MAVZU: Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga foydali qazilmalar haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning foydali qazilmalar va undan foydalanish haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Tushuntirish, munozara, klaster, amaliy ish.
Darsning jihozi: Tabiat aks etgan rasmlar, qizil kitob, foydali qazilmalar namunalari.
Darsning borishi 1. Tashkiliy qism: Salomlashamiz. Sinf xonasining ekalogik jihatdan toza va ozoda ekanligini aytib o`taman. Demak, bugungi darsni birgalikda va hamkorlikda boshlasak ham bo`ladi. Keling tanishib olaylik.
Muzuyorar. Kompuyter orqali «Mеng ismim …..va mеn yoqtirgan tabiat mo`jizasi» yozuvi chiqadi”. Har bir o`quvchi o`zining ismini va yoqtirgan tabiat mo`jizasini tez va ravon aytib beradi.
O`qituvchi va har bir o`quvchi ishtirok etadi.
2. O`quvchilarni guruhlarga bo`lish. 1 – guruh “Quyosh”
2 – guruh “Oy”
3 – guruh “Osmon”
4 – guruh “Suv”
II. O`tilgan mavzuni so`rab, baholash. Guruhlarda ishlash. “Ob-havo” mavzusi asosida bajargan ishlarini taqdimotini o`tkazish
Ko`rgazmalar bilan ishlash. Gerb rasmini ko`rsataman.
Bu ramzimizda qanday tabiat nematlari tasvirlangan?
“Oltin baliqcha ” o`yini.
Ulkan baliq ichida uy va yovvoyi hayvonlar o`yinchoqlari solingan. 5 guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib ko`zlari yomuq holda, baliq ichidan o`yinchoqlardan birini oladi. Qo`l bilan paypaslab hayvon nomini topadi
III. Yangi mavzu: Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish Mavzu o`qituvchi tomonidan slayd, tabiiy ko`rgazma, rasmlar, xarita asosida tushuntirib beradi.
Amaliy mashg`ulot.
24-betdagi xaritadan konlarning shartli belgilarini ko`rib chiqing.
Siz yashab turgan hudud yaqinida qanday foydali qazilma konlari borligini aniqlang. O`quvchilar topshiriqni guruhlarda bajarib, taqdimot qiladilar.
Dam olish daqiqasi. “Oy, quyosh , yulduz” enerjayzeri.
O`qituvchi oy desa “uyquga” yotiladi. “Quyosh” desa turib harakatlar qilinadi. “Yulduz” deyilsa qo`llarda yulduz yonib o`chayotganday harakat qilinadi.
Topshiriqlar joyi tez-tez almashtirilib turiladi.
Foydali qazilmalar qanday hosil bo`ladi? mavzusi tushuntiriladi.
Amaliy ish.
Stakandagi suvga bir qoshiq osh tuzi solib, uni quruq yoqilg`i ustiga qo`yib qaynating. Suv bug`lanib ketganidan keyin stakan tubida qancha osh tuzi qolganiga e’tibor bering.
24-rasmdagi xaritadan mamlakatimizning qaysi hududlarida osh tuzi konlari borligini aniqlang.
O`qituvchi boshchiligida birinchi topshiriq bajariladi. Ikkinchi topshiriq guruhlarda bajariladi va taqdimot o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash. O`quvchilar bilimini aniqlash maqsadidi tarqatmalar tarqatiladi. Tarqatmalar tabiat ne’matlari ko`rinishida bo`ladi.
1. Foydali qazilmalar deb nimalarga aytiladi?
2. Kon qanday joyda hosil bo`ladi?
3. Foydali qazilmalar qanday hosil bo`lgan?
”Foydali qazilmalar” klaster. Har bir guruhga beriladi. O`quvchilar bajarib, o`qib berishadi. Guruhlar rag`batlantiriladi.
V. Dars yakuni Monitoring. Nimalarni bilib olganinggizni quyoshga qarab belgilang. 1-quyosh- juda yaxshi o`zlashtirdim. 2-quyosh- o`rtacha 3-quyosh – ko`p narsalarni bila olmadim
Yig`ilgan rag`batlarni guruh sardorlari sanaydilar. Qaysi guruh ko`p rag`bat to`plagan bo`lsa, shu guruh g`olib deb topiladi. Olgan o`rniga qarab guruhlar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: “Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish” mavzusini o`qib, mazmunini so`zlab berish.