Masalan: Tayyorlanib kelgan o‘quvchi shu mavzuni gapirib tushuntirib beradi. Qo‘lidan kelgancha tajriba ham qilib ko‘rsatadi. U o‘rtoqlariga gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda diffuziya xodisasiga doir misollar, animatsiyalar, xodisalarni izohlash va amalda foydalanish haqida tushuncha beradi. Boshqa o‘quvchi shu mavzuga doir tajriba ko‘rsatadi.
Tajriba, oddiy sovuq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini ko‘rsatadi. So‘ngra issiq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini yuqori haroratda tez sodir bo‘lishiga o‘rtoqlarining e'tiborini qaratadi. Bunda jismning harorati yuqori bo‘lsa, molekulalarning tezligi katta bo‘ladi va aksincha, degan xulosa chiqadi.
Rivoyat. Bir podsho ulamolariga ko‘p narsa qo‘limdan keladi, deb maqtanadi. Shunda vaziri shoxim unday demang, ba'zi narsalar borki, uni siz qila olmaysiz, deb nasixat qiladi. Baribir podsho o‘z so‘zida turib oladi. O‘sha kuni podshoning besh yosh o‘g‘il nabirasi bobosini oldiga kelib suv so‘raydi. Bobosi suv oldirib kelib nabirasiga beradi. Nabirasi suv ichmayman, sut keltiring deydi. Bobosi sut keltirishni buyuradi. Bola sutni ichib ko‘rib ichmayman, deb xarxasha qiladi. Shunda podsho nima qilsam tinchiysan deydi. Bola suvni sutga qo‘shing, deydi. Podsho noiloj suvga sutni qo‘shadi. Bola bu suyuqlikni ichib ko‘rib to‘polon qila boshlaydi. Bobo buni ham ichmayman, bu suyuqlik bemaza ekan deydi. Bolam nima qilsam sen tinchiysan, deydi podsho. Bola bobo suvdan sutni ajratib bering, deb iltijo qiladi. Afsuski, suvga aralashib ketgan sutni endi ajratib bo‘lmaydi.
3.Sardorlar bellashuvi
1.Moddaning agregat holatini tushuntiring.
2. Moddaning suyuq holati qanday xarakterlanadi.
3. Moddaning gaz holati qanday xarakterlanadi.
4. Moddaning qattiq holati qanday xarakterlanadi.
5.Molekulani tushuntiring.
6. Qattiq jism molekulalarini joylashish holatini tushuntiring.
7.Konveksiya hodisasini tushuntiring.
8.Energiya nima?
9.Fizika nimani o‘rganadi?
10.Fizikani bo‘limlarini ayting
4.Sahna ko‘rinishi erkin tayyorlanadi.
2. Sinf guruhlarga bo‘linadi.
1 – guruh ,,Араго”
2 – guruh ,,Стержен”
3 – guruh ,,Генри”
1. Har bir guruh o‘z nomini izohlaydi. Bunda olimning tug‘ilgan yili, joyi va elektromagnitlar mavzusiga qo‘shgan hissasi izohlanadi.
2 O‘quvchilarga o‘tgan darsda uylariga yasab kelish uchun berilgan karkaslari topshiriladi.
3. Barcha guruhlarga karkaslarining uzunligini 5 sm qilib olish topshiriladi.
4. G‘altakni qanday yasalishi haqida tushuntirilib, sifatiga baho qo‘yilishi uqtiriladi va har bir guruh uchun quyidagicha o‘ramli g‘altak yasash topshirilib, 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Tayyor bo‘lgan g‘altaklar 1 – rasmdagi ko‘rinishda bo‘ladi.
,,Arago” guruhi - 40 o‘ram
,,Sterjen” guruhi - 80 o‘ram
,,Genri” guruhi - 120 o‘ram
1 – расм.
3. O‘quvchilar g‘altak yasayotganda, o‘qituvchi kompyuterda yoki sinf taxtasida quyidagi
jadvalni chizadi:
Guruh nomi
|
Karkas uzunligi, sm
|
O‘ramlar soni, n
|
Tortish kuchi, mN
|
Arago
|
5
|
40
|
1,4
|
Sterjen
|
5
|
80
|
2,6
|
Genri
|
5
|
120
|
?
|
3. O‘qituvchi eng ko‘p o‘ram o‘rashi lozim bo‘lgan ,,Genri” guruhiga yordam berish bahonasida sim o‘ralib karkas oxiriga yetganda o‘quvchilarga sezdirmay o‘ram yo‘nalishini teskari qilib beradi va o‘rashni davom qildirishni taklif qiladi.
4. Amaliy ish uchun ajratilgan vaqt tugagach guruhlarda yasalgan eng yaxshi g‘altaklardan bittadan yig‘ib olinadi va sxemada ko‘rsatilganidek tok manbaiga ulab, quyidagi rasmdagidek tajriba o‘tkazib, g‘altaklardagi tortish kuchi Arximed chelagi majmuasidagi namoyish dinamometri yordamida navbati bilan o‘lchanib, jadvalga yoziladi va tahlil qilinadi.
2 - расм
Bu tajribada ,,Genri” guruhi yasagan elektromagnitda magnit maydoni mavjud emasligiga e’tibor qaratiladi.
Sinfda muammoli vaziyat yaratiladi?
!,,Genri guruhining elektromagnitini o‘ramlar soni ko‘p bo‘lsa ham tortish
xususiyatiga ega emas. Sabab nima?”
O‘quvchilar javobi: 1. Sim uzilgan.
2. Tok yo‘q.
3. Boshqa o‘zak kiritish kerak.
O‘quvchilar javobi tahlil qilinadi.
1. Aniqlagich yordamida g‘altak simining butunligi isbotlanadi.
2. Lampochkani ketma – ket ulab tok borligi isbotlanadi.
3. Boshqa o‘zakda tajriba takrorlanadi.
! Unda sabab nima?
1. Buning sababini tushuntirish uchun birinchi navbatda ikkita yassi magnitni bir
birining ustiga qarama – qarshi qutblari bilan qo‘yiladi va temir buyumga
yaqinlashtirib, uning magnit xususiyati yo‘qolganining sababi tushuntiriladi.
2. Sinf taxtasiga elektromagnit g‘altagining chulg‘amini chiziladi va qarama - qarshi yo‘nalishdagi toklar hosil qilgan turli qutbdagi magnit maydoni bir – birini
susaytirishi tushuntiriladi.
! O‘tgan darsni mustahkamlash bo‘yicha qiziqarli tajribalar:
1. 220V ga mo‘ljallangan elektromagnit tokka ulanadi va alyuminiy halqaning
harakati kuzatilib, xulosa qilinadi va uning texnika va turmushda foydalanishiga misollar topiladi.
Xulosa qilinadi:
Zamonaviy magnit yostiqchali poyezdlar, magnit pushkalardan kelajakda
foydalanish o‘rgatiladi.
2. Elektr qo‘ng‘iroq, elektromagnit kran, elektrodvigatellar kabi ko‘plab qurilmalarda elektromagnitlar qo‘llanilishi takrorlanadi.
X U L O S A.
Ma’rifatli va madaniyatli dunyonig ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo’ladi. Zero, shaxs mansub bo‘lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar inavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga imkon beradi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy xalqasi bo'lgan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlarga olib keldi. O'quvchi va talaba yoshlar ta’limtarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan ta'lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim uzluksizligini ta’minlab berish uchun yangidan-yangi qonunlar va hujjatlar qabul qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiya fan asoslari bo'yicha o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko'zda tutadi. Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o'qitish jarayonida bilim oluvchilarning o'quv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini joriy etish. ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. O’quv-tarbiya jaryonlarini ilmiy va metodik jihatdan mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg'ulotlar va mustaqil topshiriqlar talabalarni o'ylashga. ijodiy mehnat qilishga, bar tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o'rgatadi. Mashbur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, “Bilimga eltuvchi yagona yo‘1, bu — faoliyatdir”. Аnа shunday faoliyatning o'quvchi va o‘qituvchi mehnati ko'rinishidagi turlari omixtalashganida kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish mumkin bo'ladi. O'qitishning asosiy tashkiliy shakli bolgan dars va darsdan tashqari ishlar, ular qanday ko'rinishda (an’anaviy yoki noan'anaviy darslar, sinfdan va maktabdan tashqari o'quv-tarbiya tadbirlari, ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlar) tashkil etilishidan qat'iy nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik va ma'rifiy-ma'naviy jihatdan to’laqonli bajarilganidagina yuksak pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda. albatta, bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi. bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qili- nadigan mashg'ulotlar ko'zda tutiladi. Buning uchun esa ta’lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi. O‘t-dalali almashlab ekishni dehqon- chilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo‘lib tavsiya etgan taniqli tuproqshunos olim R.Vilyamsning “-Yomon yer yo‘q, balki undan hosil undirish yo'lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor", degan purhikmat iborasiga pedagogik o‘zgarish kiritib aytadigan bo'lsak, “-Yomon o'quvchi (bilim oluvchi) yo‘q, balki unga o'qisho'rganishning maqbul yo‘lini ko'rsata olmaydigan noshud o'qituvchi (pedagog-tarbiyachi) largina bor”. Kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy insoniy fazilatlardan iborat uchta xususiyat birlashib o'qitish jarayonining pirovard natijasini belgilaydi. Bilimsizda metodik mahorat bo’lishiga ishonib boimaganidek, bularning har ikkisiga ega bo‘la turib. odamiylikdan bexabar shaxsning ham o'qituvchiligidan ne foyda? Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ham yuqorida tilga olingan uchlikning tugalligisiz sxolastika botqog'iga botib turaveradi. Ta'lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi-juda ko'p omillarga bog'liq boiganligi uchun ham bu borada yagona va qudratli tavsiya yoki yo‘l-yo'riq berib bo’lmaydi. Hattoki, zamonaviy pedagogik yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalana bilish- ning o'ziga xos va o'ziga mos mezonlari mavjudligini unulmaslik kerak. Noan’anaviylik, innovatsiya yoki interfaollik bayrog'ini baland ko'taruvchilar ham o'qitishning ming (balki, million) yillik an’ana va tajribalari, to'plangan ulkan tajribaviy zaxirasini inkor etmasliklari lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. Azizxo‘jaeva N. N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent: TDPU, 2003.
2. Bahrieyv A., Bahrieyva N. Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o'qitishda ichki motivatsiyani shakllantirish. “Xalq ta’limi” jurnali, 2006, № 6. 25-28 – betlar. 3.JumaevA. Boiajak o'qituvchi shaxsining ijtimoiy faollik omillari. “Xalq ta’limi” jurnali, 2006, № 6. 17-20 betlar.
4.Беспалко В.П. Педагогика и прогерссивные технологии обучения. Мockva. Изд-во Института профессионального образования Министерства образования России, 1995.
5.Og'ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. “Xalq ta’limi” jurnali, 2001, № 3. -69-71 betlar.
6.Balanskiy.Yu.K.,,Hozirgi zamon umumta’lim maktabida o’qitish metodlari’’. Toshkent.,,O’qituvchi.1990.
7.Razumovskuy.V.G. va boshqalar.,,O’rta maktabda fizika o’qitish metodikasi asoslari’’.Toshkent.,,O’qituvchi’’.1990. V,VIII-boblar.
8.Bugayev.A.I.,,Metodika prepodavaniye fiziki v sredniy shkole’’. Moskva. ,,Prosveshenie’’.1981.
9.Kamenskiy.S.E, Orexov.V.P.,,Metodika resheniya zadach po fizike v sredniy shkole’’. Moskva. ,,Prosveshenie’’. 1987.
10. Margolis.A.A. i dr.,,Praktikum po shkolnomu fizicheskomu eksperimentu’’. Moskva. ,,Prosveshenie’’. 1977.
11. Burov.V.A. i dr.,,Demonstratsionniy eksperiment po fizike v sredniy shkole’’. Moskva.,,Prosvesheniye’’. Chast I.1978, chast II 1979.
12. Burov.V.A. va boshqalar.,,O’rta maktabda fizikadan frontal laboratoriya mashg’ulotlari’’. (6-9- sinflar).Toshkent. ,,O’qituvchi’’. 1977.
13. Antsiferov va boshqalar. ,,O’rta maktabda fizikadan praktikum’’. Toshkent. ,,O’qituvchi’’.1991. (9-11-sinflar.).
14. Abduboqiyev.O’.A.,,Fizika o’qitish metodikasining dolzarb muammolari’’. Andijon. 2009.
15. Abduboqiyev.O’A.,,Laboratoriya eksperimentini ishlab chiqish usuli va texnikasi’’. Andijon. 2009.
16. Abduboqiyev.O’A.,,Oliy ta’lim muassasalarida fizika o’qitish uslubiyoti’’. Andijon. 2009.
17. Abduboqiyev.O’.A. Muxtorov.E. ,,Umumiy fizika kursidan praktikum’’. Andijon. 2011.
18. Abduboqiyev.O’.A. ,,Namoyish tajribalarini ishlab chiqarish usuli va texnikasi’’. Andijon. 2009.
Internet saytlari
1. www.glef.org. Djordj Lukasning Ta’limning fondi.
2.www.newhorizons.org. Ta’limning yangi ufqlari.
3. www.rhecherswithoutborders.org. Chegarasiz o’qituvchilar.
4. www.thelearningweb.net. Ta’lim tarmog’i.
5.www.inetlibrary.com. Internet-kutubxona
6.www.ma’rifat.uz.
7.www.pedagog.uz.
8.www.SamDU.uz.
9.www.ziyonet.uz.
10.www.edu.uz.
Fizika fanidan atamalarning o’zbek-ingliz lug’ati
№
|
O’ZBEK
|
INGLIZ
|
1
|
FIZIKA,
|
PHYSICS,
|
2
|
MEXANIKA,
|
MECHANICS,
|
3
|
OPTIKA,
|
OPTICS,
|
4
|
YORUG’LIK,
|
LIGHT,
|
5
|
METODIKA,
|
METHODOLOGY,
|
6
|
INTERFAOL,
|
INTERACTIVE,
|
7
|
BILIM,
|
KNOWLEDGE,
|
8
|
KAMPITENSIYA,
|
CAMPING,
|
9
|
QUYOSH SISTEMASI,
|
SOLAR SYSTEM,
|
10
|
TEZLIK,
|
SPEED,
|
11
|
BOSIM,
|
PRESSURE,
|
12
|
KUCH,
|
POWER,
|
13
|
ISHQALANISH,
|
FRICTION,
|
14
|
TREKTORIYA,
|
TREATING,
|
15
|
MASOFA,
|
DISTANCE,
|
16
|
ENERGIYA,
|
ENERGY,
|
17
|
TA’LIM SIFATI,
|
QUALITY OF EDUCATION,
|
18
|
DAVLAT TA’LIM STANDARTI,
|
STATE EDUCATION STANDARD,
|
19
|
TAYANCH KAMPITENSIYA,
|
BASE CAMPING,
|
20
|
YORUG’LIK,
|
LIGHT,
|
21
|
HAVO,
|
WEATHER,
|
22
|
SUV,
|
WATER,
|
23
|
BOSHQARISH,
|
MANAGEMENT,
|
24
|
O’QUVCHILAR,
|
STUDENTS,
|
25
|
MASHG’ULOT,
|
OCCUPATION,
|
26
|
MASALA,
|
THE MATTER,
|
27
|
LOBARATORIYA,
|
LOBARATORY,
|
28
|
TABIAT,
|
NATURE,
|
29
|
KO’NIKMA,
|
TALENT,
|
30
|
NUR,
|
LIGHT,
|
31
|
LINZA,
|
LENS,
|
32
|
MUHIT,
|
ENVIRONMENT,
|
33
|
FAOLIYATNI BOSHQARISH,
|
EVENT MANAGEMENT,
|
34
|
FIZIKA DARSI,
|
PHYSICS LESSON,
|
Ilovalar
Arximed qonuni formulasini “Klaster” usulida tushuntirish.
Mendeleev-Kleyperon tenglamasini “Baliq skeleti” usulida tushintirish.
EYuK, kuchlanish va potensialning o’zaro bog’liqligini “Venna” diagrammasida tushintirish
Mehanik ish va energiyalarning o’zaro bog’liqligini “Venna” diagrammasida tushintirish.
“Tezkorlik” musobaqasidagi savollar.
Jadvalda keltirilgan savollarni o’quvchi ko’p vaqt o’ylamasdan tez va aniq javob berishi lozim. O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda, guruh sardorlari yoki etakchilari o’rtasidagi bellashuvlarda ushbu musobaqa tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |