Tovush va fonema 1-topshiriq. Tushib, bilan, tilim, sira, qiliq, qiziq so’zlaridagi “i” unlisining talaffuzini sharhlang. Namuna: tushib so’zida birinchi bo’g’indagi “u” unlisining ta‘sirida “u” kabi talaffuz qilinadi. Bilan, tilim, sira so’zlarida bilinar bilinmas holda talaffuz etiladi. Qiliq va qiziq so’zlarida “q” undoshining ta‘sirida “o’” unlisiga yaqin talaffuz etiladi. Bular “i” unlisining nutq jarayonidagi ko’rinishlaridir. Bu so’zlarning hammasida takrorlanib keluvchi bir jihat mavjud, ya‘ni “i” unlisi tor, lablanmagan unlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |