Gaz sanoati haqida gapiring. Tabiiy gazdan qanday maqsadlar- da foydalaniladi? 0‘zbekistondagi gaz qazib olinadigan hududlarni xaritadan ko‘rsating.
Navoiy va Xorazm viloyatlariga qivosiy geografik tavsif bering.
3.Sirdaryo viloyatining 0‘zbekiston aholisidagi ulushi 2,5%, pax-
tayetishtirishdagi hissasi esa 3,5%. Paxtachilik viloyat uchun ixtisos- lashgan tarmoq bo‘la oladimi? Javobingizni asoslang.
0‘ZBEKIST0N DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
8-SINF
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan: "Xalqimizning huquqiy madaniyatini yukscdtirish davlat siyosati darajasiga ко ‘tarilishi lozim, zero, mustaqillik so ‘zining zamirida ham katta iilug' huquqqa ega bo 'lish degan tushuncha yotadi"',deb ta’rif berilganligi bejizga emas. Mazkur so‘zlar mustaqilligimizning dastlabki yillarida avtilgan boisa-da, bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo'qotgani yo‘q. 2010-yil 12-noyabrdagi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qo- nunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Davlatimiz rahba- ri “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolik ja- miyatini rivojlantirishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berar ekan, “Jamiyatning demokratiya yoTidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq” ekanligini ta’kidlaydilar.
Davlatimizning mazkur siyosatni amalga oshirishda, ya’ni o‘quvchi-yoshlarga huquqiy ta’lim berish, ularda milliy huquq tizimi
1 Karimov I.A. “Yuksak huquqiy tafakkui - demokratik jamiyat taqozosi. 6-tom, Т.: “0‘zbekiston”, 1998,22-b.
to‘g‘risidagi tasavvurlarini uyg‘otish, huquqiy madaniyatni yuksalti- rish, qonun ustuvorligini anglash, huquqiy davlat hamda fuqarolik ja- miyatini yuzaga keltirishda ta’lim muassasalarining hamda pedagog- larning o'mi alohida mazmun kasb etadi.
Ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan huquqiy ta’limdan bosqichli nazorat ishlarining asosiy maqsadi aynan bir vazifaga, o'quvchilarning huquqiy ongini oshirish bilan bir qa- torda, ularning qonun va qoidalarga itoatkor bo'lish kabi ko'nikma va malakalarini shakllantirish va ushbu yo'nalish bo‘yicha kompe- tentlilikni yuksaltirishga qaratilganligi bilan avvalgi bosqichli nazorat ishlaridan farq qiladi.
Jumladan, savollar mavzu doirasidan chiqmagan holda tuzilgan boiib, o’quvchilarni zarur boTgan ma’lumotlarni izlab topish, ke- raklisini ajratib olish, tahlil qilish va qayta ishlash kabi malakalarini shakllantirishga yo'naltiradi.
Bosqichli nazorat savollari 3 ta savoldan shakllantirilgan. 1- va
savollar bevosita nazariy bilimlar, 3-savol esa huquqiy masalalar- dan, kazuslardan iborat.
O'quvchilarning egallagan bilimlarining yig‘indisi ularning ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga teng. Ya’ni o'quvchi egallagan bilimi asosida 8-sinf o'quvchisi uchun belgilangan talablarni (Bu talablar Umumiy o'rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida qayd etiladi) bajarishi lozim. Bundan tashqari, o^quvchilaming xulq madaniyatida umummilliy qadriyatlar, axloq, odob tushunchalari shakllanishi va ma’lum bir ko'nikmalarga ega boiishlari belgilanadi. 0‘quvchilarning ushbu darslardan olgan bilimlari maktabning ichki qoidalariga, o‘quvchi odobiga rioya qilishda aniqlanadi.
Demak, Davlat va huquq asoslari fani ijtimoiy fan bo ‘lib, bevosita о ‘quvchilarning xulq-atvorlariga ta sir ко ‘rsatadi.
Shuning uchun ham o'quvchining bergan javoblari baholangan- da, albatta ularning xuql-atvori va amalda maktabning ichki tartib- qoidalariga rioya qilishlari, odob-axloqlari ham qo‘shib baholansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
0‘quvchini bilimini baholash uchun quyidagi jadval taklif etiladi.
Nazariyaga oid qoida (1- va 2-savollar) yuzasidan berilgan savolga o‘quvchining bergan javobi quyidagi asosda baholanadi.
Nazariyaga oid qoida haqida tushunchaga ega bo'lsa.
1 ball
Nazariyaga oid qoidaga o‘qituvchi yordamida ta’rif bersa.
2 ball
Nazariyaga oid qoidani yodlab bersa.
3 ball
Nazariyaga oid qoidani misollar bilan tushuntirsa va ta’rif bersa.
4 ball
Nazariyaga oid qoidani to’g'ri ta’riflasa va amaliyot bilan bogMasa, qonunlardan misollar keltira olsa.
5 ball
Masala ishlash bo‘yicha (3-savol) o‘quvchining bergan javobi quyidagi asosda baholanadi.
Axloq-odob qoidalari va huquqning buzilishini aniqlasa.
1 ball
Berilgan masalani obyekti va subyektini topsa.
1 ball
Berilgan masalani huquqning qaysi sohasiga oid ekanligini aniqlasa.
1 ball
Berilgan masalani obyektiv, subyektiv tomonlarini ajratsa.
1 ball
Berilgan masalaga huquqiy baho bersa.
1 ball
Jami:
5 ball
O'quvchining xulq-atvori (axloq-odobi)dan olgan bilimlarini
amaliyotga tatbiq eta olishi.
Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o'zining faoliyatida aks ettirsa.
1 ball
Ma'naviy manbalardan foydalana olsa.
1 ball
Sinfdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo'lsa.
1 ball
So'zlashuv madaniyati qoniqarli bo'lsa.
1 ball
Turli tadbirlarda faol ishtirok etsa.
1 ball
Jami:
5 ball
Davlat va huquq asoslari fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan ta'lim muassasalarida bosqichli nazorat ishining 4-savoli huquq sohalariga yoki huquqiy masalalarga oid bo‘lib o‘qituvchi tomonidan tuziladi.
0‘quvchiga tayyorlanish uchun 15 daqiqa beriladi. Savollar va baholash tartibini maktab metod birlashmasining qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish mumkin.
0‘quvchining bergan javobi maksimal 5 ball bilan baholanadi. Bunda har bir savollarning ballari umumlashtirilib, o‘rtacha ball qo'yiladi. 0‘quvchining bahosini yaxlitlab 5 (1-savol) + 5 (2-savol) + 4 (3-savol) + 5 (axloq-odobi) =19:4 = 4,75 (4,5 dan yuqori bo‘lgan
iuchun) 5 ball qo‘yish mumkin.
Davlat va huquq asoslari fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan taiim muassasalaridagi bosqichli nazorat ishiga 4-savol qo'shilsa har bir savollar uchun qo'yilgan ballarining yeg'indisi endi to'rtga bo'linadi. Shu yo‘l bilan o'quvchining bahosi yaxlitlab olinadi.
BILET
Davlatning boshqaruv shakli.
Huquqiy layoqat.
M. ismli voyaga yetmagan shaxs qo'shnisining uyidan chiqib kelgan bitta g‘ozni tosh otib haydamoqchi edi, tosh g‘ozning boshiga tegdi va o‘lib qoldi.
BILET
Siyosiy tartibot (rejim).
Huquqiy munosabatlarning subyektlari.
A. ismli fuqaro ishdan qaytib uyiga kelsa eshigi ochiq, hovlida turgan velosipeti yo‘q. Velosipedni o^g'irlagan shaxs shu ko^cha bo- shida turishiga ishonch hosil qilib, uning uyiga boradi va hech kim- dan soiamasdan uning darvoza xonasida turgan mapetini olib chiqib ketadi.
BILET
Davlatning ichki funksiyasi.
Ayb va uning belgilari.
N. ismli fuqaro o‘z uyining derazasidan qarab ikki o‘spirin unga tegishli mashina g‘ildiraklarini yechishyotganini ko'rib qolib, ko‘chaga qarab yuguradi. Lekin afsuski u chiqquniga qadar o‘spirinlar mashinaning orqa g‘ildiraklarini yechib qochib qolishgan edilar.
BILET
Aybsizlik prizumpsiyasi.
Huquqiy davlatning belgilari.
S. ismli 8-sinf o‘quvchisi onasi uning tilla ziraklarini taqib sin- fdoshlariga ко‘г-ко‘г qilish uchun maktabda bordi va ularni tushirib qo‘ydi.
BILET
Davlat organi.
Muomala layoqati.
К. ismli furaqo ikki chelak iflos suyuq moddalami uyidan olib chiqib uyi oldidan oqib o‘tuvchi kanalga oqizib yubordi. Kanaldan kir yuvish uchun suv olayotgan qo‘shni ayol buni ko‘rib juda norozi bo‘ldi.
BILET
Normativ huquqiy hujjatning belgilari.
Huquqbuzarlik belgilari.
yoshli N. maktabga bir hafta bormasdan usta o‘rtog‘ining otasi bilan qo‘shni mahalladagi bir uyni suvog‘ini qilib yurganini bil- gan sinfdoshlari uning ota-onasiga aytdi va sinf rahbari N. ni maktabga borishi kerakligini tayinlaganini aytishdi. Lekin baribir N. ertasi kuni maktabga kelmadi.
BILET
Davlatning tashqi funksiyasi nimalardan iborat?
Respublika boshqaruvi shakliga ega bo‘lgan davlatning asosiy belgilari.
N. ismli 8-sinf o‘quvchisi qo‘shnisinikiga hech kimga bil- dirmasdan kirib nok daraxtiga chiqib mevasini olib tushayotganda qo‘shnisining iti uni oyog‘idan tishlab yaraladi.
BILET
Monarxiyaning asosiy belgilari.
Ijtimoiy xavflilik.
yoshli B. ismli bola velosipedda K. ning yonidan o'tib keta- yotib, “GALAXY-5” nomli uyali aloqa telefonini olib qochib ketdi.
BILET
Siyosiy tartibot.
Jazo va uning turlari.
8-sinf o‘quvchilari Z. va D. jismoniy tarbiya darsida janjalla- shib qolishdi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ularni ajratib qo‘ymoqchi boidi. Z. stulni olib chetga otmoqchi bo‘lgandi. U borib o‘qituvchiga tegdi. 0‘qituvchi yengil tan jarohati oldi.
BILET
0‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining belgilari.
Jazoga loyiqlik.
D. ismli fuqaro oshqozoni yallig‘lanisi oqibatida o‘n kun ishga bora olmadi. Ishga chiqqanida esa firma rahbari undan bo‘shash uchun ariza yozishini talab qildi. D. ismli fuqaro bundan norozi bo‘ldi.
BILET
Huquqiy munosabatlarning elementi.
Jinoyat subyekti.
M. ismli maktab o‘quvchisi maktab sport zalida koptok tepib o‘ynayotganida koptok sport zaldagi bannerga tegib bannerni joyidan qo'zg'atib yubordi va o‘sha bolaning boshini g‘urra qildi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasining Prezidentligiga kim saylanishi mumkin?
Federativ davlatning belgilari.
yoshli S. ismli qiz sinfdoshi N. ning so‘mkasidan hazillashib uyali aloqa telefonini olib K. ismli sinfdoshining so'mkasiga solib qo‘ydi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsipla-
ri.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat.
R ismli fuqaro M. ismli 15 yoshli jiyaniga aroq quyib berib, o'ziga sherik boiib ichishini talab qiladi. M. aroq ichib o‘zini noqu- lay seza boshladi, qayd qilib tuni bilan oshqozoni ogiib chiqdi.
BILET
Davlat mexanizmi.
Ijro etuvchi hokimiyat.
8-“A”sinf o‘g‘il bolalari o‘zaro kelishib olishib ta’til kunlarida suv havzasiga cho'milishga borishdi va S. sinfdoshi M. ga hazillashib uni suv tomonga itarib yubordi. M. suzishni bilmagani uchun suv che- tidagi latokka sakrayman deb oyo‘gini sindirib oldi.
BILET
Unitar davlat tushunchasi.
Huquq instituti.
18 yoshga to‘lgan N. ismli boia birinchi marta saylovda qatna- shishini eshitib juda quvondi. Lekin u o‘zi o‘ynaydigan futbol terma jamoasi bilan boshqa shaharga ketayotganligini eshitib saylovga qat- nasha olmasligidan kuyundi.
BILET
Davlat tuzilish shakli.
Sud hokimiyati.
15 yoshli A. ismli bola hazillashib ko‘cha chetida turgan qo‘shnisining qo‘ylarini xurkitib haydab yubordi. Natijada qo'ylar shu yugurganicha boshqa mahallaga ketib qolishdi. Qo‘ylarning egasi esa kun bo‘yi qo‘ylarini qibirib topolmadi.
BILET
Davlatning boshqaruv shakli.
Xalqaro huquq tizimi tarmoqlari.
Voyaga yetmagan bir bola hech kim ko'rmay turganidan foy- dalanib ko'chasida turgan aftobusning orqa g'ildiraklariga mix tiqib havosini chiqarib yubordi.
BILET
Fuqarolik jamiyati.
Mamlakatimizning ichki huquq tizimi tarmoqlari.
K. ismli 15 yoshli bola kechki payt uyi oldidan o'tayotgan mashinalarga tosh otib o‘tirganida, bir mashinaga tosh tegib, haydov- chining jahlini chiqardi va tushib bolani haqoratladi.
BILET
Demokratik tartibot belgilari.
Huquqiy munosabat.
A., K. va B. ismli shaxslar (barchasi 16 yosh) o'rmonga dam olishga chiqadilar. Ular gulxan yoqishadi va unga ko'plab yangi kesilgan daraxt shoxlarini tashlashadi. Tez orada olovni boshqarib bo‘lmay qoladi va shamolning ta’sirida u o‘rmon sathida tez tarqala boshlaydi. Buning natijasida davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazildi.
BILET
Monarxiyaning asosiy belgilari.Huquq normasi.
yoshli A. bilan I. poyezd yoii relslarini birlashtirib turuvchi boltlarni burab olishdi.
BILET
Konstitutsiyaviy sud qanday ishlarni ko‘radi?
Ma’muriy huquqbuzaiiik.
M. ismli voyaga yetmagan shaxs qo‘shnisining xo‘rozini hovli- ga kirganini ko'rib uni ushlab bekitib qo‘yadi va ertasi kuni qo‘shni mahalladagi o‘rtog‘iga yarim bahosiga pullab keladi.
BILET
Huquq funksiyalari.
Huquq normasining belgilari.
Aftobusda ketayotgan A. ismli 6-sinf o'quvchisi o'zidan yoshi ulug‘ bir onaxonga joy berish bahonasida uning hamyonini o‘g‘irladi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasida sud tizimi.
Huquqiy odat.
15 yoshli D. bozorda tilamchilik qilib yurib, maktabga kelmay qo‘ydi. Sinf rahbari ertaga darsga kelmasa ota-onasiga borib aytishini aytganlarida u, ota-onam urushmaydilar, ularning o’zlari bu ishimdan xabari bor, deb yugurib ketadi.
BILET
Jamiyat.
Oliy xo'jalik sudi.
B. va J. ismli 7-sinf o‘quvchilari tanaffus vaqtida tortishib qo- lishadi. Shunda B. J. ismli bolaning kundalik daftarini yirtib tashladi va hatto so'mkasini ham derazadan ko‘chaga uloqtirdi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i.
“Xabeas korpus” instituti nima?
O. ismli 8-sinfo‘quvchisisinfjumalini olib, o‘zigahammafandan “5” baho qo‘yib chiqdi. Ertasi kuni jurnalni ochib ko’rgan sinf rahbari bu holni O. ning o‘zi qilganini aytganida O. bu holni bo‘yniga olmadi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining amalga oshirilishi.
Huquqbuzarlikning turlarini aytib bering.
Voyaga yetmagan S. 103 ga telefon qilib ko‘chasida bir odam ag‘anab yotganini va u juda o‘gir betobligini aytadi. Tez yordam ma- shina tezda berilgan manzil bo‘yicha voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelishganida hech kim yo‘q edi. Buni uy derazasidan ko‘zatib turgan S. ularni aldanganliklarini ko‘rib o‘zidan xursand bo‘ladi.
BILET
Obyektiv va subyektiv huquq.
Huquq normasi.
Voyaga yetmagan T. maktab kutubxonasiga kirib o‘ziga kerakli kitoblarni o‘qish uchun oladi va uyiga kelib kitob ichidan o‘ttiz varag‘ini qirqib oladi. Kitobni qaytarayotganida kutubxonachi bu ki- toblar unga yangi berilganligini, kitoblarning hech bir vaqag‘i umuman yirtilmaganini aytganida u bo‘yniga olmaydi.
BILET
Qonun osti hujjatlari.
Huquq tizimi.
Maktab mulkiga befarq bo‘lgan M. o‘zi shu maktabning 7-sinf- da o‘qisa-da, tunda maktab futbol maydonidagi darvoza ustunlarini qo‘parib ketayotgan ikki shaxsni maza qilib kuzatadi va “zo‘r boidi- da”, deb o‘ziga-o‘zi gapirib ham qo‘yadi.
BILET
0‘zbekiston Respublikasining qonunlarini guruhlang.
Qonuniylik nima?
16 yoshli M. ismli bola super marketdan ikki dona atirni olib cho‘ntagiga joylashtirdi va 1 kg. shakarni olib borib kassaga topshir- di. Cho‘ntagidagi atirni hech kim ko‘rmagani uchun chiqarib ham o‘tirmadi.
BILET
Kostitutsiyaviy qonunlar.
Fuqarolik huquqbuzarligi.
К. ismli fuqaro DVD pleyer va uyining telefon aparatini o‘g‘irlangani haqida mahalla militsiya noziriga arz qildi. Qo'shnisi M. 16 yoshli o'giining shu kun kechki payt qimmatbaho uyali aloqa telefoni ko'tarib kelganiga e’tibor ham bermadi.
BIOLOGIYA SO‘Z BOSHI
“Odam va uning salomatligi” fani umumta’lim maktablarining
sinfida tugatiladi. 0‘quvchilar “Odam va uning salomatligi” fanidan ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Masalan:
“Odam va uning salomatligi” fani mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;
odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
0‘zbekistonda tibbiyot fanining rivojlanish tarixini bilish;
odam va uning salomatligiga oid bilimlardan tibbiyotda va tur- mushda foydalana olish.
“Odam va uning salomatligi” fanidan bosqichli nazorat og'zaki so‘rov shaklida o'tkaziladi. Har bir o'quvchiga 3 tadan savol beriladi. Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy mashg'ulotga oid boiadi. Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi. Baholar umumlashtirilib o'rtacha baho chiqariladi. Masalan : 4+5+3=12:3=4
0‘quvchilarni baholashda ball ular egallashlari lozim boigan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqib belgilanadi.
Masalan: “Organizmning ichki muhiti” mavzusida o‘quvchilar quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarga ega boiishlari lozim:
organizmning ichki muhitini nima tashkil etishini bilish;
gomeostaz xususiyatini mohiyatini bilish;
qonning fizik xossalarani bilish;
qonning kimyoviy xossalarini bilish;
qonning organizmda bajaradigan vazifalarini bilish va tushuntira olish;
tashqi muhit omillarini organizm ichki muhitiga ko'rsatadigan tasirini bilish.