BUYURAMAN: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari faoliyatini takomillashtirish, kurslardagi ta’lim sifatini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 80-sonli buyrug’i ijro uchun qabul qilinsin.
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari faoliyatini takomillashtirish, kurslardagi ta’lim sifatini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida hududiy markazning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib aniq tizimli ishlar amalga oshirilsin (1-ilova).
“Ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi (U.Qlichev)ga, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi (I.Abduraimov)ga;
-xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv modullarining o‘quv-uslubiy materiallarini va mavzular bo‘yicha videodarslarni tayyorlash hamda “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirishning reja-grafigi asosida belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash yuklatilsin (2-ilova).
Kafedra va bo‘limlarning hisobotlarini umumlashtirgan holda hududiy markazning har oyda bajarilgan ishlar yuzasidan taqdim etiladigan hisobot shakli 3-ilovaga muvofiq O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Usmonovga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan hujjatlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq qabul qilinsin hamda ijrosi ta’minlansin.
“Ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi (U.Qlichev), “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi (I.Abduraimov) xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv modullarining o‘quv-uslubiy materiallari va mavzular bo‘yicha videodarslar tayyorlash ishlari 2-ilovaga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
b) o‘quv moduli asosida tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar va mavzular bo‘yicha videodarslarni 5-ilovadagi o‘quv moduli pasporti shakliga muvofiq rasmiylashtirish va taqdim etish;
c) reja-grafik ijrosi yuzasidan har oyning 1-sanasiga qadar asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish.
d) amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot va ma’lumotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
Barcha kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan har bir hujjat (ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan) va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash;
bajarilgan ishlar yuzasidan taqdim etiladigan hisobotni 3-ilovaga muvofiq har oyning 1-sanasiga qadar tasdiqlangan shaklda taqdim etish.
xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv modullarining o‘quv-uslubiy materiallari va mavzular bo‘yicha videodarslar tayyorlash ishlarini amalga oshirish vazifalari yuklatilsin (barcha o‘quv modullari bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish nazarda tutiladi).
Mazkur buyruq bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarmagan xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan intizomiy jazo qo‘llanilishi tavsiya etiladi (yuristkonsult A.Berdikulov).
Mazkur buyruq ijrosini O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Usmonov zimmasiga yuklatilsin.