Kompyuter tarmoqlarida adresasiya. Amaliyotda internetning real, fizik bogʻlanishlar orqali tashkil topgan tarmogʻidagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazoni tashkil etuvchi elektron ma’lumotlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter toʻrt qismdan tashkil topgan oʻz adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar oʻzgarmas IP-adresga ega boʻladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan boʻlsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega boʻladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud boʻlgan ixtiyoriy kompyuter IP-adresini bilgan holda, unga har xil koʻrinishdagi soʻrovlar bilan murojaat qilishi mumkin boʻladi. Bu soʻrovlar oʻsha kompyuterda saqlanayotgan elektron ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi yoki boʻlmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, oʻsha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid boʻlishi mumkin va hokazo
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron ma’lumotlarning har biri kompyuterlarning IP-adreslaridan boshqa oʻzlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resourcye Locator) - adres deb ataladi.
Agar Internet tarmogʻida biror bir ma’lumot e’lon qilingan boʻlsa, u yagona takrorlanmas URL-adresga ega. Kompyuterda bir nom bilan ikkita fayl mavjud boʻlmaganidek, internetda ham ikki elektron ma’lumot bir xil URL-adresga ega boʻlmaydi.
DNS (ingl. Domain Name System —domen nomlar sistemasi) - domenlar haqida ma’lumot olishga moʻljallangan kompyuter taqsimot sistemasi. Koʻpincha xost nomi boʻyicha IP-adres olish uchun, pochtaning marshruti haqida ma’lumot olish uchun ishlatiladi.
Internet. Internet bu yagona standart asosida faoliyat koʻrsatuvchi jahon global kompyuter tarmogʻidir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi boʻlib, oʻzining alohida axborot maydoniga ega boʻlgan virtual toʻplamdan tashkil topadi.
Internet tarmogʻi, unga ulangan barcha kompyuterlarning oʻzaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmogʻining har bir mijozi oʻzining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini koʻrib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi koʻrgazmasiga qoʻyilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmogʻi mijozlari bilan shaxmat oʻynash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |