66-69-mavzu. Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun” romani. (4 soat)
Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Yozuvchining XX asr jahon adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni. Adib romanlari, jumladan, “Asrga tatigulik kun” asari haqida ma’lumot (1 soat).
Asar markazidagi Edigey obrazi, uning mashaqqatli hayot yo‘li, ruhiy olami orqali kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashagan chin insonning ifodalanishi (1 soat).
Romanda Edigeyning yaqin do‘sti Kazangap vasiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi zahmatlari ifodasining ta’sirli berilishi. Unda jamiyatdagi ma’naviy inqirozlar mohiyatining ochilishi. Asarda hodisalarning falsafiy-badiiy talqini “Asrga tatigulik kun” romanining badiiy xususiyatlari (2 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |