Amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
Ifodali o‘qish mashqi.
G‘arbdagi notiqlik san’ati tarixi xususida. (1 soat)
G‘arbda notiqlik ritorika atamasi bilan nomlanganligi. Notiqlik san’atining qadim Yunonistonda shakllanganligi. Bu san’atning bevosita davlat ishlari bilan bog‘liq rasmiy doiralarda nutq so‘zlash bilan bog‘liqligi. Mashhur notiqlar haqida ma’lumot. Aristotel (384-322), Demosfen (384-322) va Sitseron (103-43) faoliyati.
Amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
G‘arbdagi mashhur notiqlar fikrlaridan namunalar.
Sharqdagi notiqlik san’ati tarixiga doir. (2 soat)
Sharq dunyosida, xususan, musulmon olamida notiqlik san’ati bevosita muqaddas kitob - Qur’oni Karimni tilovat qilish, hadisi sharifni tushuntirish bilan bog‘liqligi. Sharqda notiqlar voiz – va’z, suxandon, ma’ruza aytuvchi deb yuritilganligi. Balog‘at va fasohat xususida. Sharqdagi mashhur voizlar to‘g‘risida ma’lumot. Husayn Voiz Koshifiy va boshqa mashhur shaxslar faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |