Internet tarmogʻining tuzilishi. Internet oʻz-oʻzini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim boʻlib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
texnik;
dasturiy; axborot.
Internet tarmogʻining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yoʻldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmogʻining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmogʻining axborot ta’minoti Internet tarmogʻida mavjud boʻlgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo koʻrinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi boʻlib, buning birinchisi axborot makoni boʻlsa, ikkinchisi esa kommunikasion vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |