Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: o’quvchilar olgan bilimlari yakka tartibda, jamoaviy tartibda yoki guruhlarga bo’lingan holatda klaster metodi orqali mustahkamlanadi.
ILOVALAR
Qayrag’och
Zirk
Yong’oq
Zarang
Terak
Qayin
Mashg’ulotning tеxnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi
Mavzu:
Urug`larning sifatini aniqlash usullari. Ekilgan urug`ning unib chiqish tеzligi va unga ta'sir etuvchi omillar.
5-sinf “Qishloq xo’jaligi asoslari”yo’nalishi Ichorak 9-10 mavzu
Maqsad: o’quvchilarni urug`larning sifatini aniqlash usullari, ekilgan urug`ning unib chiqish tеzligi va unga ta'sir etuvchi omillar bilan tanishtirish.
Vazifalar: - o’quvchilarni urug`larning turlari ularning sifat ko’rsatkichlari bilan tanishtirish;
- urug`larni ekish usullari to’g’risidagi bilimlarni o’rgatish;
- o’quvchilarni ekilgan urug`ning unib chiqish tеzligi va unga ta'sir etuvchi omillar bilan tanishtirish;
- urug`larni ekishda rioya qilinadigan xavfsizlik tеxnikasi qoidalariga amal qilishni o’rgatish;
- xizmat ko’rsatish sohasiga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.