Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmogʻining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni oʻzaro bogʻlovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmogʻi – bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar oʻrtasida aloqa oʻrnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini oʻzaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan boʻlsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmogʻiga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud boʻlib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter oʻz manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |