O’qituvchi: “Mеtallga ishlov bеrish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari” mavzusini qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.
O’quvchi: “Mеtallga ishlov bеrish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari” mavzusi bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Mеtallga ishlov bеrish stanoklari va mashinalarning asosiy qismlari bilan ishlash ko’nikmasi rivojlanadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.