O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti tarix o`quv xonalarini zamonaviy jihozlash



Download 49,64 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi49,64 Kb.
#19574

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TARIX O`QUV XONALARINI ZAMONAVIY JIHOZLASH
(uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablar o`qituvchilari uchun mo`ljallangan)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI


TARIX O`QUV XONALARINI ZAMONAVIY JIHOZLASH
(uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablar o`qituvchilari uchun mo`ljallangan)

Yu. Xoliqov. Tarix o`quv xonalarini zamonaviy jihozlash. Uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. -Samarqand, 2016, 20 bet.



Mas’ul muharrir: D.Xudoyqulov - SamVXTXQTMOI

Taqrizchilar:

A.Samadov - SamDU dotsenti
F.Xudoyberdiyev - SamVXTXQTMOI

Ushbu uslubiy ko`rsatma yosh avlodga zamonaviy tarix o`quv xonalarini zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak umuminsoniy fazilatlar va qonunlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash hamda bu jarayonda huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullar va ulardan foydalanishning samaradorligi to`g`risidagi fikrlar bildirilgan.




Mazkur uslubiy ko`rsatma institut Ilmiy kengashining 2016-yil ………..da bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ……… -sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya berilgan.

K I R I S H

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkonini yaratdi.

Bunda ta’lim sifati va samaradorligini tubdan o`zgartirish asosiy maqsad sifatida qo`yildi. Zamonaviy ta’limga xizmat qiladigan o`qitish metodikasi va uning tamoyillari ishlab chiqildi.

O`quvchilarning fan asoslarini egallashga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini ortirish va ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va atrof muhitning o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtirish, ta’lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg`usi, yuksak, huquqiy madaniyat va ma’naviy hamda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida o`qitish jarayoniga yangicha, zamonaviy talablar asosida yondashilmoqda.

Tarix o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash o`qituvchilarda metodik ijodiyotga sharoit yaratib berib tarix xonasi o‘qituvchining tayyorgarligiga yuqori talab qo‘yadi. O‘qituvchi xonadagi diafilm, kinofilm, fonozapis va xokozolarning mazmuni bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak. Har tamonlama jihozlangan o`quv xonasidagi bor materiallarni darsda kompleks foydalanish masalasi turadi. Bunday o`quv xonalar ta’lim usul va natijalariga, o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sir etadi. O`quv xonasi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadigan, tafakkurini o‘stiradigan o‘rinda bo‘lishi kerak.

Tarix o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jixozlash, ta’lim tarbiya ishlarida katta effekt bo‘lishini ta’minlashga qaratilishi kerak. Jahon talablariga javob beradigan tarix o`quv xonalarida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini yuksaltiradigan jihozlar talab qilinadi. Pult bilan boshqariladigan texnik o‘qitish usullari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Pult bilan boshqariladigan texnika vositasi agar u o‘qituvchi stolida o‘rnatilsa ham vaqt tejaladi ham tarix fanida o`rgatilayotgan mavzu haqida ko`proq ma’lumotlar berish imkoniyatini yaratib beradi.

Tarix o`quv xonalarida o‘qituvchi boshchiligida o‘quvchilarning maketlar, modellar tayyorlash ayniqsa katta ahamiyatga ega. Chunki o`quv xonasini jihozlash aynan o`quvchilar yordamida amalga oshirish o`quvchilarning kelajakda o`quvchilarda ham o`z faoliyatiga qarab xonalarni jihozlash ko`nikmasini hosil qiladi.

TARIX O`QUV XONALARINI ZAMONAVIY JIHOZLASH
Maktablardagi tarix xonasi o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar bazasi bo‘lib qolmasdan, o‘qituvchining metodik ishlarining ham bazasi hisoblanadi. O‘quv – ko‘rgazma qo‘llanmalari fondi, o‘qitishning texnik usullari, kutubxona fondi joylashgan tarix xonasi o‘qituvchi xizmatini yana yuksaltiradi.

Tarix o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jixozlash o‘qituvchidan yuqori darajadagi tayyorgarlik va dizaynerlik qobiliyatini hamda o`tkir zehn talab qiladi. O‘qituvchi xonadagi diafilm, kinofilm, fonozapis va xokozolarning mazmuni bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak. Har tamonlama jihozlangan o`quv xonasidagi bor materiallarni darsda kompleks foydalanish masalasi turadi. Bunday o`quv xonalar ta’lim usul va natijalariga, o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sir etadi. O`quv xonasi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadigan, tafakkurini o‘stiradigan o‘rinda bo‘lishi kerak.

XX asr 60-yillarining II yarmidan boshlab bosma ko‘rgazma qo‘llanmalar bilan tarix xonalari to‘ldirilib borildi. Shu vaqtdan boshlab o‘qituvchilarning tajribalari asosida eng yaxshi tarix xonalari tashkil qilindi.

Hozirgi tarixiy ta’limni yuksaltirish masalasi turgan bir paytda tarix xonalarining o‘ziga xos o‘rni bor. Faqat eng zarur, eng zamonaviy pedagogic texnalogiyalar bilan jihozlash diqqatga sazovor qilish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq.

O`quv xonasi bazasi uchta asosiy elementlar bilan shakllanatiriladi:

1) maxsus va qurulmalar bilan jihozlash;

2) zarur apparatura va;

3) o‘quv qo‘llanmalari fondi.

Tarix o`quv xonasining old devorida stendlar, montaj, foto suratlar qo‘yish kerak emas. Faqat portretlar bo‘lishi mumkin. Intir’yerning jihozlanishi o‘quvchilarni o‘quv jarayonidan chalg‘itmasligi kerak. Oq rangga bo‘yalgan doskaning bir qismini ekran sifatida yoki har xil applikatsiyalar uchun foydalanish mumkin. O‘rtadagi sinf doskasi qo‘zg‘almali bo‘lishi mumkin. Alohida kinoekran doska tepasiga o‘rnatiladi.

Xarita va tablitsalar bilan ishlash uchun doskada ilgichlar o‘rnatiladi. Orqadagi devorda shkaflar qo‘yilishi mumkin. Bunda xarita, atlas, kitoblar qo‘yiladi va (diopozitivlar, diafilm, lentalar) saqlanadi. Derazalarda qarama-qarshi devorda ekspozitsion qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuningdek o`quv xonasida inventarizatsiya kitobi bo‘lishi kerak. O`quv xonasi kartotekasi rubrikalar bo‘yicha olib boriladi. Masalan: “O‘rta asrlar tarixi bo‘yicha xaritalar”, Amur Temur davlati va hokozolar. Har bir xaritaning orqa tomoniga uning atamasini va inventarizsiya kitobidagi raqamlarini qo‘shib, yozib qo‘yiladi.

O`quv xonasi texnik vositalar 16mm kinoproektor, grafaproektor, diaproektor, magnitafon, televizorlar kiradi.

Kutubxona - tarix o`quv xonasidagi zaruriy komponentdir. Bunda darsdan tashqari o‘qishlar uchun mos ravishda ilmiy – ommabop, badiiy - tarixiy kitoblar yig‘ilgan bo‘ladi. Ayniqsa, adabiyotlarning ahamiyatlilik darajasi yuqori. Tarix o`quv xonasi kutubxonasida har xil gazetalar, mahalliy gazetalarning yangi sonlari bo‘lishi kerak. Ma’lumotnoma bo‘limida tematik materiallar bilan “papka” lar saqlanadi. “Arxeologiya yangiliklari” va boshqa mavzu bo‘yicha materiallar to‘planadi. Bularni dars paytida ham, ko‘rgazmalar tashkil qilish, ahamiyatli sanalarni belgilash va boshqa ishlarda foydalanish mumkin.

Tarix o`quv xonalarida auditorial o‘qitish usullarining
3 guruhining bo‘lishi talab qilinadi:

1) diafilm, diapozitiv, grafaproektor uchun transparantlar;

2) dinamik ekran qo‘llanmalari – o‘quv kino va televidenie;

3) radioko‘rsatuvlar, tarixiy voqealarning guvohlarning chiqishlari yozilgan magnit tasmalari.

Tarix o`quv xonasida dars o‘tishda faqat kinodars bilan cheklanib xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dars materiallariga qo‘shimcha bor imkoniyatlardan foydalanish kerak. O`quv xonasida ishni tashkil qilish o‘qituvchiga har xil ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi. Bu yerda har xil o‘qitish usullarini qo‘llashga imkon tug‘iladi. O`quv xonasi devorlariga o‘quvchilarning mustaqil ish ko‘nikmalarini hosil qilishda yordam beradigan instruktiv materiallar joylashtiriladi.

Har tamonlama jixozlangan va ta’minlangan tarix o`quv xonasiida har xil darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish mumkin. Masalan, o‘lkashunoslik burchagini yoki tarixiy burchaklar, muzey tashkil qilish ishlari, disputlar, viktorinalar ko‘rgazmalar, tarixiy voqea guvohlari bilan uchrashuvlar, tarixiy bulletenlar chiqarish, devoriy gazeta chiqarish, darsdan tashqari o‘qishlar tashkil qilish.

Demak tarix o`quv xonalarida o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiya va kompleks yondashuv amalga oshiriladi.

Pedagogik talablar:

Tarix fan xonalarida pedagogika oliygohlarini (bitirayotgan) bitirgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, tarixchi, huquqshunos, iqtisodchi kadrlar ta’lim berishi lozim.



Ilmiy talablar:

Mazkur fan xonalaridagi ko‘rgazmali vositalar DTS talablari asosida tayyorlangan bo‘lishi lozim.

O‘quvchilarga hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiyoti yangiliklari haqida ma’lumotlar berishga moslashtirilishi lozim.

Ruhiy-fiziologik talablar:

1. O‘qituvchilar dars berish jarayonida o‘quvchilarning ruhiy holatini, fan texnika yangiliklari haqida ma’lumot berishda ruhiy ong darajalarini e’tiborga olishlari lozim.

2. Sinf xonasining devorlariga ishlatilgan ranglar sanitariya-gigiena qoidalariga mos kelishi shart.

I.IV. Texnika xavfsizligi va gigiena talablari

1. Fan xonasi tabiiy va sun’iy yoritish moslamalariga ega bo‘lishi lozim.

2. Xona chap tomondan tushadigan yorug‘likka ega bo‘lishi, tabiiy yorug‘likning asosiy oqimi chapdan tushishi lozim. O`quv xonasi derazalari xonaning shimoliy yoki shimoliy sharqiy tomondan bo‘lishi lozim.

3. Yorug‘lik tushadigan oynalarni biror bir moslamalar yoki boshqa narsalar bilan to‘sish man etiladi. Yorug‘lik tushadigan oynalar, sinf jihozlari sinfning yorug‘lik darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi zarur. Sinf derazalariga tutilgan pardalar iloji boricha jalyuzi bo‘lishi kerak. Chunki ular sinfni yorug‘ligiga ta’sir ko‘rsatmaydi va oftobdan himoyalaydi.

4. Tabiiy yorug‘lik ishlovchining orqa va old tomonidan yo‘nalgan bo‘lishi mumkin emas.

5. Yoritgichlar yorug‘likni yoyib tarqatuvchi armaturali bo‘lishi lozim, eni 6 metrdan oshiqroq bo‘lgan xonalarda ikkinchi qator yorug‘lik vositalari bo‘lishi va ular poldan 2,2 metr balandlikdan past bo‘lmasligi lozim.

6. Xonining so‘nngi yoritish qurilmalari stolining ikki tomonidan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminnessent yoritgichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo‘llanilishi lozim.

7. Sinf xonasi devorlarining bo‘yog‘i och havorang, och yashil, to‘q qaymoq rang (r=0,5-0,6)larda bo‘yalishi lozim. Qora, to‘q ko‘k, jigarrang, qizil, lolarang, siyohrang kabi bo‘yoqlardan foydalanish mumkin emas. Devorlar silliq va tozalashga qulay bo‘lishi lozim. Sinf eshiklari, derazalarning romlari oq rangga bo‘yalishi zarur.

8. Fan xonasidagi doska, ish stollari va javonlar sathi nur qaytarmaydigan bo‘lishi lozim.

9. Xonani tabiiy shamollatish uchun sinf derazalarida darchalar mavjud bo‘lishi va bu darchalar ochib yopish uchun qulay bo‘lishi kerak.

10. O‘quv xonalarida har qanday ob-havo sharoitida ham temperatura va namlikni optimal holatda bo‘lishini ta’minlay oladigan havo haydovchi ventilatsiya bo‘lishi kerak.

11. Fan xonasida birinchi tibbiy yordam qutisi bo‘lishi shart.

12. Rezetkalar maxsus qoplama bilan yopib qo‘yilishi shart

13. Texnika vositalaridan foydalanishda qo‘lda yasalgan elektr uzaytirgichlardan foydalanish mumkin emas.

14. Nosoz texnika vositalaridan foydalanish mumkin emas.

15. O‘quvchilarga texnik vositalarini darslarga tayyorlash vazifasini topshirish mumkin emas.

16. Texnika vositalarini yoqig‘ holatda qarovsiz qoldirish man etiladi.

17. Qo‘lda yasalgan texnika vositalaridan foydalanish mumkin emas.



ESTETIK TALABLAR

Fan xonasini jihozlashda foydalanilgan barcha narsalar estetik didli bo‘lishi va bir-birini to‘ldirish lozim.

Fan xonasi hujjatlarining moslik sertifikati va gigiena sertifikati bo‘lgan, Davlat me’yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

TEXNIKAVIY TALABLAR


  1. Sinfdan foydalanish, texnika xavfsizligiga rioya qilish tartib qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.

  2. Fan xonasida mavjud texnika vositalarining davlat tomonidan chiqarilgn, foydalanish muddati va foydalanish tartib qoidalari ko‘rsatilgan hujjatning nusxasi bo‘lishi shart (asli maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarida saqlanadi )

  3. Fan xonasiga kiruvchi hamma o‘quvchilar va o‘qituvchilar, to‘garak a’zolari ushbu xonada mavjud bo‘lgan texnik asboblar bilan ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishgan va bu maxsus jurnalda qayd etilgan bo‘lishi kerak.

  4. Fan o`quv xonasidagi jihozlarni saqlanishga javobgar shaxs haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.

Tarix xonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘rgazmali vositalari:

- ko‘rgazmali qurollari; atlas, xaritalar, video tasmalar, slaydlar, ovoz yozuvlari tushirilgan tasmalar, lazer disklari, albomlar, rasmlar va boshqalar.







Nomlanishi

Miqdori

Izoh




Shartli-ramziy vositalar



Tarix fani bo‘yicha atlaslari

1 komplekt






O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari

1 komplekt






Amir Temur va temuriylar davri xaritasi

1 komplekt






Tarixiy voqealar ifodalangan xaritalar

1 komplekt






O‘zbekiston Respublikasi siyosiy ma’muriy xaritasi

1 komplekt






Dunyo siyosiy xaritasi

1 komplekt






O‘zbekiston tarixi atlasi

1 komplekt






O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy xaritasi

1 komplekt






O‘zbekiston aholisi xaritasi

1 komplekt






O‘zbekiston-suveren mustaqil davlat xaritasi

1 komplekt






Buyuk Xorazmshohlar davlati (1072-1231) va mo‘g‘illar istilosi xaritasi

1 komplekt






Eftaliylar davlati. Turk xoqonligi xaritasi

1 komplekt






Arab xalifaligi davri xaritasi

1 komplekt






Parfiya. Yunon, Baqtriya va Kushon podsholiklari xaritasi

1 komplekt



Maxsus tayyorlangan illyustrativ-tasviriy ko‘rgazmalar



1

Tarix faniga oid xronologik va sinxronologik jadvallar

1 komplekt




2

Turkistonning zabt etilishi (foto arxiv xujjatlar majmuasi albom)

1 komplekt




3

Rasmlarda Vatan tarixi (tarixiy suratlar majmuasi)

1 komplekt




4

Tarixiy shaxslar portreti

1 komplekt




5

Milliy qahramonlar hayoti va ijodiga doir albomlar, bukletlar

1 komplekt




6

Istiqlol uchun kurashganlar surati

1 komplekt




7

Tarixiy madaniy yodgorliklarga oid illyustrativ suratlar majmuasi

1 komplekt



Ko‘rgazmalilik va texnik namoyish qilish manbalari



1

Tarixiy voqealar ifodalangan videolavhalar

1 komplekt




2

Tarixiy sanalarga doir videolavhalar

1 komplekt




3

Tarixiy voqealar ifodalangan filmlardan parchalar

1 komplekt




4

Milliy qahramonlar va istiqlol uchun kurashganlar hayotiga oid videolavhalar

1 komplekt




5

Buyuk siymolar hayotiga oid videolavhalar

1 komplekt




6

Prezident tunqlari ifodalangan videolavhalar va audio tasmalar

1 komplekt




7

Mustaqillik yillaridagi yutuqlar aks ettirilgan videolavhalar

1 komplekt




8

Test to‘plamlari (kompyuterda)

1 komplekt




O‘quv qo‘llanmalar



1

5-sinf. B. Axmedov va boshqalar. -“Vatan tarixidan hikoyalar”

1 komplekt




2

5 -sinf U. Juraev va boshqalar. -“Jahon tarixidan hikoyalar”

1 komplekt




3

5 -sinf Q. Usmonov va boshqalar. -“Tarixdan hikoyalar”

1 komplekt




4

6 -sinf A.Sagdullaev va boshqalar. -“Tarix”

1 komplekt




5

6 -sinf A. Sagdullaev va boshqalar. -“O‘zbeksiton tarixi”

1 komplekt




6

6 -sinf A. Kabirov va boshqalar. -“Jahon tarixi”

1 komplekt




7

7 -sinf A. Muhammadjonov -“O‘zbeksiton tarixi”

1 komplekt




8

7 -sinf T. Salimov va boshqalar. -“Jahon tarixi”

1 komplekt




9

9 -sinf G. Hidoyatov“O‘zbeksiton tarixi”

1 komplekt




10

9-sinf E. Holiqov -“Jahon tarixi”

1 komplekt




11

10-sinf D. Alimova“O‘zbeksiton tarixi”

1 komplekt




12

11-sinf n. Jo‘raev“O‘zbeksiton tarixi”

1 komplekt




13

10 -sinf G.Hidoyatov-“Jahon tarixi”

1 komplekt




14

11 -sinf G.Hidoyatov-“Jahon tarixi”

1 komplekt




15

Dars jarayonida foydalanish uchun tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar









Fan xonasining pasporti

1. Fan xonasida o‘qiydigan sinflarning o‘qish vaqti.

2. Mavjud bo‘lgan jihozlarning ro‘yxati.

3. Ko‘rgazma qurollarining ro’yxati.

4. O‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar ro’yxati.

5. Fan xonasidan foydalanish tartib qoidalari.

6. Fan xonasida o‘tiladigan darslar haqida ma’lumot

7. Fan xonasini foydalanish uchun qabul qilib olinganligi va dastlabki holati haqidagi dalolatnoma nusxasi.



Fanga oid DTS talablari va dasturi.

O‘qituvchidan talab qilinadigan ish hujjatlari (dars ishlanma-


lari, ish rejalari va hokazo).

Nazorat turlaridan namunalar saqlanadigan maxsus papka.

Maktab olimpiadasiga tayyogarlik ko‘rish to‘g‘risida tavsiyalar.

Fan xonasining ko‘rinishi

1. Fan xonasining maydoni 50.kv. m eni 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.

60 m kv maydonni egallaydigan sinf xonasi o‘quvchilar uchun ancha qulayliklarga ega bo‘ladi.

2. Fan xonasi maydoni sanitariya-gigiena talablariga mos ravishda mebellarni joylashtirish imkonini berishi lozim.

3. O‘quvchilar partasi odatdagidek uch qator qilib qo‘yiladi, lekin darsni tashkil qilishdan kelib chiqqan holda, ikki qator va bir qator qilib qo‘yishga ham ruxsat beriladi.

4. Qator qilib qo‘yilganda partalar bilan stolning oraligi 0,6 m., partalarning oralig‘idagi masofa 0,6m., yon devorlar bilan partalarning oralari 0,5-0,7 m., birinchi parta bilan old devor oraligi 2.6-2.7 m., eng so‘ngi parta bilan sinf doskasi orasidagi masofa 8.6 m. bo‘lishi kerak.

Sinfning old tomonidagi devorga sinf doskasi, magnit doskasi, ekran joylashtiriladi. Ulardan tashqari, sinf burchagi, UO‘TDTS talablari joylashtirilishi tavsiya etiladi. Sinfning oldi tomoniga videoikkilik uchun moslama, o‘qituvchining stoli joylashtiriladi. Kodoskop uchun stol o‘qituvchiga qulay, o‘quvchilarga halaqit bermaydigan qilib moslanadi.

Sinfning orqa tarafidagi devorda jahon siyosiy xaritasi, O‘zbekistonning siyosiy xaritasi, O‘zbekistonning iqtisodiy xaritasi va jahonning siyosiy-iqtisodiy xaritasi osiladi. O‘quv va metodik qo‘llanmalar uchun ikkita «El» OA jamiyati tomonidan tavsiya etilgan EL 1-1-1-04-2 rusumli shkaf bo‘lishi lozim.



X U L O S A

Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, O`zbekistonning eng qadimgi davri davlatchiligi tarixi haqida tarix o`quv xonasi va ta’lim muassasalarida tashkil etlgan kutubxonalarni jihozlash va tarix oquv xonasining zamonaviy talablar asosida jihozlash hozirgi zamon talablari asosida o`quvchilarga tarixiy bilimlarni berish hamda ularda tarixiy xotirani uyg`otish imkoniyatini beradi Tarix o`quv xonasida dars o‘tishda faqat kinodars bilan cheklanib xatoga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dars materiallariga qo‘shimcha bor imkoniyatlardan foydalanish kerak. O`quv xonasida ishni tashkil qilish o‘qituvchiga har xil ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi. Bu yerda har xil o‘qitish usullarini qo‘llashga imkon tug‘iladi. O`quv xonasi devorlariga o‘quvchilarning mustaqil ish ko‘nikmalarini hosil qilishda yordam beradigan instruktiv materiallar joylashtiriladi.

Har tamonlama jihozlangan va ta’minlangan tarix o`quv xonasiida har xil darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish mumkin. Masalan, o‘lkashunoslik burchagini yoki tarixiy burchaklar, muzey tashkil qilish ishlari, disputlar, viktorinalar ko‘rgazmalar, tarixiy voqea guvohlari bilan uchrashuvlar, tarixiy bulletenlar chiqarish, devoriy gazeta chiqarish, darsdan tashqari o‘qishlarni tashkil qilish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarix o`quv xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlash, birinchidan, o`quvchilar tarixiy manbalarni o`rganishga qiziqishlarini oshiradi, ikkinshidan, mamlakatimizning eng qadimgi davri, umuman tarixi haqida to`liqroq ma’lumotlarga ega bo`lishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi, uchinchidan, o`quvchilar manbalarni bir-biriga taqqoslash orqali nisbatan aniqroq bo`lgan xulosalarga xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Karimov I. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. - Toshkent: O`zbekiston, 1996.

  2. Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l - demokratik taraqqiyot, ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. 11-jild. —T.: O`zbekiston. 2003.

  3. Yo`ldoshev R. Qadimgi turkiy til(ma’ruzalar matni), Urganch-2007y.

  4. G`aniyeva S., Sodiqov Q. Yozuv tarixi va kitobat san'ati. — T.: 2006.

  5. Qayumov A., Is’hoqov M., Otaxo`jayev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. — T.: Yozuvchi. 2000.

  6. Is'hoqov M., Rahmonov N., Sodiqov Q., To`xliev B. O`lmas obidalar (O`zbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo`yicha tadqiqotlar). - T.: 1989.

  7. Abdurahmonov G\, Rustamov A. Qadimgi turkiy til, Toshkent, 1982.

  8. Sodiqov Q. Qadimgi turkiy yozuvlar, Toshkent, 1995.

  9. Rahmonov N., Matboboyev B. O`zbekistonning ko`hna turkiy-run yozuvlari, "Fan", Toshkent, 2006.

  10. Ahmedov B.A. O`zbekiston tarixi manbalari. — Toshkent: O`qituvchi, 2001.

  11. O`zbekiston tarixi. R.X.Murtazayeva tahriri ostida. — Toshkent, 2003.

  12. Sa'dullayev A.S. Qadimgi O`zbekiston tarixi manbalardan. — Toshkent, 1996.

  13. Saidqulov T.S. O`rta Osiyo xalqlari tarixining tarixnavisligidan lavhalar. — Toshkent: O`qituvchi, 1993.


M U N D A R I J A

Kirish ............................................................................................................ 5

Tarix o`quv xonalarini zamonaviy jihozlash............................................. 7

Xulosa............................................................................................................ 17



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .............................................................. 18

XOLIQOV YUNUS ORTIQOVICH


TARIX O`QUV XONALARINI ZAMONAVIY JIHOZLASH

Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60x80 1/16

«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.

1 bosma taboq.

Adadi: 20 nusxa.

Buyurtma №_____

Samarqand viloyati xalq ta’limi

xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy.





Download 49,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish