3-rasm. TV-6 markali tokar-vint ochuvchi stanogi
Ish payitida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo`lishi shart.
Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Stanok himoyalash moslamasi bilan jihozlangan. Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o`rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo`lsa, unda stanok o`chib qoladi, elektroblok orqali. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan.
Stanok yog`lash uchun И-30A moyi ishlatiladi. Moyni tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshibniklari va valiklar qo`l bilan yog`lanadi.
TV-7 toкarli-vint ochuvchi stanogi ikkita tumbaga joylashtirilgan (4-rasm). Oldingi markaz staninaning chap tomonida o`rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |