42-44-mavzu. Herman Hessening “Oy shu’lasi (Bo‘ri)” hikoyasi. (3 soat)
Yozuvchi haqida qisqacha ma’lumot.
Uning “Oy shu’lasida” hikoyasida qishloq odamlarining o‘z ovullariga oralagan bo‘riga qarshi kurashganlarining tasvirlanishi. Asarning tabiat va inson o‘rtasidagi yo‘qolib borayotgan muvozanat haqida fikrlashga undashi.
45-48-mavzu. Daniel Defo. “Robinzon Kruzo” asaridan parcha. (4 soat, A2+: 6 soat)
Adib haqida qisqacha ma’lumot. Asardan olingan parchada qiziqarli sayohat voqealari har doim ham ko‘ngilli tugamasligi, lekin insonning matonati har qanday tashvishni yengib o‘tishining ishonarli tasvirlanganligi (2 soat).
Asar qahramonining o‘ziga xos insoniy sifatlari, bukilmas irodasi, yashashga nisbatan ishonchining so‘nmasligi. Asarning badiiy xususiyatlari (2 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |