2-mavzu: Umumiy qoidalar haqida (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
O’quvchilarga yo‘l harakati qoidalari haqida umumiy tushunchalarni berish. Shahardan tashqaridagi yo’llar haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish.
3-mavzu: Tarixiy obidalarga sayohat. (27 sentabr xalqaro turizm kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
4-mavzu: Ustozlar – elda aziz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |