O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi alimova Nilufarning


O‘quvchilarni rasmga qarab insho yozishga o‘rgatish



Download 2,28 Mb.
bet7/11
Sana27.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#412856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
insho

2.3 O‘quvchilarni rasmga qarab insho yozishga o‘rgatish
Rasmga qarab insho yozish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi.
O‘qituvchi rasmlar yordamida o‘quvchilarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi va to‘ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o‘z o‘rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. O‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, repro-duksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
M. M. Konina o‘quvchilarni rasmlarga qarab insho yozishga o‘rgatishning quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; 2) voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli insho yozish; 4) voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida insho yozish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish. O‘qituvchi insho yozish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo‘lishi, o‘quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi; d) o‘quvchining xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko‘rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo‘lmasligi.
Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab insho yozishga o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o‘quvchilari hali o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu o‘quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to‘plamining kamligi, gaplarni to‘g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir. Rasm bo‘yicha ishlashda o‘qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ко'rib
chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog‘langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan insholar yozish) mashq qilishga o‘tish.
O‘quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi
mumkin. Mashg‘ulot asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Savollar yordamida rasmni ко'rib chiqish.
2. O‘qituvchining namuna-inshosi bilan yakunlash. Mashg‘ulot uncha katta bo‘lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to‘g‘risida o‘quvchilarning tasawurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. O‘qituvchining savollari mashg‘ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o‘ylab olish muhimdir. O‘quvchilarga beriladigan savollar tushunarli bo‘lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat bo‘lgan
gaplar yordamida insho yozib berishga o‘rganadilar. Rasmni ko‘zdan kechirish o‘quvchilar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g‘ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak. O‘qituvchi o‘z nutq namunasi, savollari, ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so‘zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik sinflarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvonlari, o‘quvchilar hayotidan olingan murakkab bo‘lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulotdan so‘ng rasm sinf xonasida bir necha kunga qoldiriladi. O‘quvchilar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari
ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. O‘qituvchi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya'ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo‘llab-quwatlaydi, rag‘batlantiradi.
O‘rta sinf. Bu sinf o‘quvchilarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo‘lmagan insho tuza oladilar. Dastlab o‘quvchilar o‘qituvchining savollari yordamida insho yozib beradilar. Bu o‘quvchilarning jamoa bo‘lib tuzgan yoki o‘qituvchi va bitta o‘quvchining hamkorlikda yozgan inshosi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o‘zi to‘liq insho yozib beradi. So‘ngra o‘quvchilar o‘qituvchining namuna-inshosini takrorlaydilar. Bu sinfda o‘qituvchining namuna inshosi o‘quvchilarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Huddi mendek insho yozib bering", „Yasha, mening inshomni eslab qolibsan", — deb o‘qituvchi o‘quvchilarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu sinfda o‘quvchilardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-insho ma'lum bir talablarga javob berishi kerak.
O‘rta sinf o‘quvchilarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozishga o‘rgatish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z inshosida lug‘atidagi so‘zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari to‘g‘risidagi insho) o‘rganib olganlaridan so‘ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband insholar yozishga o‘rgatiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida tasviriy xarakterga ega bo‘lgan bog‘langan insho yozadilar. Bu sekin-astalik bilan o‘quvchilarni mustaqil ravishda voqea band insholar yozishlariga yordam beradi.
Katta sinfda o‘quvchilarning faolligi o‘sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo‘yicha mustaqil insho yoza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg‘ulotlarda ularning mazmuniga qarab liar xil vazifalar qo‘yiladi: 1) o‘quvchilarni rasmlarning mazmunini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish; 2) his-tuyg‘ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo‘yicha bog‘langan insho yozishga o‘rgatish; 4) lug‘at to‘plamini kengaytirish va faollashtirish (o‘quvchilar xotirada saqlashlari lozim bo‘lgan yangi so‘zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‘lgan so‘zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Boshlang‘ish sinfda o‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish jarayonida o‘qituvchining rahbarligi o‘zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‘tadi, zarur bo‘lgandagina aralashadi. Katta sinf o‘quvchilarining insholariga katta talablar qo‘yiladi: voqealarni uzviy bog‘langan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni o‘quvchi tomonidan ongli tarzda anglash uni to‘g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan bin hisoblanadi. Bu jihatlarga o‘qituvchining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. O‘qituvchining namuna-inshosi, ayniqsa, maktabga tayyorlov sinfida ularning insho yoza olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchidan namuna-inshoning ay nan o‘zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o‘zgartirib, umuni-lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib insho yozishni talab etadi. Namuna ko‘pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo‘lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil insho yozish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov sinfida o‘qituvchining namuna-inshosi, sinfda rasmdagi mazmunni bog‘langan holda bayon etishga qiynaladigan o‘quvchilar bo‘lsagina taklif etiladi. Bunday mashg‘ulotlarda insho rejasini berish, insho mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Katta sinfda rasmga qarab insho yozishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; peyzajli va natyumortli rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda") insho yozish. Rasmlar to‘plami bo‘yicha insho yozish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo‘lib insho yozish — avval boshlanishini o‘qituvchi tuzadi, o‘quvchilar tugallashadi; bir o‘quvchi boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg‘ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.
I qism. Bog‘lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo‘yicha insho yozish.
Dastur mazmuni. O‘quvchilarning yovvoyi hayvonlar (tipra-tikanlar) to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo‘yicha insho yozishga o‘rgatish.
II qism. Lug‘at ishi. Topishmoqlarni topish.
Dastur mazmuni. O‘quvchilarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o‘rgatish.
III qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini mustahkamlash.
Darsning mazmuni. tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, fonetik idrokni o‘stirish, tovushlari bo‘lgan so‘zlarni aniq va cho‘zib talaffuz etishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. O‘qituvchi o‘quvchilarga tipratikan haqidagi she'rni aytib beradi. So‘ngra o‘qituvchi so‘raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
Tikuvchimas, bichuvchimas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So‘ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yowoyi hayvon uni yemoqchi bo‘lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo‘lsak, ignalarini qo‘limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo‘lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o‘zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli". O‘qituvchi so‘raydi: Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o‘xshash? (ular o‘tkir, uzun, ingichka.) O‘qituvchi „Tipratikanlar" rasmini („Yovvoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan) ko‘rsatadi. O‘quvchilarga uni diqqat bilan ko‘rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan o‘quvchilari-chi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va o‘quvchilarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir o‘quvchining inshosi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir kuni ular o‘tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko‘rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo‘ng‘izga qarab o‘yiashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o‘xshab, dum-dumaloq bo‘lib olibdi. Qo‘ng‘iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo‘rqib, tumshug‘ini ichkariga yashirdi". Ikkinchi bir o‘quvchining inshosi: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Ona
tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog‘ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko‘rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko‘rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron".
Uchinchi o‘quvchining inshosi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan. Kunlardan bir kun ular o‘rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo‘ng‘izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko‘k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo‘lib, u qo‘rqqanidan xuddi koptokka o‘xshab dum-dumaloq bo‘lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo‘ng‘izlar qochib qolishdi".
O‘qituvchi o‘quvchilardan kimning inshosi nimasi bilan ko‘proq yoqqanligini, har bir tinglagan insholarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so‘rab oladi. Katta sinf o‘quvchilari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o‘z insholarini to‘ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o‘yinlar" rasmi yuzasidan o‘quvchi shunday
insho yozishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va quyoshli. Osmon ko‘m-ko‘k, beg‘ubor...". Rasm bo‘yicha insho yozishga bunday tasvirlashni kiritish o‘quvchilarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo‘yicha insho yozishga tayyorlaydi. Bu insho turi maktabga tayyorlov sinfida tashkil etiladi. O‘quvchilarni manzarali va naturmort rasmlar bo‘yicha insho yozishga o‘rgatishning qiziqarli va samarali uslubiyotini N. M. Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha yoritadi: „ O‘quvchilarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning emotsional kayfiyatlariga tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog‘lab o‘rgatib boriladi.
Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg‘irin shamol va boshqalar) bog‘lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ко'rib chiqishda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu o‘rmon haqida (ushbu daraxt, maysazor, o‘tloq haqida) nimalarni insho yozib bermoqchi bo‘lgan? Nima uchun rassom o‘zining rasmini shunday nomlagan? Rassomga nima qiziqroq, chiroyliroq ko‘rinadi? O‘qituvchining „nima haqida...", „nima to‘g‘risida..." degan savollari
rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat manzarasi to‘g‘risida aniq tavsif berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g‘oyasini yaxshi tushunish va aniqlash uchun mustqadan, poetik (she'riy) asarlardan foydalanish ma'qul. Bu o‘quvchilarda, bir tomondan, barqaror diqqatning vujudga kelishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan, ularning kayfiyatini ko‘taradi, tasvirlash uchun o‘xshatishlar, epitetlar, taqqoslashlar va kinoyalarni tanlashga yordam beradi".
Masalan, Safo Ochilning, „Ko‘klam qo‘shig‘i", Shukur Sa'dullaning „Bahor keldi", Zafar Diyorning „Qor", she'r-laridan, tabiat to‘g‘risidagi o‘zbek xalq qo‘shiq va laparlaridan foydalanish mumkin. Rasmning g‘oyasini tushunishga yordam berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: o‘qituvchi o‘quvchilardan qor bilan o‘ynayotganlarida, uyda onalari bo‘lmaganda, shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday bo‘Iishini so‘raydi. O‘qituvchining namuna-inshosi yoki ada-biy asarni o‘qib berishi katta
ahamiyatga ega. Masalan, V. Baksheyevning „YashiI bahor", O‘. Tansiqboyevning „Kuz" rasmini ko‘zdan kechirishda mashg‘ulotni O‘tkir Hoshimovning „Tomchi haqida ertak" hikoyasini, Qudrat Hikmatning „Bu qaysi fasl?" asaridan parcha o‘qib berish bilan tugallash mumkin.
Maktabga tayyorlov sinfida naturmortlarni ko‘rib chiqish va tasvirlash mashg‘uloti tashkil etiladi. O‘qituvchi doskaga uncha murakkab bo‘lmagan rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan, gullardan, mevalardan stol ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek, „naturmort" yasaydi. So‘ngra o‘quvchilarning o‘zlari narsa-buyumlardan „naturmort" yasaydilar va bir vaqtning o‘zida „naturmortni" tasvirlaydilar: rangini, bo‘yoqlarning mosligini, narsalarning shaklini aytib tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „naturmort" bilan taqqoslaydilar. „Stoldagi naturmortni ko‘rib chiqish o‘quvchilarga narsa-buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi, ularning estetik sifatlari to‘g‘risidagi tasawurlari doirasini kengaytirishga ta'sir etadi. O‘quvchi sekin-astalik bilan mustaqil ravishda naturmortlarni tasvirlashga o‘tadi. Ushbu naturmort rasmlardan foydalanishi mumkin: D. Nalbandyan „Gullar", I. Levitan „Siren", A. Lak-tinov „Fevral", I. Mashkov „Tarvuz bilan naturmort", P. Kan-chalov „Deraza oldidagi siren", A. Fatxullin „Nishona". Shuningdek, o‘qituvchi mashg‘ulotda fotoetud reproduksiyalaridan ham foydalanishi mumkin. Y. Ryumkinning „Olmalar", Y. Ignatovichning „Momaqaymoq" va „Moychechak" rasmlarini ko‘zdan kechirish yaxshi natijalar beradi.

Xulosa
Insho yoki inshoni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi - 20-25 minuti ajratiladi. Oqituvchi o‘quvchilar insho yoki inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o‘qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash yo‘li tushuntiriladi. Shundan so‘ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‘qituvchi yo‘l qo‘yilgan xatoning bir turini to‘g‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo‘rin ishlatilgan so‘zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o‘qib yoki yozib beradi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‘z bilan almashtirib, uni to‘g‘rilaydilar va tushuntiradilar.


Ayrim o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo‘shimcha mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. Oquvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo‘lib ishlash jarayonidagi kabi, bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‘g‘rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.
G rammatik mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o‘rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so‘zlar o‘rnida qanday ishlatilishi o‘quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki insho yozishda shunga rioya qiladilar.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyati uch asosiy omilga bog‘liq: birinchidan, so‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, bolalarning ko‘p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi; uchinchidan, nutq o‘stirishda o‘qituvchining til nazariyasiga, grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko‘nikmasiga bog‘liq.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish