Kirish effekti. Obyektlar ekranga asta – sekin paydo boʻladi, slaydga yon tomondan ―uchadi‖ yoki ekranga toʻsatdan paydo boʻladi
Chiqish effekti. Bu turdagi effektlarni qoʻllaganda obyektlar slayddan ―uchib chiqishi‖, yoʻq boʻlishi yoki burama chiziq boʻylab harakatlanib, slayddan gʻoyib boʻlishi mumkin.
Ajralib chiqish effekti. Bu effektda obyekt oʻlchami kattalashishi yoki kichklashishi, rangi oʻzgarishi yoki obyekt oʻz markazi doirasida aylanishi mumkin.
Koʻchish yoʻli. Bu effektdan obyektni tepaga, pastga, chapga yoki oʻngga koʻchirishda, yoki doira va yulduz koʻrinishidagi trayektoriya boʻyicha harakatlantirishda foydalanish mumkin.
Istalgan effektni alohida yokm boshqa effektlar bilan birgalikda ishlatish mumkin. Masalan, kirishdagi “Uchish” effekti va ajralishdagi “Oʻlcham oʻzgarishi” ni qoʻshib, matn satrini ekranga chap tomondan kirib kelishi bilan birgalikda oʻlchamining kattalishishiga ham erishishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |