Insert texnologiyasi.
Insert – texnologiyasidа o‘quvchilаr individuаl tаrzdа o‘z shаxsiy qаrаshlаrini mаxsus belgilаr orqаli ifodаlаydilаr. Mаxsus belgilаr quyidаgilаrdаn iborаt:
“B” – bu mа’lumotni bilаmаn.
“?” – ushbu mа’lumotni bilmаymаn.
“+” – bu mа’lumot men uchun yangilik.
“-” – mаzkur mа’lumot yoki fikrgа qаrshimаn.
Oybekning “Fanorchi ota” hikoyasi
№
|
Mа’lumotlаr
|
“B”
|
“?”
|
“+”
|
“-”
|
1
|
Qosim nima uchun aynan cho‘loq laqabi bilan atalgan?
|
“B”
|
|
|
|
2
|
Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari
|
|
|
“+”
|
|
3
|
Bolalarning Fanorchi otaga munosabati
|
|
|
|
“-”
|
4
|
Hikoyaning boshlanishidagi mahalla tasviri
|
|
“?”
|
|
|
3.Adabiy ta’limda “Fanorchi ota” hikoyasini o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar
XX asr boshlarida esa hali uy va ko‘chalarni elektr chiroqlari yoritmas, xonadonlarda shamchiroq, qora chiroqlardan foydalanilardi. Ko‘chalarga fanorlar ilinar, ular elektr toki bilan emas, kerosin bilan yondirilardi. Fanorlarning moyini, shisha ko‘zlarini almashtirish uchun maxsus xizmatchilar biriktirib qo‘yilardi.Oybek hikoyasining asosiy voqealari mana shunday fanorlardan biri tevaragida kechadi.Tursunqul aka degan kishining darvozasi ustiga ilingan chiroqqa shu atrofda yashaydigan bolalar dastidan tinchlik yo‘q. Ayniqsa, battol Qosim cho‘loq har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadi. Sheriklarini fanor ko‘zlarini sindirishga, shu yo‘l bilankeksa Fanorchi otaning g'ashiga tegishga da'vat etadi. Fanorchi ota esa “unga yangi ko‘zoynak” taqib ketishdan zerikmaydi. Bolalarga choIning bu yuvoshligi, indamasligi sira yoqmasdi. Ularga qolsa, voqea yana davom etgani yaxshi. Ya'ni, chol bolalarni “tutib olish uchun poylasa, hatto birortamizni tutib ursa ekan” deb “orzu”qilishadi. Biroq Fanorchi ota, xuddi atay qilgandek, biror marta ularga “tish qayramaydi”...
Albatta, bolalar orasida sho‘x-shaddodlari, “yerga ursa, ko‘kka sapchiydiganlari” bo‘ladi.Bundaylar Sizning sinfingizda ham topilsa, ajab emas. Lekin sho 'xlikdan beboshlikningfarqi bor, shundayemasmi?
Tan olaylikki, hikoyadagi bolalar harakatini oddiygina sho‘xlik deb bo‘lmaydi. Ularning o‘ylamay-netmay qilayotgan ishlari boshqalarga ozor yetkazmoqda. Ayniqsa, keksa odamlarning qiynalishiga, qorong'ida ariqqa toyib ketib, loylarga bulanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Endi o‘ylab ko‘ring: buni beozor sho‘xlik desak bo‘ladimi? Axir Fanorchi otaning bu bolalarni tergab urushmagani ularning qilmishini ma'qullagani emas-ku. Balki ota bolalarning o‘zi insofga kelishini, yaxshi yomonning farqiga borishini kutgandir.Balki, uning bolalarga shafqati va sabri ortida hech kimga ayta olmaydigan biror tarixbordir. Balki Fanorchi ota uchun bolalarning bu beboshliklari ham bir tansiq ne'matdir.
Biroq, nima bo‘lganda ham, boshqalar mehnatini hurmat qilish, o‘zgalar ko‘nglini og'ritmaslik insonning oddiy burchlari hisoblanishini unutmaslik lozim. Demoqchimizki,odam bolasi biror ish qilishdan awal o‘zining bu ishi atrofdagilarga malol kelmasligini,demak, oqibatini obdan o‘ylab ko‘rmog'i talab etiladi.
“Fanorchi ota” hikoyasi muallif - katta yoshli odamning bolalik xotiralari shaklida yozilgan bo‘lsa-da, yozuvchi uning bayonida voqealarni bola tili bilan tasvirlashga harakat qiladi. Bu gaplaming qisqa va sodda tuzilishi, matnda bolalar tiliga xos bo‘lgan so‘zlardan keng foydalanishda yaqqol ko‘rinadi. Hikoyadan olingan quyidagi parchalarga e'tibor bering:
“... Qo 'limizga tosh, kesak olib, fanorga hujum qilishni o'rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi:kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fanorning oyna ko'zlarini o‘pirib tushirardi”; “Ichimizda eng ko‘p qo‘rqmaydigan, eng battol Qosim cho‘loq...” Ishonamizki, Siz hambugun xuddi shunday tilda - sodda, barchaga oson tushuniladigan so‘zlar bilan gaplashasiz. Asardagi alohida diqqat talab qiladigan inson obrazi Fanorchi ota ekanini sezib turibsiz. Xo‘sh,bu keksa kishi bizning yodimizda qanday sifatlari bilan saqlanib qoladi?
Avvalo, Fanorchi otaning tashqi ko‘rinishi - portretiga e'tibor qarataylik. Ota-past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol”. “U juda yuvvosh, indamas kishi”. Chol “Tursunqul akaningchuruk darvozasi tepasiga” o‘rnatilgan fanor yoniga “kichkina narvonchasini chaqqon qo‘yib, allaqanday ustalik bilan chiqishi”... obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo 'yib birpasda ko 'zdan g'oyib bo‘lishi cholning keksa ekaniga qaramay, anchagina harakatchan va epchilliginiko‘rsatadi. Fanorchi otaning o‘z ishiga sidqidildan yondashishini esa biz uning “qo 'ltig‘idan kir ro‘molchasini olib, avaylabfanor oynalarini” artishidan sezib olamiz.
Hikoya davomida Fanorchi ota kayfiyati va ruhiyatida yuz bergan bir o‘zgarishni sezgan bo‘lsangiz kerak. Bolalar battol Qosim cho‘ loqning qutqusi bilan yana bir marta fanor ko‘zini o‘yib olishgani cholning doimiy harakatlarida o‘zgarish yasaydi. Bu safar “Chol kasal odamga o‘xshab, sekin-sekin pastga tushdi. o‘siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi.. .” deydi hikoyachi.
Endi bu o‘zgarish sababini bir mulohaza qilib ko‘raylik.
Fanorchi otani, nihoyat, bu bebosh bolalarga ikki og'iz so‘z aytishga majbur qilgan narsa “Tunov kuni kechasi qattiq yomg‘ir yog‘ib turgan payt”da duch kelgani, o‘zi singari keksa kishining qorong'ida ariqqa toyilib ketib, loyga burkanib qolgani edi! Demak, Fanorchi ota fanorga, o‘ziga yetkazilgan zararga, ovora garchilikka, ozorga chidashi mumkin ekan. Axir mahalla bolalari u yondirib ketgan fanorni qayta-qayta sindirishlarigabiror marta «Lom»deb og'iz ochmadi-ku?
Shundan bilamizki, Fanorchi otaning qalbi shafqatga, mehrga, bir so‘z bilan aytganda,insoniy hislarga limmo-lim to‘ladir. Uning uzoq vaqt bolalaming bema'ni qiliqlariga chidab kelgani ham aynan shu fazilati bilan izohlanadi.
Xayriyatki, bu hislar hozirgina beboshlik qilib,. keksa kishining urinishlaridan kekkayib turgan, hatto uning ustidan «piq-piq» kulayotgan bolalar ko‘ngliga ham ko‘chadi, ularni insof, shafqat ko‘chasiga yetaklaydi.
Endi battol Qosim cho‘loqning gapini «cho‘rt» kesib tashlaydigan, faqat fanor emas, Fanorchiota himoyasiga ham dadil chiqa oladigan,”Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga” deya oladigan Ahmad singari mardona bolalar ham paydo bo‘ladi...
“Menimcha....” metodi
5-sinfda Oybekning “Fanorchi ota” hikoyasi o‘rganiladi. O‘quvchilar bu asar matni bilan tanishgach, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan jadval sinf o‘quvchilari kichik guruhlarga bo‘lingandan so‘ng, har bir guruhga alohida-alohida va uni to‘ldirish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |