70. Uchburchakdagi metrik munosabatlar.
1) Kosinuslar teoremasi. Uchburchak bir tomonining kvadrati qolgan ikki
tomon kvadratlari yig‘indisidan bu ikki tomon va ular orasidagi burchak
kosinusi ko‘paytmasi ikkilanganining ayirmasiga teng.
2) Kosinuslar teoremasidan kelib chiqadigan natija. Parallelogrammning
diagonallari kvadratlarining yig‘indisi barcha tomonlari kvadratlarining
yig‘indisiga teng.
4) Sinuslar teoremasi. Uchburchakning tomonlari qarama-qarshi
burchaklarining sinuslariga proporsional.
5) Sinuslar teoremasining umumlashmasi. Uchburchak tomonining unga
qarama-qarshi burchak sinusiga nisbati bu uchburchakka tashqi chizilgan
aylana diametriga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |