O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi mehnat ta’limi fanidan dars ishlanmalar to’plami tuzuvchi: O’. O. Tohirov, rtm metodisti Toshkent – 20 Mashg’ulotning tеxnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi



Download 35,68 Mb.
bet13/71
Sana11.12.2022
Hajmi35,68 Mb.
#883766
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
5,6,7 Sinflar Texnologiya fanidan dars ishlanmalar

Qoraqayin yog’ochi yosh daraxtlarda qizg’ish-oq rangda, qarilarida esa qo’ng’ir-jigarrang bo’ladi, mag’izsiz-pishgan yog’ochlik hisoblanadi. Yog’ochining mustahkamligi yuqori, tabiiy guli chiroyli lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. Mebel, shpon, parket ishlab chiqarishda va musiqa asboblarida, sport anjomlari va poyafzal andozalarida, juva, chekich, non taxta, randa va yog’och idish tovoqlarda ishlatiladi.
Zarang daraxti ham mag’izsiz lekin po’stloq osti qatlamli hisoblanadi. Yog’ochining rangi sariq yoki qizg’ish aralash oq rangda bo’lib yillik xalqalari nisbatan yaxshi ko’rinadi. Yog’ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli, randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlashda va mashinasozlikda ishlatiladi.
Jo’ka daraxtining po’sti qalin bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz, oq yoki pushti aralash oq rangda bo’ladi. Yog’ochining xossalari yuqori emas, yumshoq va engil, bir jinsli, yaxshi tilinadi, kam yoriladi, chizma taxtalari, quymakorlik modellari, yog’och idishlar, qalam, o’ymakorlik buyumlari, o’yinchoqlar tayyorlanadi.
Qandag’och po’stlog’i qalin, qoramtir tusda va chatnagan bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz oq rangda lekin ochiq havoda tezda qizarib qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi (qurigandan so’ng). Yog’ochi yumshoq, engil, oson ishlanadi, namga chidamli, bo’yoqni yaxshi oladi. Uni qizil yog’och, yong’oq va zarangga o’xshatib ishlov berish oson, lekin tez qurt eydi, arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi.
Tog’ teragining po’stlog’i sarg’imtil, nisbatan yupqa, pastki qismida chatnagan bo’ladi. Yog’ochligi mag’izsiz, oq rangda, lekin vaqt o’tishi bilan qizg’ish yoki yashilsimon rang oladi, yumshoq va engil, namga chidamsiz, faner, gugurt yashiklar, tokarlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi.
Mirza terakning po’stlog’i sarg’ish, silliq, past qismida chatnashi mumkin, tanasi to’g’ri, yaxshi xoda beradi. Yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, engil va yumshoq, namga chidamsiz, oson qurt tushadi, qurilish va duradgorlik materiali sifatida ishlatiladi.
Chinorning yog’ochligi ham mag’izlik bo’lib, qizg’ish-qo’ng’ir tusda, po’stlog’i esa qizg’ish-sariq tusda, silliq va yupqa bo’ladi. Keksa chinorlarning pastki qismidagi po’stlog’i chatnagan bo’ladi. Yog’ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, randalangan faner, parket va qimmatbaxo mebel tayyorlash mumkin.
Nokning po’stlog’i qoramtir, chatnagan va nisbatan qalin. Yog’ochligi mag’izsiz, qizg’ish-qo’ng’ir yoki pushti ranglarda bo’lib, qattiq va mo’rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan mahalliy daraxtlardan faqat mirzaterakning o’zi qolgan barchasidan yog’ochlik xajmi bo’yicha ustun turadi. Chunki u 7-8 yilda yetiladi, xar bir tupdan 5-6 marta xosil olish mumkin, bu vaqtda chinor zo’rg’a bir marta yetilsa, igna bargli daraxtlar faqat 80-100 yilda bir marta yog’ochlik bera oladi xolos.
Yog`och xomashyosi hamma vaqt yuqori navli, sifatli, ishlatish uchun yaroqli bo`lavermaydi. Shuning uchun yog’och taxtalarga ishlov berishda ulardagi nuqsonlar: butoqlar, chirigan joylari, xashoratlar bilan shikastlangan qismi, yoriqlar, ko`zlar, rangni buzilishi, yog`ochlarning ustki qatlamining shikastlanishi, ichki qatlamning shikastlanishi, yog`och qoplamining chuqur shikastlanishi, yog`och qoplamining teshib chiqishi kabilar to`g`rilansa, yog`ochdan unumli foydalanish mumkin.

Download 35,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish