O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi m avzusidagi


Black To‘q kulrang 8 DarkGray



Download 347,95 Kb.
bet2/7
Sana09.03.2022
Hajmi347,95 Kb.
#486779
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
paskalda dizayn

Black





To‘q kulrang

8

DarkGray


Ko‘k

1

Blue




Havorang

9

LightBlue

Yashil

2

Green




Och yashil

10

LightGreen

Billur

3

Cyan




Och billur

11

LightCyan

Qizil

4

Red




Och qizil

12

LightRed

Siyoxrang

5

Magenta




Och siyoxrang

13

LightMagenta

Jigarrang

6

Brown




Sariq

14

Yellow

Och kulrang

7

LightGray




Oq

15

White

Biror rangni tanlash uchun Paskalning maxsus operatorlari yordamida qavs ichida shu rangning kodi yoki unga mos konstanta nomi ko‘rsatiladi. Ranglar matn va fon uchun turlicha tanlananishi maqsadga muvofiq, aks holda matn fon ichida

ko’rinmay qoladi. Matn va fon uchun belgilangan oxirgi ranglar mos ravishda matnning joriy rangi va fonning joriy rangi deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, matn uchun oq, fon uchun esa qora rang joriy hisoblanadi.

1–misol.
Uses Crt;
Begin
TextColor(14); {yoki TextColor(yellow) }
WriteLn(‘Bu matn ekranga sariq rangda chiqadi‘);
End.



Ba’zan ekranda ma’lumotlar ko’payib ketganidan keraklisini topish qiyinlashadi. Bunday holda qo’llangan ClrScr operatori ekranni tozalaydi va yurgichni ekran boshiga (chap yuqori burchagiga) o‘rnatadi. Agar dasturda ClrScr operatori matn foni rangidan keyin yozilsa, u holda ekran matn foni rangiga bo‘yaladi.


2–misol.
Uses Crt;
Begin
ClrScr; {ekran tozalanib, yurgich ekran boshiga o‘rnatiladi}
TextColor(14); TextBackGround(2);
WriteLn(‘Bu matn yashil fonda sariq rang bilan chiqadi‘);
End.


Misol. Ko‘k fonda sariq harflar bilan ekranning o‘rtasida “sariq rangli matn ko‘k fonda” jumlasi chiqarilsin


Program Misol;


Uses Crt;
Begin
TextColor(14); {matn rangi 14-sariq}
TextBackGround(1); {fon rangi 1-ko‘k}
ClrScr; {ekranni tozalash, ekran joriy fon rangiga bo‘yaladi}
GotoXY(30,12); {yurgich ekranning 30-ustun,12-satr kesishgan joyiga o‘rnatildi }
WriteLn('sariq rangli matn ko‘k fonda'); {yurgich turgan joydan chiqariladi}
End.

Masala-1. 1 dan 15 gacha sonlar ketma-ket va har xil rangda ekranga chiqarilsin.


Yechish: 1 dan 15 gacha sonlarni mos ravishda 1 dan 15 gacha kodli ranglar bilan ekranga chiqaramiz.


Program Masala_1;


Uses Crt;
Var col: Integer; {son va uning rangi}
Begin
ClrScr;
For col:=1 To 15 Do begin TextColor(col); Write(col, ‘ ‘) end;
End.
Masala-2. Qizil rangli “A” harfi sariq fonli ekranning chap tomonidan o‘ng tomoniga yurib borsin.

Yechish: GotoXY(x,y) operatoridan foydalanamiz. X ning qiymatini 1 dan 80 gacha o‘zgartiramiz. Bunda avval ekranning ko‘rsatilgan joyiga “A” harfini chiqaramiz va o‘chiramiz (shu joyga probel belgisini chiqaramiz).


Program Masala_2;


Uses Crt;
Var x: Integer;
Begin
TextBackGround(14);
TextColor(4);
ClrScr;
For x:=1 To 80 Do
begin
GotoXY(x,12);
Write(‘A’);
GotoXY(x,12);
Write(‘ ‘);
end;
End.
Bu dastur ishlaganda ekranda hech narsa ko‘rinmaydi. Chunki juda tez ishlagandan biz uni ko‘rmay qolamiz. Shu sababli ekranga “A” harfi chiqarilgach, uni o‘chirishdan oldin dasturni bir oz to‘xtatib turish kerak. Buni Delay operatori yordamida amalga oshiramiz. Bu operator argumentida ko‘rsatilgan songa teng millisekund davomida dasturni ishlashdan to‘xtatib turadi. Bularni hisobga olsak dastur quyidagi ko‘rinishga keladi:

Program Masala_2;


Uses Crt;
Var x: Integer;
Begin
TextBackGround(14);
TextColor(4);
ClrScr;
For x:=1 To 80 Do
begin
GotoXY(x,12);
Write(‘A’);
Delay(3000);
GotoXY(x,12);
Write(‘ ‘);
end;
End.

Masala-3. Ekran o‘rtasidan “INFORMATIKA” so‘zini chiqaring. Bunda ekran ko‘k rangda, matn qizil ragda, matn foni oq rangda bo‘lsin.


Yechish: Fon rangini ko‘k qilib, ekranni tozalaymiz. Shunda ekran ko‘k rangga bo‘yaladi. So‘ngra matnga qizil, fonga oq rang beramiz.


Program Masala_3;


Uses Crt;
Begin
TextBackGround(1);
ClrScr;
TextColor(4);
TextBackGround(15);
GotoXY(35,12);
WriteLn(‘INFORMATIKA’);
End.

Masala-4. Ekran o‘rtasidan “INFORMATIKA” so‘zini chiqaring. “INFORMATIKA” so‘zining har bir harfi har xilrangda bo‘lsin, ekran esa qora rangda bo‘lsin.


Yechish: “INFORMATIKA” so‘zining har bir harfini alohida chiqaramiz va alohida rang beramiz. Fonga qora rang beramiz.


Program Masala_4;


Uses Crt;
Var s: String;
Ch: Char;
n: Integer;
Begin
TextBackGround(0);
ClrScr;
S:= ‘INFORMATIKA’;
GotoXY(35,12);
For n:=1 to 11 Do
begin
TextColor(n);
Ch:=s[n];
Write(ch);
end;
End.

Dastur natijasi “chiroyli” ko‘rinishda bo‘lishi uchun turli ranglardan foydalanish bilan birga uni ekranning kerakli joyidan chiqarish ham ahamiyatga ega. Buning uchun yurgichni ekranning kerakli joyiga o‘rnatish zarur. Paskal tilida bu vazifani GotoXY operatori amalga oshiradi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: GotoXY(A,B);, bu yerda A va B butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar bo‘lib, GotoXY(A,B) operatori yurgichni ekranning A-ustun va B-satr kesishgan joyiga o‘rnatadi. Ekran matn holatida, asosan, 80´25 o‘lchamga ega.Ya’ni, 80 ta ustun va 25 ta satr (maxsus operatorlar yordamida bu o‘lchamni o‘zgartirish ham mumkin). Shu sababli mazkur operatorda 1 ≤ A ≤ 80 va 1 ≤ B ≤ 25 shart bajarilishi zarur.






Download 347,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish