Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
A2
badiiy asarlar asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni ko‘rib, tinglab tushunadi, tegishli munosabat bildira oladi;
nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o‘qiydi va mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzulardagi insholarga xos xususiyatlarni biladi va tegishli yo‘nalishda insho (6-7 sahifa) yoza oladi;
adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda turli mavzularda taassurot, referat va ijodiy matn yoza oladi, unda xalq maqollari, matallari, hikmatli so‘z, badiiy, publitsistik asarlardan o‘rinli foydalana oladi;
turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bildira oladi.
A2+
turli janrdagi matnlarni obrazga kirib ifodali o‘qiy oladi;
badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |