O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet159/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

Mustaqil ish topshiriqlari.

    1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning samaradorliga nimalarga bog‘liq deb hisoblaysiz?

    2. Sinfdan tashqari ishlarning qanday shakl va uslublarini bilasiz.


Tarixni har tomonlama atroflicha o‘rganish, undan to‘g‘ri xulosalarni chiqarish hozirgi davr va kelajak uchun muhim ahamiyatga egaki, bu tajriba doimo keyingi taraqqiyot uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. mana shu sababli biz lozim bo‘lgan har bir joyga, tarixga, o‘tmishga murojaat qilamiz.
o‘zbek xalqining buyuk pedagogi , davlat va jamoat arbobi abdulla avloniy o‘zbek xalqining san’at va adabiyotlarini rivojlantirishda o‘zbek maktablari uchun ta’lim-tarbiyaga oid bir necha asarlar yozdi. bu asarlarda ham milliy, ma’naviy, axloqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va ular asosida o‘qitish usullarini yoritib bergan.

Abdulla Avloniy ,,Turkiy guliston yohud ahloq asarida‘‘ tarbiyani yosh avlodga tug‘ilgan kunidan boshlash lozimligi, axloqli tarbiyalashda ma’naviyat bilan kuchlantirish, zehnini milliy ruhda ravshanlashtirish lozimligini ta’kidlaydi. Bu esa albatta ustoz va murabbiylar sayi harakati, ota-onalar va mahalla-kuy a’zolari bilan hamkorlikda juda yaxshi natijalar berishi mumkinligini e’tirof etib o‘tadi. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek ,,Fikrning quvvati, ziynati kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir’’. Bu fikr zamirida juda katta fidoyilik yotganini ko‘ramiz. Boshlang‘ich sinflarda bilim olayotgan o‘quvchilarning qalbida ta’lim-tarbiya jarayoni bilan birga ma’naviy- axloqiy tarbiyani juda keng shakllantirish bilan o‘tmishimizga hurmatni, hozirga mehr-oqibatni kelajakka esa ma’naviy meros orttirishimiz mumkin.

Milliy gʻoyani oʻquvchilar ongiga sindirishda oʻqish, odobnoma, tarix, adabiyot va boshqa fanlarni oʻqitish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchi yoshlar Toʻmaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi xalq qahramonlaridan Vatanga sadoqat, oʻz xalqini sevish va farovonlik namunalarini, buyuk sohibqiron Amir Temurdan, temuriy xukumdor va mutafakkirlardan adolat, or-nomus, iftixor tuygʻularini oʻrganishlari kerak… By qahramonlarimiz nima uchun yashashdan koʻra dushman bilan olishib, halok boʻlishni avzal koʻrdilar, nima uchun soʻnggi qoni qolguncha Vatanni himoya qildilar kabi savollar berib, oʻquvchilar oʻrtasida bahs-munozara yuritish yaxshi samara beradi. Natijada oʻquvchilar Vatanni, ozodlik, vatanparvarlik soʻzlarini yanada chuqurroq anglab yetadilar.

Muqaddas Quroni Karim, muborak hadislar, shuningdek imom Al Buxoriy, At-Termiziy, Baxovuddin Naqshbandiy, Az-zamaxshariy, Axmad Yassaviy, Maxdumi A’zam, abu Mansur Motrudiy, Buxoriddin Margʻinoiy, Sufi Olloyorxon singari moʻtabar zotlarning, al-Farobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy va Navoiy kabi mutafakkir allomalarning boy merosini oʻrganishlari, oʻquvchilarda ular qoldirgan ilmiy va madaniy merosga alohida hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantirishda katta yordam beradi.

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darsliklarida qoridagi allomalar va ular qoldirgan boy milliy-ma’naviy me’rosimizni oʻrganishga qaratilgan bir qancha mavzular va boʻlimlar kiritilgan. Bular jumlasiga “Oʻtmishimizni oʻrganamiz”, “Otalar soʻzi-aqlning koʻzi”, “Ulugʻlardan oʻrganmoq oqlillik”, “Goʻzal fazilat – inson koʻrki”, “Oʻtmishni oʻrganish burchimiz”, “Vatanimiz oʻtmishidan”, “Ajdodlarimiz fxrimiz”, “Ma’naviyat – qalb quyoshi” kabi boʻlimlar kiritish mumkin. Ushbu boʻlimlarda berilgan hikoya, rivoyat, naqllaralarda etgan voqealardan oʻquvchilar kerakli xulosalarni chiqarib, ma’naviyatini yuksaltirmoqdalar..

Buyuk ajdodlarimiz haqidagi ma’lumotlar orqali oʻquvchilarda faxr tuygʻusini shakllantirish.

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta'lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o‘qish ta'limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta'lim standarti talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta'limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishiariga turtki beriladi.

Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan buyuk ajdodlarimiz haqidagi matnlar oʻquvchilarni Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi tushunchalarni oʻrganishga moljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop matnlardir.

Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklariga Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Inb Sino, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Tumaris kabi buyuk allomalarimiz haqida kiritilgan muayyan matnlar o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shaktlantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish