O`zbekiston Respublikasi
Xalq Ta`limi Vazirligi
Samarqand shahar
64 -umumiy o`rta ta`lim maktabi
mehnat ta’limi fani o’qituvchisi
mavzusidagi 1 soatlik
NAMUNAVIY BIR SOATLIK TO’GARAK MASHG’ULOTI ISHLANMASI . Maktabda faoliyat olib borayotgan to’garak mashg’ulotlari shaxsning barkamol kamol topishga, o’sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o’quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo’sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan, uning asosiy vazifasi o’quvchi yoshlarga qo’shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga ularning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazish, yoshlarning ongiga milliy g’oya va vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishdan iboratdir.
To’garak mashg’ulotining maqsadi: Vatan kelajagi, ravnaq topish uchun komil inson tarbiyalab ta’lim berib borishdan iboratdir. To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.
To’garak rahbari to’garak mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun to’garak mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim. Bunda to’garak rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak. To’garak rahbarlari to’garak mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin.
Mavzu: Qiyiqchni bichish , naqsh tushurish, choklarini tikishni o`rgatish
To’garak nomi va guruh: Mohir qo’llar to’garagi.
Mashg’ulot sanasi: _________
Mohir qo’llar to’garagi xonasi:__________
To’garak rahbari : Dusiyorova Vazira
Mashg’ulot maqsadi:
a) ta’limiy maqsad : o`quvchilarga kashtachilik san’ati haqida chuqurroq tushuncha berish.
b) tarbiyaviy: to’garak a’zolariga estetik tarbiya berish, tabiat go’zalligi, tabiatda hamda barcha moddiy narsalarni buyumga aylantirish haqida tushuntirish.
v) rivojlantiruvchi: o’quvchi-yoshlarni ommaviy hayotga tayyorlash va ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda mustaqil ishlarga o’rgatish.
g) kasbga yo’naltiruvchi: o’quvchilarning o’z kasbining ustasi bo’lishga o’rgatish, estetik tarbiyasini oshirish, kasanachilikka bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Vazifalari :
- o`quvchilarni qiyiqcha –belbog’ni tikish jarayoni bilan tanishtirish;
- qiyiqchaga naqsh tushurishni o’rgatish;
- qiyiqcha tikishda ishlatiladigan choklarni tikishni o’rgatish.
Mashg’ulot tipi: o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarni tahlil hamda nazorat qilish.
Mashg’ulotning turi: nazariy va amaliy.
Mashg’ulotda foydalanilgan metod: savol-javob, suhbat, ko’rgazma, charxpalak va moychechak guli metodlari.
Mashg’ulotning jihozi: kashta buyumlari, gazlama , har xil mulina iplari, igna –ip, qaychi , nusxa ko’chiruvchi qog’oz , qalam.
Mashg’ulotning shiori: “Hunar-hunardan rizqing unar”
Mashg’ulot vaqti: 45 daqiqa
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism
a) salomlashish;
b) o’quvchilar davomatini aniqlash;
v) o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash;
g) xavfsizlik texnikasi qoidalarini eslatish;
d) kundalik yangiliklar bilan tanishtirish (5 daqiqa)
Mashg’ulotning oltin qoidalari bilan tanishtirish:
1. Tinchlikni saqla!
2. Faollik
3. Vaqtni teja!
4. Bir-birimizni hurmat qilish
5. Ijodkor bo’lish.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
(Bunda to’garak rahbari “Charxpalak” metodini qo’llashi mumkin)
“Charxpalak” metodining tuzilmasi:
1. Mashg’ulot boshlanishidan oldin o’quvchilarni qobiliyatiga qarab ikki guruhga bo’lib o’tkaziladi. Qobiliyati sust o’quvchilarni qobiliyatli o’quvchilar bilan birga o’tkaziladi.
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
2. Savollarni ishlab chiqish;
3. To’garak a’zolariga savollar berish va javobini baholash;
4. To’garak a’zolarining “to’garak rahbarlari” yonidan o’tishi va ularning savollariga javob berishi.
5. Baholarni umumlashtirish va e’lon qilish.
“Charxpalak” metodi qo’llanilganda to’garak a’zolari 2 ta kichik guruhga ajratiladi. To’garak a’zolarini guruhlarga har xil usulda ajratish mumkin: to’garak rahbari yoki to’garak a’zolarining ixtiyoriga ko’ra, bilimlariga qarab, qur’a tashlab, aytaylik, guruhda 10 nafar to’garak a’zosi bor. Ular 1,2; 1,2 deb ketma-ket sanashadi. Bir degan to’garak a’zolari birinchi, ikki degan to’garak a’zolari ikkinchi guruhga ajraladilar. Birinchi guruh to’garak a’zolari, ikkinchi guruh esa “to’garak rahbari” rolida ishtirok etishadi. To’garak a’zolari rolida ishtirok etganlar ko’kragiga 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan nishon taqishadi va aylana shaklida qo’yilgan stollar atrofida davra qurib o’tirishadi. Uning ichki tomonidan 6 nafar “to’garak rahbari” rolidagilar joy oladi.
Bunda har bir to’garak a’zosi stol atrofida soat strelkasi yo’nalishida birin-ketin “to’garak rahbarlari” yonidan o’tadi va ularning savollariga javob beradi.
“to’garak rahbarlari”ning savollari.
1.Xalq hunarmandchiligi deganda nimani tushunasiz?
Oddiy mehnat qurollari yordamida buyumlar tayyorlashga, qo’l, ko’z, miya va oyoqlarning sunxron harakati natijasidagi faoliyatga xalq hunarmandchiligi deyiladi.
2.Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
Uy, bozor va buyurtma asosidagi hunarmandchilik
3.Kashtachilik deganda nimani tushunasiz?
Biron bir tasvir yoki manzarani rangli iplar yordamida tasvirlashga
4.Qanday kashta buyumlarini bilasiz?
Palak, so’zana,kirpech, gulko’rpa, yostiqqosh, joynamoz va boshqalar.
5. Kashtachilikda qanday naqshlar va uning turlari bor ?
Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado`zlik san'atida har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p va kashtachilikda 4 guruhdagi naqshlardan foydalaniladi:
6. “Kompozisiya” so’zining ma’nosi nima? Kompozitsiya (mujassamot) - lotincha "Kompositio" so`zidan olingan bo`lib, to`qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshni g`oyasi, xarakteri va vazifasiga, muvofiq uyg`un hamda mutanosib joylashtirish degan ma'noni anglatadi.
7 .“Stilizasiya” so’zining ma’nosini tushuntirib bering? Stilizatsiya-tabiatdagi o`simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va uzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir.
8. Assimetriya nima?
Assimetriya-kompozitsiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini buzilishidir.
9. Simmetriya nima? Simmetriya-grekcha so`zdan olingan bo`lib, o`lchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.
10. Kashta tikishda qanday ranglar tanlanadi? kashta guliga asosiy o`rin berilib, gazlama rangiga qo`shimcha o`rin beriladi. Shuning uchun gazlama rangi naqsh rangidan ochiq bo`lib ajralib turmasligi kerak. Kashta gulining rangini tanlashni bajarish sanama chok, tekis chok va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi.
11. Kashtachilikda naqshni gazlamaga qanday ko`chirish usullari bor? Bezakni yoruqqa tutib ko`chirish, bezakni shaffof qog`oz yordamida va naqshni nusxa ko`chiradigan qog`oz bilan ko`chirish
12.Kashta buyumlari qanday gazlamalarga tikiladi? baxmal, shoyi, satin
III. Yangi mavzuning bayoni
Bezak buyumlarining turi juda ko`p, masalan, so`zana, kirpich, choyshab, choy xalta, zardevor, palak, gulko`rpa, dorpech, parda, belbog`, do`ppi, ko`ylak, dastro`mol, hamyon, joynomoz, sumka, nimcha va boshqalar badiiy did bilan bezatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.
Palak-devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to`lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo`zga kashta tikib tayyorlangan.
Zardevor - uyning tepa qismiga osiladigan kashta buyumi bo’lib, balandligi 60 sm,uzunligi uyning o’lchamiga mos qilib olinadi.
Choyshab- forscha so’z bo’lib ,tun chodiri degan ma’noni bildiradi. Choyshab-forscha-tojikcha ro`yjo-tun chodiri degan ma'noni bildiradi. Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun, to’shak ustidan to`shaladi. To`shak ustidan yoziladigan choyshab ham kashtali oq surup, taxmonga tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda choyshabdan so`zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmoqda.Choyshab o`lchami 250X140sm.
Joynomoz - yerga solib ustida nomoz o`qiydigan to`shama. Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ishlatishadi. Joynomoz har xil matodan tayyorlanib uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo`ladi. Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o`lchamda bo`ladi.
Yostiqqosh- eni 30sm ,uzunligi 60sm gazlamaga naqsh tushurilib tikiladigan bezak buyumi.
Kirpech- kirpo`sh, tokchaga taxlab qo`yiladigan kiyim-kechak ustidan yoki devorni vertikal bo`sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo`lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo`lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Kirpech o`lchami 250X65sm.
So`zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo`lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo`yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga tikib tayyorlanadi. U o`ziga xos badiiy ko`rinishiga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalaniladilar. Shuning uchun palakdan farq qiladi. So`zana o`rtasida ko`pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi.
Oynaxalta- uyga osiladigan, ichiga oyna, taroq va shu kabi byublarni solish uchun tikilgan.
Ayollar ro’moli. Qadimda ayollar to’y va bayramlarga o’rash uchun kashta bezaklaridan foydalanib po’mollar tikishgan va bu ro’mol o’zlari uchun juda qadrli hisoblangan.
Sandalpo’sh - qish kunlarida sandal ustiga yopish uchun mo’ljallab tikilgan ko’rpa.
Gulko’rpa – uyning bezak buyumlaridan biri hisoblanadi.
Qiyiqcha- belbog’ erkaklar beliga bog’lanadigan ro’mol. Belbog` bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog` bilan mahkam bog`lab qo`yishgan. Payti kelganda belbog` joynomoz, dasturxon, peshonabog`, dastro`mol, tugun o`rnidaham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog` tikish uchun gulsiz sidirg`a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatiladi. Belbog`ni gullari ilma, yo`rma, suv, bosma va ko`paytiruv choklarida tikiladi va turli o`lchamli bo`ladi. Hozir ham belbog` o`zbek halqining to`y tomoshalarida va boshqa marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqcha o`lchami 110X110 sm.
Qiyiqcha o`zi kvadrat, ya`ni to`rtburchak tomonlari bir-biriga teng gazlamadan tikiladi, bichib olingan qiyiqchaga gul shablon yordamida tushiriladi, keyin har xil rangli iplarda chiroyli bezak va munchoqlar tikib chiqiladi,chetlariga gullar solib, she’rlar, baytlar, ismlar, yozib tikilgan.
Qiyiqcha uchun ipak ip, atlas gazlamalar tanlanadi.
Amaliy mashg’ulot : Avval gazlama 80x80 o’lchamda qirqib olinadi.
Chetlari ko`klab chiqiladi.Keyin nusxa ko`chiriladigan qog`ozdan foydalanib, naqsh elementlari tushirib olinadi.
Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi.
Qaytma chok .Bu chok bir xil yiriklikdagi qavariqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo`ladi. Ignani o`ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil bo`ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o`ngga yotqizib birinchi qaviq tutashgan joyidagi nuqtaga igna sanchiladi-da, qaviq yirikligida o`ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o`zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo`ladi.
Suv chok . bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlarlardan iborat bo`ladi. Bu chokni chapdan o`ngga tomon yoki o`zidan oldinga qaratib yo`naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda – chapda yoki o`ngda bo`lishi kerak. Tikayotganda ip yo`nalishini o`zgartirib bo`lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi.
Iroqsimon chok. Gazlamadan sug`urib chiqariladigan ikkita ip izi bo`ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining motividan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o`ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig`i bir xil bo`lishi kerak. Y`olning o`rtasi bo`ylab qaviqlar chalishib boradi, har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.
O’quvchilar gazlamaga naqsh tushirib, naqshga mos rang tanlab kashta choklaridan tikadilar, tikishni bajarish vaqtida musiqadan foydalanish mumkin,masalan ,,Kashtachi qiz ’’ qo’shig’i.
Nusxa tikib bo’lingach, belbogning avval teskari tomoni, so’ngra o’ng tomonidan dazmollanadi.
Mashg’ulotni mustahkamlash:
1.Hunarmandchilik qachon kelib chiqqan?
2.Qanday hunarmandchiligimiz turlarini bilasiz?
3.Qanday milliy kashtani bilasiz?
4.Qiyiqcha qanday gazlamadan tikiladi?
5.Qiyiqcha tikishda qanday iplar ishlatiladi?
6.Qiyiqcha qanday bichiladi?
7.Qiyiqchaga qanday nusxa ko`chiriladi.
Mashg’ulotning yakuni va uyga topshiriq : qiyiqcha chetlarini tikib, dazmollab kelish.
b) ish o’rnini yig’ishtirish
c) o`quvchilar bajargan ishi va mashg’ulotdagi faolligiga ko’ra baholanadi.
Mavzuni mustahkamlash:”Moychechak guli” usuli .Bunda o’quvchilar:
1-guruh moychechak yaproqchalariga hunarmandchilik turlarini,
2-guruh moychechak yaproqchalariga kashta buyumlari nomlarini,yozib chiqadilar.
Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarni zeriktirmaslik hamda faolligini oshirish maqsadida quyidagi qiziqarli savollar berish mumkin yoki eng ko’p shahar nomini ayta oladi kabi o’yinlar o’ynash mumkin.
a) Toshkent (O’zbekiston Respublikasi poytaxti)
b) Termiz (Surxandaryo viloyati markazi)
v) Zarafshon (Navoiy viloyatidagi shahar)
g) Marg’ilon (Farg’ona viloyatidagi shahar)
d) Qarshi (Qashqadaryo viloyati markazi)
Yakuniy qism.
To’garak a’zolarining olgan baholari e’lon qilinib, yutuq va kamchiliklari tahlil etiladi. To’garak rahbari ta’lim oluvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajalarini aniqlash maqsadida mashg’ulot yakunida odamning 3 xil variantdagi (qosh, ko’z, og’iz, burun aks ettirilgan) rasmini doskaga osadi.
Tushunmadim. O’rtacha tushundim. Juda yaxshi tushundim.
1-rasmda insonning g’amgin, xafa holati, 2-rasmda o’rtacha quvnoqlikdagi holati, 3-rasmda esa juda xursand kayfiyatdagi holati aks ettiriladi. To’garak rahbari to’garak a’zolarining o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida 1-rasm yoniga “Tushunmadim”, 2-rasm yoniga “O’rtacha tushundim”, 3-rasm yoniga esa “Juda yaxshi tushun-dim” deb yozib qo’yadi. Har bir to’garak a’zosi mashg’ulot yakunida rasmlardan birini tanlaydi. Ularning qaysi rasmni tanlashiga qarab, mavzu bo’yicha egallagan bilim va ko’nikmalari haqida xulosa chiqariladi.
Ayni paytda to’garak rahbari o’zi tanlagan metodining samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkoniga ega bo’ladi. Masalan, to’garak a’zolari 1-holatda tasvirlangan rasmni ko’proq tanlashgan bo’lishsa, to’garak rahbari mashg’ulot o’tish metodini o’zgartirishi lozim. 2-holatda tasvirlangan rasmni ko’p to’garak a’zolari tanlashsa, to’garak rahbari o’tgan mavzusini yana takrorlashi lozim. Agar to’garak a’zolari 3-holatda tasvirlangan rasmni ko’proq tanlashgan bo’lishsa, bu hol to’garak rahbari qo’llayotgan metodning samarali ekanidan dalolat beradi. Bizningcha, nafaqat amaliy, balki nazariy mashg’ulotlarda ham o’qitishning noan’anaviy usullaridan keng foydalanish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |