Ta’limda mul’timedia texnologiyalaridan foydalanish. Jahon miqyosida nazar soladigan boʻlsak kompyuter grafikasi va dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan buyon qoʻllab kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha dasturlar, roliklar, dizaynlarning asosiy qismi kinofilmlar, multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda. Maxsus saytlarda fanlarga mavzulashtirilgan multimediali darsliklarning kamligi, borlarini ham aniq bir fanni mavzularini toʻla yoritib bera olmasligi ta’lim sohasiga yanada koʻproq e’tibor berish lozimligini e’tirof etadi. Lekin elektron darsliklar ichiga kiritilgan matnli yozuvlar, rasmlardan hozirda grafikaning eng zamonaviy yoʻnalishi boʻlgan roliklarning yaratilishi saytlarga va shunga tegishli boʻlgan narsalarga qiziqishni oshiradi. Toʻgʻri bu sohada koʻp ishlar amalga oshirilgan. Darslarning multimedia imkoniyatlaridan foydalanib oʻtilishi oʻqituvchilarga bir qancha qulayliklar tugʻdiradi. Chunki, shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli yozuvlar (prezentasiyalar), multiplikasiya koʻrinishida yaratilgan filmlar, animasiyalar bir tomondan oʻqituvchi uchun yangillik boʻlsa, ikkinchi tomondan ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va diqqatini oʻziga jalb qiladi va mavzuni yaxshi oʻzlashtirilishiga turtki boʻladi.
Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab oʻtamiz:
turli xil koʻrinishdagi katta xajmdagi axborotlarni bitta diskda saqlash imkoniyati mavjud (bir necha bobli matnlarni, minglab yuqori sifatli tasvirlarni bir necha soatli film va roliklarni hamda tovushli axborotlarni);
sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni eng qiziq hamda kerakli qismlarini kattalashtirish imkoni mavjud;
grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy tahlil qilish, ularning koʻrsatgichlarini hisoblash, ilmiy yoki oʻrganish maqsadida dasturiy vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati;
tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn hamda boshqa koʻrsatilayotgan axborotdan kalit soʻzlarni yoki tasvirni kerakli qismini ma’lumot olish hamda tushuntirish uchun kerakli axborotni ajratib olish imkoniyatlari mavjud;
statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa audio ta’minotini olib borish imkoniyati;
«stop-kadr» (kadrni toʻxtatish) ish tartibidan foydalanib videoyozuv lavhasidan foydalanish imkoniyati;
global Internet tarmogʻiga ulanish hamda uning resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud;
grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin.
Yuqorida sanab oʻtilgan afzallik va xususiyatlardan tashqari yana koʻpgina imkoniyatlar ham mavjud, jumladan, tasvirni yaxlit yoki bir qismini avtomatik ravishda koʻrish, tanlangan joyini saqlab qolish va belgilab qoʻyishlardir5.
Multimedia tizimlarini paydo boʻlishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, talimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng koʻlamda tadbiq etilishiga turtki boʻldi.
Axborot texnollogiyalarining multimedia vositalari oʻquv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:
differensial va individual oʻqitish jarayonini tashkil qilishi;
oʻqish jarayonini baholash, teskari aloqa bogʻlashi;
oʻzini-oʻzi nazorat qilish va tuzatib borishi;
oʻrganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini koʻrsatishi;
fan mavzularida animasiya, grafika, multiplikasiya, ovoz kabi kompter va axborot texnologiyalardan foydalanishi;
oʻquvchi–ta’lim oluvchilarga fanni oʻzlashtirish uchun strategik koʻnikmalar hosil qilishi va hokazo.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan oʻquv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida oʻquv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va animasion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi;
muayyan vaqtdagi ish, oʻz tabiatiga koʻra statik boʻlgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oraligʻida koʻrib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining oʻtkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigʻimli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari boʻyicha almashuvi tezligini taxminan ikki barobar oshirilishi talab etiladi;
“inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi;
multimedia vositalari asosida oʻquvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayerlashni yoʻlga qoʻyish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Rivojlangan mamlakatlarda oʻqitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yoʻnalishlari boʻyicha tadbiq qilinmokda. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumli boʻlishi bilan birga vaqtdan ham yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oʻquvchilar berilayotgan materiallarni koʻrish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saklash 25-30% oshadi. Bunga qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika koʻrinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75% ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida oʻquvchilarga chet tillarni oʻrgatishda yana bir bor ishonch xosil qilindi.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish kuyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyati borligi;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erishiladi.
Multimedia vositalari asosida oʻqitish jarayonida aniq fanni kompyuter asosida toʻliq oʻqitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, oʻquvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, oʻquvchilar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animasiya elementlarini dars jarayonida koʻrishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega boʻladi.
Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan turli-tuman, bir biridan farqli texnologik usullar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |