, mazmunli va texnologik holda bo’lishi mumkin.



Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan ta`minlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog’onaligi, egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko’p vazifali o’quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa.

Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta`lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo’ladi. Bunday imkoniyatning o’zi taklif etilayotgan texnologiyada o’quv materialining blok va modulli printsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi.

Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli ta`lim jarayonining quyidagi jihati bilan ta`minlanadi: o’qitish metodlarining variantligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.

M.A.CHoshanovning ta`kidlashicha, kasb maktablarida o’qitish jarayonini muammoli-modulli asosga o’tkazish quyidagilarga imkon beradi:

- o’quv materialining muammoli modullarini guruhlash yo’li bilan kursni to’liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlarini ishlab chiqishni ta`minlaydigan dialektik birlikda integratsiyalash va tabaqalashtirishni amalga oshirish;

- bilim darajasiga bog’liq holda talabalarning u yoki bu muammoli-modulli dastur variantini mustaqil tanlashi va ularning dastur bo’ylab individual siljish sur`atini ta`minlanishi;

- muammoli modullardan pedagogik dasturli vositalarni yaratish uchun stsenariylar sifatida foydalanish;

- o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o’qituvchi ishida maslahatchi-koordinatsiyalovchi vazifaga urg’uni ko’chirish;

- o’quv materialini bayon qilish tezligi va o’zlashtirish darajasiga putr etkazmagan holda o’qitish metodlari va shakllari majmuasiga moslik asosida kursni qisqartirish;

SHu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli-modulli o’qitishning qator kamchiliklari ko’rsatildi, ular: ta`lim jarayonining bo’laklarga bo’linganligi, ya`ni o’quvchilarning mustaqil ishlari salmog’i birmuncha katta; o’quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o’quvchilarni tayyorlash torligi: o’qitish kursining bog’liq bo’lmagan muammolar yoki masalalar seriyasiga qadar qisqarishi; umumlashmaga ziyon etkazadigan xususiy, aniq ko’nikmalarnigina shakllantirishi; muammoli modullarni tayyorlash va mashg’ulotni o’tkazishga tayyorgarlikning ko’p mehnat talab qilishi.

Sanab o’tilgan kamchiliklarning ko’pligi modulli o’qitish texnologiyasini o’rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib boradi. SHuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani “toza“ holda joriy etish mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo’qmi, o’quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to’g’ri keladi.

Ta`lim mazmunini muammoli-modulli loyihalash quyidagi asosiy tayanchlardan iborat bo’ladi:

- bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga qo’yib tuzish. Misol uchun, matematika kursida bunday metodlarga matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy metodlar kiradi;

- tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning muhim sharti bilish faoliyati metodlarining printsipli mazmuni hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu o’qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga olishni taqoza etadi:

- fundamental, uzviylik, uzluksizlik va ta`limni insonparvarlashtirish;

- echimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo’llashni talab etadigan yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o’ziga xosligini hisobga olib ajratish;

- ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni ta`minlashga yo’naltirilgan o’zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash, shuningdek, muammoli-modulli dasturlarning turli - to’liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlari bo’yicha o’quvchilarning yakka tartibda olg’a siljishi uchun sharoitlar yaratish.

Muammoli modullarni qo’llash ko’lami quyidagi tartibotlarni qamrab oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqozo etadi. Avtonom - ma`lumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan - integrativ kurs doirasida qo’llanishi lozim.

SHunday qilib, muammoli-modulli o’qitish texnologiyasining mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: o’quvchilarning talab etilgan darajada bilimdonligiga erishish uchun o’quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash, unga mos holda o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga oshirilib, ular o’quvchilarni to’liq, kisqargan yoki chuqurlashgan o’qitish variantlarini mustaqil tanlash va o’tishga yo’naltiriladi. Muallifning ta`kidlashicha, muammoli-modulli o’qitish texnologiyasi bo’yicha 70 foiz o’quv materiali yuqori darajada o’zlashtirilgan (K  0,75) va aniq o’rnatilgan kompetentlik darajani kafolatli ta`minlangan.

O’quv materialining belgili modellari asosida ta`limni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.SHatalov)







Donetsk ochiq universiteti professori V.F.SHatalov o’qitishni jadallashtirish texnologiyasini ishlab chiqdi va amaliyotga tadbiq etib an`anaviy sinf-dars o’qitish usulining ochilmagan qirralarini ko’rsatib berdi.

Bu texnologiyada:

Ta`lim maqsadlari:


  • Bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

  • har qanday individual qobiliyatli bolalarning barchasini o’qitish.

  • Tezlashgan o’qitish (umumiy o’rta ta`lim hajmini 9 yilda o’qitish).

Prinsiplari:

- ko’p marta takrorlash, majburiy bosqichli nazorat, yirik bloklar bilan o’rganish; faoliyatning dinamik yaxlitligi, tayanch signallar, harakatlarning mo’ljalli asoslari;

- shaxsga yo’naltirilgan yondashuv;

- insonparvarlik (barcha bolalar iqtidorli);

- o’quv vaziyatlarining tafovutsizligi, tuzatish uchun istiqbollarning ochiqligi, muvaffaqiyatning o’sib borishi;

- ta`lim va tarbiyaning uzviyligi.

Mazmunning o’ziga xos jihatlari:


  • O’quv materiali yirik hajmda kiritiladi.

  • Material bloklar bo’yicha joylashtiriladi.

  • O’quv materiali tayanch sxema-konspekt ko’rinishida rasmiylashtiriladi.

V.F.SHatalov texnologiyasining asosiy g’oyasi: darsda o’quvchilarning yalpi faolligini ta`minlaydigan o’quv faoliyati tizimi yaratiladi. O’quv faoliyatining andazasi asosida tayanch konspektlari (signallari) - o’quv materialining kodlashtirilgan ko’rsatmali chizmalari yotadi.

Tayanch - mo’ljalli harakatlar asosi, bolaning ichki aqliy faoliyatini tashqi ko’rinishida tashkil etish usuli.

Tayanch signal - assotsiativ ramz (belgi, so’z, rasm, chizma, shakl va boshqa) bo’lib, ma`lum fikriy ma`noni bildiradi.

Tayanch konspekt - qisqacha shartli matn ko’rinishidagi tayanchli signallar tizimi bo’lib, yaxlit o’quv materialining o’zaro bog’liq elementlari sifatida tushunchalar, faktlar, g’oyalar tizimining ko’rsatmali konstruktsiyasini o’zida aks ettiradi.

Bu texnologiyada o’qituvchi mehnati asosiy mavqeni egallaydi va bu mehnatga o’quvchilar ayrim hollardagina (nazorat, maslahat, yordam) jalb etiladi. Tayanch signallari yordamida o’qitish jarayoni qator bosqichlardan iborat:

1. Sinfda o’qitish: mavzu o’qituvchi tomonidan odatdagidek sinf doskasi yonida (bo’r, latta yordamida) tushuntiriladi, keyin esa tayanch konspektlar asosida mavzuni tushuntirish takrorlanadi. O’quvchilarning o’z konspektlari ustida mustaqil ishlashi ta`minlanadi va frontal tarzda bilimlar mustahkamlanadi.

2. Uyda mustaqil ishlash: tayanch konspektdagi kodlashtirilgan o’quv materiallarini o’quvchi darslik yordamida oydinlashtiradi.

3. Nazorat va baholash: mavzu bo’yicha o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalari tashqi nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish yordamida tekshiriladi. Nazorat shakli: tanya konspekti bo’yicha yozma, mustaqil ish, og’zaki so’rov; juftli o’zaro nazorat, guruhli o’zaro nazorat.



Download 9,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish