19-mavzu: Maxsus transport vositalari.(1soat)
Maxsus imtiyozli transport vositalari: O‘t o‘chiruvchi avtomobillar(101),ichki ishlar avtomobillari(102), tez tibbiy yordam avtomobillari(103), gaz ta’minoti xizmati(104), Qutqaruv xizmati avtomobillari(1050).Yo‘llarda maxsus transport vositalari yaqinlashib kelganda piyodalarning vazifalari.
20-mavzu: Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
(2 soat)
O‘quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehrmuhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.
21-mavzu: Do‘stlik – bebaho ne’mat (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan ). (1 soat)
Mustaqil O‘zbekiston – seni tanidi jahon. O‘zbekiston va BMT, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan e’tibor.
Do'stlaringiz bilan baham: |