O`zbekiston Respublikasi
Xalq Ta`limi Vazirligi
Samarqand shahar
64-umumiy o`rta ta`lim maktabi
mehnat ta’limi fani o’qituvchisi
Dusiyorova Vaziraning
mavzusidagi 1 soatlik
Mashg`ulotning texnologik xaritasi va o`tkazilish ishlanmasi
Mavzu:
|
Bo’zni ko’rcho’pga taranglab tortish .Zamindo’zi va guldo’zi usulida tikishni o’rganish.
|
Maqsad va vazifalar
|
Maqsad: o`quvchilarga zar tikish usullari haqida tushuncha berish. Ularni amalda qo`llash, ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
Vazifalari :
- o`quvchilarni zar tikish usullari bilan tanishtirish;
- zardo’zlikda ishlatiladigan gazlamalar turlari,karton va zar iplar bilan amaliy ishlashni o’rgatish
- zar tikishda XTQ va SGT ga rioya qilishni o’rgatish
- zar tikishni o’rgatish.
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
O`quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, zardo’zlik san’atining tikish usullari, zardo’zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan amaliy tanishtirish
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiya-
lari
|
Usullar:og`zaki bayon qilish, suhbat o`tkazish, klaster, bahs – munozara
Shakl: nazariy va amaliy mashg`ulot, kichik guruh yoki individual tartibda ishlash
Vosita: kitob, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar
Nazorat: og`zaki nazorat, savol-javob va test
Baholash , rag`batlantirish yoki jarima berish
|
Kutilayotgan natija
|
O`qituvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqidagi ma`lumotlarni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchilarning mashg`ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, mavzuga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar jarayonida barcha o`quvchilarni baholashga erishiladi.
O`quvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqidagi ma`lumotlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi. Mustaqil holatda ishlash ko`nikmasi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi va baholanadi.
|
Uyga vazifa
|
O`qituvchi: zar tikishda ishlatiladigan asbob-uskunalar mavzusi bo`yicha qo`shimcha yangi ma`lumotlar topish. Mavzuga oid test , tarqatma materiallar, krossvord va ko`rgazmali qurollarni tayyorlash. Kelgusi dars jarayonida tadbiq etish
O`quvchi: zar tikish usullari mavzusi bo`yicha olgan bilim, ko`nikma va malakalarini amaliy mashgu`lot jarayonida qo`llash
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish , takomillashtirish, o`z ustida ishlash, pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o`rganadi. Mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O`zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |