O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Milliy iqtisodiyot rivojlanishining dinamikasi natijalariga davlatning asosiy qonunlarini ta'sir etishi



Download 0,93 Mb.
bet97/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

3.Milliy iqtisodiyot rivojlanishining dinamikasi natijalariga davlatning asosiy qonunlarini ta'sir etishi.

Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratik tizimning tarkibi bo`lgan huquqiy qonuniy hokimiyat ham mavjud bo`lib, jamiyat taraqqiyoti o`z ichki qonuniyatlari bilan birga huquqiy qonunlar asosida amalga oshadi.Bu o`tish davrida o`ta ahamiyatli bo`lib, ayniqsa biz uchun juda zarurdir.Shunga ko`ra bozor munosabatlariga o`tish avvalo huquqiy muhitning yaratilishini talab etadi. Huquqiy muhit qonunlar, farmonlar, qarorlar, qo`llanmalar orqali va ularning bajarilishi bilan yuzaga keladi. Bunda qonun chiqaruvchi va ijrosini ta'minlovchi organlarning ahamiyati kattadir. O`zbekistonda bozorning shakllanishini olsak, Oliy Majlis, Prezident, hukumatat, adliya organlarining faoliyati tufayli, umuman aytganda, bozor munosabatlariga o`tish va uni rivojlantirish uchun huquqiy muhit yaratildi.


Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tishga taalluqli bir qancha qonunlar yaratilib, bu qonunlar me'yoriy holatda amalga oshirilmoqda. Bulardan 1992 yilda qabul qilingan. Konstitutsiyamiz, mulk to`g`risidagi, xususiy mulk, kooperativlar, tadbirkorlik, korxonalar, davlat mulkini xususiylashtirish qonunlari va boshqa qonunlarning ijrosiga qaratilgan bir qancha farmon va qarorlar ham juda e'tiborlidir.
Konstitutsiyada asosiy iqtisodiy tizim bozor munosabatlari, deb tan olinadi. Iqtisodiyot asosi bo`lgan mulkchilik shakllari qayd qilinadi. Masalan 53- moddada «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.»
«Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir, »-deyiladi. Konstitutsiya asosiy qonunlar majmuasi bo`lib, boshqa qonunlarda bu konkretlashadi. Masalan, mulk to`g`risidagi qonunda uning shakllari, mulkdan foydalanish, uni erkin tasarruf etish kabi muhim tomonlari aniqlanadi. Mulkdor o`z mulkiga o`z xohishicha egalik qilishi mumkin, lekin bunda ekologik muhitga, fuqaro, davlat manfaatlariga zarar keltirmasligi qayd qilinadi. Shu bilan birga yer, suv, yer osti boyliklari, usimlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy zahiralar milliy boylik hisoblanib, ular davlat muhofazasida bo`ladi.
Bozor iqtisodiyoti uchun xususiy mulk to`g`risidagi qonun katta rol uynaydi. Ijtimoiy mulk hukmronligiga barham berish va xususiy mulk asosliligini ta'minlash juda qiyin ko`chishi mumkin. Chunki, bu faqat iqtisodiy masala bo`lmay, keng psixologik masala hamdir va odamlarning bunga ruhiy tayyor bo`lishlari katta o`rin egallaydi. Axir, 70 yildan ko`proq vaqt ichida xususiy mulkka qarshi kurashib kelingan, xususiy mulkdorlar jamiyatga xos bo`lmagan shaxs deb tan olingan.Ular ta'kiblangan, bir necha avlod faqat ijtimoiy mulk ruhida voyaga yetgan. Endi esa buning aksini amalga oshirish kerak, xususiy mulkning daxlsizligini, bozor iqtisodiyoti uchun zarurligini insonlar ongiga singdirish zarur. Busiz ijtimoiy mulk hukmronligidan xususiy mulk hukmronligiga o`tishni ta'minlash oson ko`chmaydi.
Tadbirkorlik bozorni yuzaga keltiradi. Uni paydo qilish ham juda murakkab narsa. Bu bir tomondan, alohida xususiyatli faollarni shakllantirish bo`lsa, 2 tomondan, bularning faoliyatiga ko`pchilikning kunikishini ta'minlash, muhofaza etish, har tomonlama yordam berish muhitini yaratish kerak.Bunday jarayonda bu qonun amaliyotining ta'siri katta.
Korxonalar to`g`risidagi qonunni olsak, bunda ularning faoliyati bozor mazmunida bo`lishi, buning uchun zarur jarayonni qonunlashtirish va oddiy talab holatiga aylantirish kabilar o`rin olib, bu o`ta muhim masalani qonunsiz va uning harakatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga qaratilgan boshqa qonunlar ham shunday ahamiyatlidir.
Qonunlarni yaratish va ijrosini ta'minlash sohasida qilinayotgan ishlar bozor iqtisodiyotining huquqiy muhitini yaratib, nobozor munosabatlarining oldini olishga katta sharoit yaratmoqdaki, bunda biz davlatimizning bu sohadagi tashabbuskorligi, boshchiligini yaqqol ko`ramiz.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish