O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy uslublari



Download 0,93 Mb.
bet98/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

4.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy uslublari.

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda 2 xil usul mavjud:


Ma'muriy va iqtisodiy usullar. Bozorni tartiblash-tirishda bir qancha ma'muriy usullar mavjud:
Birinchisi: bozorlarda monopollikka qarshi qo`llaniladigan usullar bo`lib, bunda monopoliyalarning iqtisodiyotga keltiradigan zararlarini inobatga olgan holda qo`llanuvchi ta'sirli choralar talab etiladi. Chunki buning o`z vaqtida oldi olinmasa, monopolistning iqtisodiyotdagi nojo`ya harakatlari bozor xo`jaligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu yerda asosan to`g`ridan-to`g`ri ma'muriy tartibga solish qo`l keladi. Hatto baholarga aralashish, rentabellikning pirovard darajalarini belgilash kabilarni ham qo`llash mumkin bo`ladi;
Ikkinchisi : bozor jarayonining tashqi ta'sirlarini olsak, iqtisodiy usullar yetarli bo`lmay, o`z samarasini bermasligi mumkin. Aytaylik, o`rmon, yer sifati, ko`l kabilar butunlay vayron qilinsa, ularni pul yoki moddiy tadbirlar bilan tiklab bo`lmaydi. Masalan, bizning xududimizdagi Orol muammosini olsak, bu masala e'tiborda juda chetda koldi, endi uni asl holiga keltirishning iloji yo`q.Bunday xollar bo`lmasligi uchun keskin tartibga solishning ma'muriy usullari, ya'ni chegaralash, hatto ta'qiqlash kabilar qo`llaniladi. Busiz tabiatni saqlash, aholini ekologik himoyalashni ta'minlash mumkin emas;
Uchinchisi: ekologiyadan tashqari bir qancha milliy standartlardan iborat bo`lib, bularni ishlab chiqarish va qattiq nazorat o`rnatish yo`li bilan ijrosini ta'minlashdir;
To`rtinchisi: bevosita inson hayoti bilan bog`lanib, uning minimal hayotiy parametrlarini ta'minlash, chunki bundan pasti ochlik va gadoylikka olib kelishi mumkin. Bu ishsizlik nafaqasi, ko`p bolali oilalar ta'minoti, ish haqining past darajasini belgilash kabilar;
Beshinchisi: jahon xo`jalik aloqalarida milliy manfaatlarni himoyalash, ya'ni eksport litsenziyasi, davlat tomonidan kapital importining nazorati kabilarni o`z ichiga oladi;
Oltinchisi: davlat sektori korxonalariga nisbatan ma'muriy elementlarni e'tiborga oluvchi maqsadli dasturlarni amalga oshirishdan iborat.
Ko`rinib turibdiki, ma'muriy usullar qo`llaniladigan iqtisodiy muhit juda keng. Bular allaqachon bozor iqtisodi ri-voj topgan mamlakatlarda xo`jaliklarning ajratib bo`lmaydigan qismlariga aylanib ketgan va ishlab chiqarish samaradorligini hamda aholi farovonligining o`sishiga halaqit berayotgani yo`q.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishdagi 2-chi usul bu iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishdir. Bu o`z mavqei, hajmi bo`yicha asosiy usul bo`lib hisoblanadiki, bunda ma'muriy-huquqiy muhitning ham o`rni va roli katta, hamda u o`z ta'sir-e'tibori bo`yicha iqtisodiy mexanizmlarni tuldirib keladi.
Iqtisodiy mexanizmlar iqtisodiyot harakatiga ichki kuch sifatida ta'sir etadi, uning tarkibiy qismiga aylanib ketadi. Bunday mexanizmlarning eng muhimlari soliqlar tizimi, subsidiya, boj haqi, litsenziya, iqtisodiy imtiyozlar, davlat kontraktlari, buyurtmalari kabilardir.
Soliq umuman, davlat dastagi, chunki u avvalo davlat byudjet manbai bo`lib, umumiy va asosiy ijtimoiy xarajatlar shuning hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun u bozor tizimi usulidan qat'i nazar mavjud bo`lishi kerak. Lekin rivoj topgan bozor munosabatlari sharoitida shu bilan birga tartibga solishning katta dastagi yoki quroli bo`lib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda kreditdan ham foydalaniladi. Bunda markaziy bank kreditini e'tiborga olish kerak. Yuqorida aytganimizdek, pul davlat ixtiyorida bo`lib, u orqali bozorga ta'sir o`tkaziladi.
Keyingi mexanizmlardan biri davlat kontrakti asosidagi savdodir. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda bu mexanizmning roli katta. Bu davlatning muhim roli bilan birga O`zbekiston iqtisodiyoti xususiyati, ya'ni texnik ekinlar, sanoat xom ashyolari bulmish paxtachilik, pillachilik, qorako`lchilik, tamakichilikning salmog`i bilan ham belgilanadi. Bu holatni, bogdorchilik, g`allachilik, meva va sabzavotchilik bo`yicha ham aytish mumkin. Bu tarmoqlarning maxsulotlarida davlat xaridining o`rni katta. Ayniqsa, paxtachilikda.
Davlat buyurtmasi mexanizmidan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalanish, borgan sari ixtiyoriylik asosini singdirib borish, ma'muriyatchilik, majburiylikdan voz kechib borish bozor iqtisodiyoti uchun xizmat qiladi.
Davlat xaridi shartnoma tizimi asosida amalga oshirilib, tarmoqlararo aloqalarda ta'sirlidir, u ayni vaqtda markazlashgan tarzdagi tartibga solishning tashkiliy markazi sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Davlat xavfsizligi, mudofaa uchun qurol-aslaxalar va boshqa ijtimoiy talablar uchun tovar va xizmatlar sotib olish bu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat subsidiyasi qo`llaniladi. Bu tadbirkorlarga yordam shaklida bo`lib, yangi texnologiyani joriy etish, ekologik muvozanatni saqlash, fundamental ilmiy ishlar, tovarlarni zaruriy saqlash kabilar uchun sarf etiladi. Subsidiya davlat byudjetidan beriladigan maqsadli mablag` bo`lib, u qaytarilmaydi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda boj haqi va litsenziya kabi mexanizmlarning ahamiyati o`sib bormoqda. Bu asosan, chet mamlakatlar bilan bo`ladigan va kundan-kunga usib borayotgan iqtisodiy - aloqalarda qo`llanilmokda. Chet mamlakatlar-dan mol olish va iqtisodiyotimiz uchun zarur aloqalarni urnatishda boj mexanizmi rag`batlantirish yoki yo`l to`sish quroli sifatida xizmat qiladi. Litsenziya chetga mol chiqarishni ragbatlantirish yoki aks ta'sir ko`rsatishda ijobiy rol o`ynaydi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda, umuman samaradorlikni oshirishda rejalashtirishning mexanizm sifatidagi o`rni katta.
Shuni ta'kidlash lozimki, gap o`tmishdagi umumiy rejali tizim, yalpi reja tartibi ustida borayotgani yo`q, balki undan yordamchi mexanizm sifatida foydalanish, mikro va makro iqtisodiyot darajasida samaradorlikni oshirish uchun foydalanish zaruriyati ustida bormoqda.
Mikroiqtisodiyotda rejalilik zaruriyat ekanligi ma'lum, chunki busiz taraqqiyotni tasavvur etib bo`lmaydi. Makroiqtisodiyotni olsak, bunda istiqbolli masalalarning albatta rejalashtirish talab etiladi. Masalan, yirik iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar ham reja talabi asosida yuzaga keladi, ushbu ko`rsatkichlar bilan aniq holga keltiriladi va to`ldiriladi. Bu, ayniqsa, ekologik muammolarda yaqqol ko`rinadi.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa iqtisodiy mexanizmlar bilan birgalikda rejalilikning ham o`ziga xos o`rni mavjud.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish