O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`limi Vazirligi Samarqand shahar



Download 0,6 Mb.
bet2/2
Sana18.08.2021
Hajmi0,6 Mb.
#150756
1   2
Bog'liq
Zardozlikda-tikish-usullari

Mashgu`lot bosqichlari

Bosqich-lar

Mazmuni

Metodlar

Ajratil-gan vaqt

1-bosqich



Tashkiliy qism salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish

Suhbat o`tkazish



3


2-bosqich

O`tilgan mavzuni mustahkamlash o`quvchilar o`rtasida ,,Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari’’ mavzusi bo`yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o`quvchilarga tarqatiladi. O`quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi

Bahs-munozara, savol-javob, tarqatma materiallar


10


3-bosqich



Yangi mavzu bayoni:

mavzuning maqsadi, asosiy ma`no-mazmuni, qo`llaniladigan ish usullarini o`quchilarga tushuntirib berish



Suhbat, ko`rsatmalilik klaster

20

4-bosqich


Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo`yicha sinov testi, bahs – munozara va “Baliq skleti” usulini o`tkazish va o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Test, bahs – munozara, “Baliq skleti” usuli

10


5-bosqich



Amaliy mashg`ulot: o`quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash, zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan amaliy tanishish, zar tikishni o’rgatish.

Suhbat, ko`rsatmaliliksavol-javob



45

6-bosqich


Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: “zardo’zlikda tikish usullari ” mavzusi yuzasidan qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuni mustahkamlab, tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma`lumotlarni to`plash.

O’quvchilarni baholash.


Og`zaki muloqot


2


O’tilgan mavzuni so’rash: “Zardo’zlikda ishlatiladigan naqsh turlari” bo’lib,o’quvchilar ikki guruhga ajratilib, ularga tarqatma materiallar asosida savol-javob o’tkaziladi.

Savollar.

1.Zardo’zlik naqshlari necha guruhga bo’linadi?

2.Islimiy naqshlarga misollar keltiring, ular qanday elementlardan tashkil topgan?

3. Zardo’zlikda “bodom” naqshining ramziy ma’nosi nima ?

4.Naqshlarni qirqishda qanday qaychi ishlatiladi?

5.Buyumlarga naqsh tayyorlashda nimalarga e’tibor berish lozim?









Yangi mavzu bayoni:








Zardo’zlikda eng asosiy ish bu- bo’zni ko’rcho’pga taranglab tortish hisoblanadi,agar bo’z tortilsa buyum chiroyli va tekis chiqadi ,ish bajatish oson bo’ladi.

Amaliy mashg’ulot :

Kerakli anjomlar: ko’rcho’p, bo’z, tikuv mashinasi, o’rtacha qalinlikdagi ip, qalin metal sim.

Ishni bajarish tartibi:

Bo’zning to’rt tomoni tikuv mashinasi bilan 2 sm qalinlikda tikib chiqiladi.

Bo’zning tikilgan joylariga simlar solinadi va har 10 sm dan teshikchalar qilinadi.

Bo’zning teshikchalaridan ipni aylantirib ,qattiq tortib o’rab chiqiladi, har bir tomon oxiriga kelgach taranglik tekshiriladi.

Ip oxiriga aylanib kelgach ko’rchopning oyoq qismiga mahkam bog’lab qo’yiladi.

K ichik o’lchamdagi buyumlar tikishda chambarakdan foydalansa ham bo’ladi, chambarak tayyor bo'lgach, ya'ni unga bo'zdan qilingan kerish tortiladi. Kerishga gazlama, naqshni joylashtiriladi va tikiladi.Qirqilgan naqshlar buyum gazlamasiga qadab chiqiladi. Gazlama ustidan qo’yilgan gul bichiqlari surilib ketmasligi uchun ular yirik qaviqlar bilan chatib qo'yiladi. Odatda ta'vor ish batamom nihoyasiga yetgandan keyin olib tashlanadi. Usta zardo'z ikkita angishvona yordamida tikib ishidan hammamizga ayonki, zardo'zlik ikki qo'l bilan tikilib, ignasi kalta va nozik bo'lishi lozim. Zar ipni to'rt qavat qilib patilaga ya'ni zar ip o'raydigan cho'pga o'raladi. Keyin maxsus kartondan kesilgan gullar ustidan tikib chiqiladi.

Zardo 'zlikda zar tikish usullari:

Z
Korcho’pda buyum tikish.
ardo'zlikda o'ttiz xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o'ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi.

l. Zamindo’zi –naqshlatning tagini yoppasiga zar bilan tikish.

2.Guldo'zi – bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib, faqat gul naqshlarining o'zi zar bilan tikiladi, biroz bo'rtma naqsh gul hosil bo'ladi.

Guldo'zi usulida karton gullar yuzasi to'rt qavat qilib o'ralgan zar ip bir tekisda, hamda zar ip matodan o'tmaganligi sababli karton tomoni oddiy iplar bilan tikib chiqiladi.

3. Birishimdo'zi - goh ipak ipda, goh zar ipda aralash tikiladi.

4.Pilakchado'zi - pilakcha deb ataladigan piston qadab zardo'zlik tikish.

Zamindo'zi usulida tikishning ikki asosiy usuli ma'lum:

a) to'g'ridan -to'g'ri matoga tikish

b) Siddiy deb ataluvchi to'shmaga tikish. Siddiy jaydari ipakdan tayyorlanadi. Birinchi navbatda ip 4 yoki 5 qavat qilib, keyin ikki qavat qilib eshiladi. Shu hosil bo'lgan ingichka shnurni zardo'zlikda siddiy deb yuritiladi. Tikilish joyining yuzasi, katta-kichikligiga qarab, o'lchamga moslab siddilar sariq bo'z ustiga 8,20,24 qator qilib tortiladi.

Z ardo’zi -birishimdo’zi usuli. Bunda naqshlarning ichki qismi avval zar iplarda ustidan esa ipak iplarda tikilgan. Zamindo'zi ayollar pesh-matlarida, to'nlarda, har xil zardo'z buyumlarda va zardo'zi do'ppilarining jiyaglarida ishlatiladi.Qalin matodan zar ipning o'tishi qiyin, o'tgan taqdirda ham uzoqqa chidamagan, titilib ketgan. Shuning uchun zar ip pilta, ya'ni tushama yo'llariga ko'ndalang tarzda qator qilib yotqizib chiqilgan, ustidan ipak yoki paxta ip yordamida ilib-ilib tikiladi. Ular baxyalar orasiga joylashganidan chatilgan ilgaklarning turlicha joylashuvi o'ziga xos kashtani yuzaga keltiradi. Ipak va paxta ip zar ipni qisib turganidan qator chuqurchalar hosil qilib, ip o'tmagan joylar xiyol do'ppayib qolavergan, bu keng sath uzra to'lqinsimon chiziqlar hosil qilgani uchun tikuvchilar tilida mavj degan nom olgan. Chatib tikish zardo'zlarning ijodiy xayolati va kashfiyotchiligi uchun keng imkoniyatlar tug'dirgan. Mavjning bir necha turi yuzaga kelganining boisi ham chatishini necha turda amalga oshirilganligidandir.

Hosil bo'lgan naqshlar to'rtburchak, romb, siniq chiziqlar va ko'pgina ko'rinishda bo’lgan. Shu tariqa hosil bo'lgan chokli kashtalar uchun Buxoro zardo'zlarining o'ziga xos va puxta ishlab chiqilgan iboralari bor bo'lib, ular avloddan-avlodga hech bir o'zgarishsiz o'tib kelyapti.

G uldo 'zi-zamindo 'zi aralash usuli.

Z

ardo'zlikda zar ip, likkak, tagalak, piakcha tikish usuli va naqshni tofta bilan bezash.



Amaliy mashg’ulot:

Kerakli anjomlar:bo’z tortilgan ko’rcho’p, gazlama, zar iplar, qirqilgan naqsh va zar tikish asboblari

O’quvchilar ko’rcho’pning ustiga gazlama va qirqilgan kichik naqshlarni tikib chiqadilar va guldo’zi va zamindo’zi usulida tikishni o’rganadilar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

l. Zardo'zlikda qanday gazlamalar ishlatiladi?

2. Zar tikishning necha xil turlari bor?

3. Zamindo'zi va guldo'zi usullarining farqi nimada?

Uyga vazifa: Mavzuni o’qib ,choynak yopgich uchun naqshlarni chizib va qirqib tayyorlab kelish.



Kelgusi mavzu uchun kerakli narsalarni aytish.

Ish o’rnini yig’ishtirish, o’quvchilarni baholash.
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish