O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Pul muomalasi.Pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillar



Download 0,93 Mb.
bet90/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

2.Pul muomalasi.Pul miqdoriga ta'sir etuvchi omillar.


Pul muomalasi- bu tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakterdagi to`lovlar va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan aktivlarning harakatidir.Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi.
Muomaladagi naqd pul massasi deganda, muayyan bir vaqtda muomalada mavjud bo`lgan naqd pullarning yig`indisi tushuniladi. Ular quyidagilardan tashkil topgan:

  • ish yurituvchi sub'ektlar hamda jamoa tashkilotlarining kassa qoldiqlari ;

  • barcha banklarning oborot kassalardagi naqd pul qoldiqlari ;

  • aholi qo`lidagi naqd pullar.

Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to`lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob- kitoblar deganda, korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayriboshlash, xizmatlar ko`rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo`yicha bir-biriga bo`lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag`larini hisob rakamiga o`tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi ularni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o`ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta'minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagilarga bog`liq:
1.Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi lozim bo`lgan tovarlar summasiga. Tovarlar qancha ko`p bo`lsa va narxi baland bo`lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko`p pul birligi talab qilinadi.
2. Pul birligining aylanish tezligiga. Pul bir xil bo`lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko`p omillarga, jumladan ular xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog`liq.
3. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori puldan to`lov vositasi sifatida foydalanishga ham bog`liq. Ko`pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda tulanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to`lash vaqti boshlanadi. Bu esa pulga bo`lgan ehtiyojni ko`paytiradi.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi.

Bunda :
Pm- muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul birligi miqdori;
Tb- sotilish lozim bo`lgan tovarlar narxi summasi ;
Xk- haqi sotish davridan boshqa vaqtda to`lanadigan narxining summasi.
Xt- haqini to`lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi;
At- pulning aylanish tezligi.
Bugungi kunda muomalada aniq, haqiqiy qiymatga ega bo`lgan pullar va ularning quyidagi belgilari mavjud :

  • tanga pul ;

  • qog`oz pul ;

  • kredit shaklidagi pul ;

  • chek shaklidagi pul ;

  • elektron pul.

Bular pul vazifasini bajarib kelayapti.Keling, kredit va elektron pullarni ko`rib chiqaylik.
Kredit pullari- kredit aloqalarida ishlatiladigan qog`oz pullar oltin o`rniga paydo bo`lgan bo`lib, qarz beruvchi va qarzdor o`rtasida hamda bank vositasida amalga oshadigan xarajatlarda qo`llaniladi.
Ular :

  • banknotlar.

  • Veksellar.

  • Cheklar.

  • Kredit kartochkalari.

Bugungi kunda ayniqsa, elektron pullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`layapti.
Elektron pul- bu hisob - kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida bajarish uchun qo`llaniladigan kredit pullarning eng so`nggi turidir. Elektron pul elektron kartochka bo`lib, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi pul summasi yozilgan bo`ladi. Pul to`lash uchun elektron kartochka EHM ga kiritiladi va kartochka avtomatik ravishda to`lanishi zarur bo`lgan pul summasini o`chirib, uni pul oladiganlarning elektron hisobiga yozib qo`yadi.




  1. Download 0,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish