MASHQLAR BAJARISH
Mavzu mashqlar bajarish asosida mustahkamlanadi. Guruhlardan ikkitadan vakil 544-mashqni doskada bajaradilar.
Paxtakorlik - bizga ota kasb. Shu bilan birga biz qorako'lchi va pillachilar hammiz. Paxtamiz uchun yer, suv, agrotexnik mexanizmlar, o'g'it va ishchi kadrlarimiz bor. Qorako'lchilikka poyonsiz yaylovlarimiz, ishbilarmon cho'ponlarimiz, zootexniklarimiz, oziq-ovqatimiz va dori- darmonlarimiz bor. Pillachilikda-chi?!
Shu tariqa mashq bajariladi.
545- mashq mashq guruhlar ortasida musobaqa tarzida doskada bajartiriladi:
1-2- guruh qizlari : Qizlar ipakchilik, kashtachilikka oid sozlarni
1-2- guruh ogil bolalari: dehqonchilik, quruvchilikka oid kasbiy atamalarga oltitadan misol yozib izohlasin.
Oqituvchi oquvchilarning diqqatini oziga jalb qiladi, kompyuterda yozilgan tarkibida kasbiy atamalar ishtirok etgan sher va topishmoqlarni eshittiradi. Har bir guruhga ikki martadan qayta eshittiriladi. Oqituvchi shu asosda topshiriq beradi. Ularga kasbiy atamalarni ajrata olish va qogozga yozishni aytadi. Oquvchilar ozlari yozgan sozlarni oqiydi va topishmoqlarning javobini aytadilar
546- mashq.Topishmoqlarning javobini toping. Ularning qaysi sohada ishlatilishini ayting. Shu sohaga oid yana qanday atamalarni bilasiz?
«Mehr» guruhi: l.Tushgan yerini kesar. 3.Yer tagida oy yurar.
Vatan guruhi: 2.0g'zi yo'q, tishi ko'p. 4.Kelib og'zini ochar, tishlab olib qochar.
Oquvchilar navbatdagi topshiriqni oladilar. Darsni mustahkamlash qismida klaster usulidan foydalanadilar. Buning uchun har ikkala guruhga oldindan tayyorlab qoyilgan jadval taqdim etiladi.
Guruhlar sardorlari bu usulda ozaro bellashadilar berilgan sozning ma'nodoshlarini tezda topadilar.
"Mehr" guruhiga: Vatan guruhiga
T e s t b a j a r i sh:
Bu jarayonda Kim chaqqon va topqir o`yini o`tkaziladi. Har bir guruhga test topshiriqlari beriladi.
1."Mehr" guruhiga berilgan test savollari: Umumxalq tilidagi so'zlardan ma'nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A. Menga, osmonga, tovonga B. Burungi, yakshanba, manba
C. Ot, ildiz, hol, fe'l D. Kasr, musbat, manfiy
"Vatan" guruhiga: Boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama olish orqali hosil bolgan, faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydigan atamalar berilgan qatorni aniqlang.
A. Aniqlovchi, ildiz, hol B. Asr, asir, davo, davo sava, sava
C. Ot, ildiz, hol, fe'l D. Kasr, musbat, manfiy
Oquvchilar javobi tinglanadi va ragbatlantirilib boriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |