Ikkinchi vazifa- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash.
Uchinchi vazifa-milliy valyuta so`mning qurbini yana ham mustahkamlash kerak.
To`rtinchi vazifa- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o`zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o`tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy islohotlardan ko`zda tutilgan maqsad, mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko`rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma'naviy-ahloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat.
2.Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning
asosiy yo`nalishlari.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
agrar islohotlar;
moliya kredit va narx-navo islohoti;
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
ijtimoiy islohotlar.
Mulkka bo`lgan davlat monopoliyasini tugatish va ko`p mulkchilik shakllariga asoslangan ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo etish asosiy vazifa hisoblanadi.
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo`nalishi bu qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir.
Bunda xo`jaliklarga ekin maydoni tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi.
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqazo qilayotgan g`oyat muhim yo`nalish-qishloq xo`jaligida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchini bo`shatib olish va ularni iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga g`sanoat, xizmat ko`rsatish sohalarigag` jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o`zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo`lgan, qishloq xo`jaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Sobiq ittifoq davridan qolgan moliya tizimini qayta tashkil etish, tijorat banklari tizimini, soliq va bojxona tarmog`i, sug`urta muassalarini barpo etish bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o`sib o`tishida moliya kredit sohasini isloh qilish alohida o`rin tutadi.
Markazlashgan ma'muriy boshqarish tizimidan va rejalashtirishdan voz kechib, xo`jalik sub'ektlariga iqtisodiy mustaqillik va erkinlik munosabatlarini barpo etish menejment va marketing tizimini tashkil etish muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat siyosati o`zgaradi. Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarda maxalliy korxonalar mavqei va imkoniyatlari kengayadi.
Ijtimoiy sohada aholini ish bilan ta'minlash, kam ta'minlangan oilalarni, pensionerlar, nogironlar va yoshlarni ijtimoiy himoyasini ta'minlash chora tadbirlari ko`riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |