O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

4.5.
 
Loyihalash texnologiyasi 
Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, 
Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi 
rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanib 


75 
kelinmoqda. J.Dyu o‘qitishni o‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan 
holda o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini faollashtirish 
orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o‘quvchilarga o‘zlashtirgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini amaliyotga qo‘llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish 
yo‘llarini ko‘rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘liq holda o‘qitish 
lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda o‘quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik 
muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalarini amaliyotga qo‘llab hal etish 
orqali yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchilar 
muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o‘qituvchi ularga tegishli 
ko‘rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, o‘qitishdan 
ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llarini ko‘rsatishi, buning uchun muammoni hal 
etishda o‘quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. Loyihalash texnologiyasining 
asosiy g‘oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo‘lgan muammoni hal etish 
jarayonida ko‘zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim 
bo‘lsa, uning aniq echimi, agar amaliy muammo bo‘lsa, amaliyotga qo‘llash masalasi 
bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O‘quvchilar ushbu natijaga erishish 
uchun mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari, muammoni anglash 
va uni hal etish yo‘llarini izlashlari bu borada avval o‘zlashtirgan bilimlaridan 
foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni 
bashorat qilish, turli echimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat 
bog‘lanishlarini tasavvur qilishlari zarur. Loyihalash texnologiyasining asosiy 
mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o‘quvchilarning 
qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli 
bilimlarni egallashlari, fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish sanaladi. Loyihalash 
texnologiyasining asosiy g‘oyasi: “O‘rganilayotgan bilim, ko‘nikmalar menga nima 
uchun zarurligi va undan qaerda va qay tarzda foydalanishni bilaman”. Bu g‘oya 
o‘quvchilarning fan asoslarini ongli o‘zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va 
mo‘ljalni to‘g‘ri olishlariga yordam beradi. Biologiyani o‘qitishda o‘qituvchi 
loyihalash texnologiyasidan o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga 
olgan holda nafaqat darsda o‘quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan 
tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. 
Loyihalash texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarga individual va 
differensial yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘ladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 
Loyihada ko‘zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko‘ra: tadqiqot xarakteridagi 
loyihalar; ijodiy xarakterdagi loyihalar; rolli loyihalar; 
amaliy xarakterdagi loyihalar; izlanish va mo‘ljal olishga mo‘ljallangan loyihalar. 


76 
Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko‘ra: bir fan sohasini qamrab olgan 
loyihalar; fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar. 
Loyihalar xarakteriga ko‘ra: aniq natija olishga mo‘ljallangan loyihalar; ko‘p 
yo‘nalishli natija olishga mo‘ljallangan loyihalar. 
Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga ko‘ra: yakka tartibdagi 
loyihalar; ikki o‘quvchiga mo‘ljallangan loyihalar; o‘quvchilarning kichik guruhlarda 
ishlashiga mo‘ljallangan loyihalar. 
Loyiha ko‘lamiga ko‘ra: bir sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan loyihalar; 
maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan loyihalar; shahar miqyosida hal etilishi 
mo‘ljallangan loyihalar; mamlakat miqyosida hal etilishi mo‘ljallangan loyihalar; 
dunyo miqyosida hal etilishi mo‘ljallangan loyihalar. 
Loyiha muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli; uzoq muddatlilarga ajratiladi. 
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalarning tuzilishi juda yaxshi 
ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot 
predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va 
tajribalar o‘tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo‘lishi kerak. Mazkur 
loyiha mantiqan to‘lig‘icha ilmiy-tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning 
echimiga mos va bo‘ysingan bo‘lishi kerak. Loyihaning ushbu turi tadqiqot 
mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosining predmeti va ob’ekti, vazifalarning 
izchil va bosqichma-bosqich aniqlanishi, muammolarni hal etish bo‘yicha farazlarni 
ilgari surish, uni hal etishning tadqiqot o‘tkazish va tajribalar qilish yo‘llarini ishlab 
chiqish, olingan natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni 
davom ettirish uchun yangi muammolar belgilanishi lozim. Biologiya o‘qituvchisi bu 
toifadagi loyihalardan darsda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ayrim 
o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda foydalanishi mumkin. 
Botanika o‘quv kursida o‘simlik organlari o‘rganilganidan so‘ng, “O‘simlik 
— yaxlit organizm” mavzusidagi loyiha tavsiya etiladi. 
Loyihaning maqsadi: o‘simlik organlarining tuzilishi va funksiyasini hisobga 
olgan holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash. 
Loyihaning mazmuni: o‘simliklarning vegetativ va generativ organlarining 
tuzilishi va funksiyasini qayd etgan holda o‘simlik yaxlit organizm ekanligini 
isbotlang. O‘simlik organlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar aks etgan jadvalni tuzing va 
shu asosda fikrlaringizni dalillang. 
“Qizil lola jamoasining monitoringini tuzish” mavzusidagi loyiha iqtidorli 
o‘quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, qo‘l keladi. 
Loyiha mavzusi: Qizil lola jamoasi monitoringini tuzish. 
Loyiha maqsadi: qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi 


77 
o‘zgarishi va ularni saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash. 
Loyihada foydalaniladigan metodlar: kuzatish, biologik statistika, tajribalar 
o‘tkazish, umumlashtirish. 
Topshiriqning mazmuni: agar qizil lola o‘sadigan maydonning 100 m

da 100 
ta lola uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday o‘zgarishini 
yillar bo‘yicha hisoblab toping. Mazkur o‘zgarishlarni grafik shaklda tasvirlang. 
Eslatma: qizil lola ko‘sakchasida 6 ta urug‘ etilib, urug‘dan chiqqan nihol 9-10 
yilda gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil bo‘lib, undan ungan 
nihol 4-5-yilda gullaydi. Lola urug‘ining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi. 
Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan 
ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi 
loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki 
loyihaning echimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning 
qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko‘ra loyihaning yo‘nalishi, olinajak natija belgilanadi. 
Lekin loyihada ko‘zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab 
qo‘yiladi. Biologiya o‘qituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi 
mumkin. 
Odam va uning salomatligi o‘quv kursida “Odamning sutkalik ovqat ratsionida 
oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini 
aniqlash” laboratoriya mashg‘ulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi 
topshiriqlar tavsiya etiladi: 
1-
guruh topshirig‘i. O‘rta yoshli, aqliy va engil jismoniy mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga 
muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 
2-
guruh 
topshirig‘i. O‘rta yoshli, og‘ir jismoniy mehnat bilan 
shug‘ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga 
muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 
3-
guruh topshirig‘i. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bir kecha- 
kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat 
ratsionini tuzing. 
4-
guruh topshirig‘i. O‘smir yoshdagi o‘quvchilar uchun bir kecha-kunduzda 
sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 
Rolli o‘yin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmaydi va ish 
tugagunga qadar ochiq bo‘ladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. 
Rollarga muvofiq holda ularning vazifalari aniqlanadi. O‘yin syujetiga muvofiq ular 
rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi, 
bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 


78 
safarbar etishlari lozim. Loyihani hal etish jarayonida ko‘zlangan natijaga erishishlari 
uchun juda ko‘p mehnat qilishlari, izlanishlari, mustaqil va ijodiy fikr yuritishlari, 
mustaqillik va onglilik talab etiladi. Bu erda ijodiy izlanish mavjud, lekin o‘quvchilar 
ma’lum rollarni bajarish orqali loyiha hal etilganligi sababli rolli o‘yin loyihalar 
sanaladi. 
Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu 
bo‘yicha axborot va material to‘plash, to‘plangan axborot va materiallar bilan loyiha 
qatnashchilarini tanishtirish, ularni tahlil qilish, faktlarni umumlashtirish, olingan 
natijalarni rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot 
xarakteridagi loyihalar bilan uyg‘unlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi 
mumkin. Izlanish xarakteridagi loyihalarning strukturasi quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 
kerakli bo‘lgan axborotni izlash manbalari; izlanish 
bosqichlari; 
to‘plangan axborot, materiallar, faktlar ustida tahlil o‘tkazish; xulosa 
yasash; 
izlanish yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritish; yangi 
faktlarni to‘plash; umumlashtirish va xulosa 
yasash; olingan natijalarni rasmiylashtirish. 
Bu toifadagi loyihalardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish 
mumkin. Bular jumlasiga quyidagi mavzulardagi loyihalarni kiritish mumkin: 
O‘zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar, O‘zbekistonda 
paxtachilikning rivojlanishi, O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari va b. 
Amaliy xarakterdagi loyihalar. Bu toifadagi loyihalar qatnashchilar 
faoliyatidan kutilgan natijalarning aniq belgilanishi bilan xarakterlanadi. Mazkur 
natija amaliy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Bunday loyihalarda loyiha 
ssenariysi, 
qatnashchilarning 
vazifalari, 
natijaga 
erishish 
bosqichlari, 
foydalaniladigan metodlar, olingan natijalarni rasmiylashtirish shakllari aniq 
belgilanishi kerak. Bunday loyihani amalga oshirishda qatnashchilarning har birining 
ulushi, yakka tartibda va kichik guruhda olib boriladigan ishlar natijalari, taqdimot, 
olingan natijalarni amaliyotga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatiladi. Bu toifadagi loyihalardan 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan, 
O‘zbekistonga kelib-ketuvchi qushlarning kelish, uya qurish, ko‘payish, uchib ketish 
muddatlari, ularning keltiradigan foydasi, qishlash joyi, ularni muhofaza qilish 
tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha loyihalarni o‘quvchilarning kichik guruhlariga tavsiya 
etish joiz. 
Loyihalar predmeti va mazmuniga ko‘ra, bir fan sohasini qamrab olgan 


79 
loyihalar, fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi. Bu loyihalarni 
shakllantirishda o‘qituvchi biologiya sohasidagi muammoli, qiyin mavzularni olishi 
mumkin. Mazkur loyihalar biologiyani o‘qitishda tabiiy fanlar, adabiyot, ma’naviyat, 
madaniyat, san’at va gumanitar fanlar bilan fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishga 
imkon beradi. 
Biologiyani o‘qitishda o‘qituvchi loyihalash texnologiyasidan foydalanishi 
uchun: loyihalar toifasi, mavzusi va qatnashchilar sonini aniqlashi; loyihani amalga 
oshirish uchun turli variantlardagi muammolar zanjirini tuzishi; loyiha predmeti, 
vazifasi va bosqichlarini aniqlashi; loyiha qatnashchilari uchun topshiriqlar tuzishi va 
ularni a’zolar o‘rtasida taqsimlashi; ilmiy-izlanish, tadqiqot mavzulari bo‘yicha 
o‘quvchilarning yakka tartibdagi, juftlikda yoki kichik guruhlarda mustaqil 
izlanishlarini tashkil etishi; loyihadan kutilgan natijalarni aniqlashi, uni 
rasmiylashtirish va taqdimotini belgilashi; loyiha ishini yakunlashi, baholash mezoni 
va xulosalar yasash yo‘llarini aniqdashi lozim. 
Loyihalash texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’limga asos bo‘ladi. O‘quvchilarda 
aqliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi, 
ijodiy faoliyatning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ma’lumki, ijodiy faoliyat ta’lim 
mazmunining uchinchi tarkibiy qismi sanalib, uni o‘qituvchining tayyor axboroti 
orqali shakllantirib bo‘lmaydi. 
O‘quvchilar loyihalar echimi ustida ishlar ekan, ular avval o‘zlashtirgan bilim 
va ko‘nikmalarini yangi vaziyatlarda qo‘llab, yangi bilimlarni o‘zlashtiradilar, shu 
tariqa ijodiy faoliyat tarkib topadi. 
Buning uchun o‘quvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, balki ularni 
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish usullarini egallash, amaliy va bilishga oid 
muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalarini qo‘llab hal etishga o‘rgatish 
zarur; muloqotga kirishish ko‘nikma va malakalarini egallashning ahamiyati, turli 
ijtimoiy rollarni bajarishda va kichik guruhlarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish 
zarurligini tushuntirish; bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtai nazarni bayon 
etish, boshqa tabiiy fanlar hamda ma’naviyat va madaniyat kabi jabhalarda izlanishlar 
olib borish zarurligini tushuntirish; o‘quvchilarning tadqiqot metodlaridan 
foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishning ahamiyati, zarur axborotlar, faktlar, 
materiallar to‘plash, ularni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, 
xulosa va yakun yasash lozim. 
Agar o‘quvchilar yuqorida qayd etilgan ko‘nikma va malakalarni egallagan 
bo‘lsalar, ular doimo o‘zgarib turadigan hayotga tezroq moslashishga, turli 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilib ulardan chiqishning muqobil variantini topishga, 
turli vaziyatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri olish va har xil jamoalarda ishlab ketish 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish