19. Parallelogramm. Qarama-qarshi tomonlari parallel bo‘lgan to‘rtburchakka
parallelogramm deyiladi.
Parallelogrammning xossalari va belgilari.
1) Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratadi.
2) Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng.
3) Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari o‘zaro teng.
4) Parallelogrammning diagonallari bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada
teng ikkiga bo‘linadi.
5) Agar to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari o‘zaro teng bo‘lsa, u holda
bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
6) Agar to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomoni teng va parallel bo‘lsa,
u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
7) Agar to‘rtburchakning diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga
bo‘linsa, u holda bu to‘rtburchak – parallelogrammdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |