Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Imom Ismoil al-Buxoriy. Hadislar
Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” asari.
Oybek. She’rlar.
Abdulla Oripov. She’rlar.
Vilyam Shekspir. “Gamlet” tragediyasi.
60-62-mavzu. O‘ljas Sulaymonov. She’rlar. (3 soat)
O‘ljas Sulaymonovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning she’rlaridagi yangicha ohanglar talqini. Shoirning “Arg`umoq”, “Maxambetga” she’rlari, “Qoyilmisan insonga zamin” dostonidagi vatan va vatanparvarlik g‘oyalarining o‘ziga xos talqini. Ularda milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tarzdagi ifodasi. Shoir she’rlarining badiiy o‘ziga xosligi. Ularning ma’rifiy-estetik ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |