O‘
qituvchiga tavsiya:
o‘quvchilar uchun
uyga beriladigan vazifani guruhga taqsimlab
berish yoki birikkitasini ajratib berishi mumkin.
94
Qo‘shimcha o‘qish uchun
(O‘qituvchi
tomonidan o‘qib berish tavsiya etiladi)
:
Kiyimlar haqida nimalarni bilamiz?
Kiyim – deb inson ustini, badanni yopib turuvchi
har qanday mato shaklidagi buyumga aytiladi. Kiyimlar
tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi.
Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrofmuhit
taʼsiri: issiqsovuq, shamol, changtoʻzon, quyosh
nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan
tashqari, ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim
kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi.
Kiyim turiga koʻra – ichki kiyim, ustki kiyim, bosh
kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga koʻra
– kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy
marosimtantanalarda kiyiladigan kiyimlar, ish kiyim,
sport kiyim, rasmiy kiyim (forma)lar, maxsus kiyimlarga
boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlariga
ajratiladi.
Kundalik kiyim, odatda, xalqning madaniyati,
kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil
matolardan tikiladi.
Dam olish paytida kiyiladigan kiyim yumshoq va
mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi.
Bayram, marosim kiyimlari milliy uslubda,
qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar
(kashta, munchoq) bilan boyitiladi.
Ish kiyimi oddiy matolardan mehnat jarayoniga
mos qilib tikiladi (masalan, oʻt oʻchiruvchining ish
kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning kiyimi
suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, tibbiyot xodimi,
sartarosh, oshpazlarning ish kiyimi asosan, oq xalatdan
iborat).
Sport kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan
shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi.
Rasmiy kiyim (forma), harbiy kiyim, ichki ishlar
xodimi, aloqachi va rasmiy kishilarning maxsus
nizomda belgilangan kiyimlari.
95
Biz uchun muhim bo‘lgan bolalar kiyimi rang
barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi. Kiyim ixcham,
iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng
muhimi, qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim.
Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, ipak) yoki
sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda,
atelyelar va fabrikalarda kiyim tikishadi. Buning uchun
avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi
bajaradi. Unga modelyer rassom kiyim rasmi (modeli)ni
chizib beradi.
Kiyim eng qadimgi ixtirolardan bo‘lib, geografik
muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat,
etnik qatlamlarga bogʻliq holda taraqqiy etgan. Tosh
davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh
va tikadigan suyak ignalar topilgan. Kiyim uchun
matodan tashqari barglar, oʻtlar, daraxt poʻstloqlari
ham xomashyo vazifasini oʻtagan. Ibtidoiy odamlar
hayvon terilari, daraxt poʻstloqlari va barglarini suyak
va hayvon shoxidan ishlangan “ignalar” bilan shunchaki
chatib, badanlariga “ilib” olishgan. Yangi tosh davrida
ip yigirish va mato toʻqish sanʼatini oʻzlashtirgan inson
kiyim tikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik tolalaridan
foydalangan,
chorvachilik
va
dehqonchilikning
rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining
juni va madaniy oʻsimliklarning tolalaridan foydalanish
imkonini bergan. Barcha kiyim turlari 2 boshlangʻich
koʻrinishdan – yelkaga tashlab qoʻyiladigan teri, oʻt,
barg va parlardan toʻqilgan yopqich va bel (boksa)
bogʻlamlari (belbogʻ)dan rivojlanib shakllangan.
Keyinchalik kiyimlar yopinchiq (plashch), koʻylak, kaftan
kabi, bel bogʻlamlari ishton, yubka, fartuk kabi turli xil
shakllarga ega boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab turgan
bir parcha hayvon terisi eng sodda qadimgi poyabzal
turi boʻlgan, shuningdek, poyabzal uchun daraxt
poʻstlogʻi va daraxtdan ham foydalanilgan.
96
Dunyoda
dastlabki
kiyim
Qadimgi
Misr
kiyimlaridir. Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga mato
yoki teri bogʻlagan) va ayollar (bogʻichli toʻgʻri koʻylak)
kiyimlarida burmalar qoʻllanilgan. Turli rangdagi nozik
matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan kiyimni,
odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dagʻal
mato yoki teridan tayyorlangan kiyim kiygan.
Yunonlar xiton (yengsiz koʻylak) kiyishgan, bu
kiyimlar inson qiyofasiga ulugʻvor soddalik baxsh etgan,
inson tanasining egiluvchanligini ko‘rsatgan (ular,
asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan).
Qadimgi Rim kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali
boʻlgan.
Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi
natijasida kiyim bichimlari bir mamlakatdan ikkinchisiga
tarqalgan. XXasrda texnika taraqqiyoti va unga bogʻliq
holda oʻzgargan hayot tarzi, tikuvchilik sanoatining
oʻsishi kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil
va mototsiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar
kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta shim, kurtka,
rangli koʻylak, bosh kiyim – keplar paydo boʻldi. O‘tgan
asrning 50yillaridan erkin harakatga qulay boʻlgan
kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis kiyim
yaratildi, yenglari yaxlit bichimli koʻylaklar, pochasi tor
shimlar paydo boʻldi, sport kiyimlari keng tarqaldi.
Oʻzbekiston hududida mahalliy kiyim qadimdan
iqlim, turmush sharoitlari va urugʻqabila anʼanalari
asosida shakllangan. XIXasr kiyimlari (toʻn, koʻylak,
yaktak, chopon va b.) keng, uzun, yaxlit bichimi, odam
qomatini berkitib erkin toʻkilib turishi kabi qadimiy
xususiyatlarni saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol
va bolalar kiyimlari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi
bilan ajralib turadi: oq yoki malla boʻzdan koʻylak,
qalami yaktak yoki toʻn, olachi chopon, doʻppi oʻzbek
erkaklari uchun, ayollar uchun keng koʻylak, uzun lozim,
nimcha, kaltacha asosiy milliy kiyim hisoblangan.
uz.wikipedia.org internet ma’lumotlari asosida
97
Do'stlaringiz bilan baham: |