36-37-mavzu. Abay. Nasihatlar. (2 soat)
Abay hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Abayning odob-axloqqa doir qarashlari. Ijodkorning ta’lim-tarbiyaga, ilm olishga, to‘g‘rilikka oid nasihatlarining umuminsoniy mazmun-mohiyati. Abay nasihatlarida sharqona odob va axloq masalalarining ifodalanishi. Mazkur nasihatlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Haydar Xorazmiy. “Bo‘z to‘quvchi kampir” hikmati. (A2+: 3 soat)
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Hikmatning ma’naviy-axloqiy, ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati. Unda manfaat uchun ikki yuzlamachilik qilishning qoralanishi. Asarda hayotiy voqeaning ta’sirchan ifodalangani. Hikmatning badiiy xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |