Ifodali o‘qish mashqi: (1 soat)
Mavzularni o‘rganish va amaliy mashg‘ulotlar uchun – 32 soat
Takrorlash uchun – 2 soat
7–sinf
(68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, va ulardan foydalana olish.
A2+
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
A2+
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish, o‘z xatti-harakatini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |