Amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
Takrorlash: (1 soat)
“Notiqlik san’ati” fani yuzasidan xulosalar bayon qilish. Mazkur fanni o‘rganish jarayonidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni takrorlash. O‘quvchilardagi notiqlikka bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish.
Mavzularni o‘rganish uchun –16 soat
Amaliy mashg‘ulotlar uchun –16 soat
Takrorlash – 2 soat
8–SINF
(68 soat, haftasiga 2 soatdan, A2+: 102 soat).
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
A2+
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |