11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar.
Raqamlash. Geometrik shakllar (20 soat)
10 hisoblash birligi sifatida. O‘nliklar bilan sanash. 20 ichida bo‘lgan sonlarni o‘qish va yozish. 11 dan 20 cha bo‘lgan sonlarning o‘nlik tarkibi. 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash.
1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni aytish va ular ketma-ketligi.
Quyidagi ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish: 14+1, 18-1, 10+3, 15-5, 16-10.
Ayirish amali bilan sonlarni taqqoslash.
21 dan 100 gacha sonlarni o‘qish va yozish. Ularning o‘nlik tarkibi.
Bir xonali va ikki xonali sonlar. Sanashda ketma-ketlik tartibi.
Tarkibli masala bilan tanishtirish.
Sonni bir necha birlikka orttirish (kamaytirish) va yig‘indini topishga; yig‘indiga sonni qo‘shish; songa yig‘indini qo‘shishga; yig‘indidan sonni ayirishga doir masalalar yechish.
Uzunlik birliklari – detsimetr, metr, ularning belgilanishi: dm, m. Ular orasidagi munosabat.
Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (santimetr, detsimetr va santimetr yordamida).
Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha.
Amaliy ish
Santimetrlarga bo‘lingan detsimetr modelini yasash. Kesmani santimetrlar, detsimetrlar va metrlarda o‘lchash.
Chamalash yordamida 1 va 2 dm ni qo‘lda chizish (chizg‘ichsiz).
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Topqirlikka oid masalalar.
Shakllar va belgilarni topish hamda ularning qatorini davom ettirishga oid mantiqiy masalalar.
“Tangram” o‘yini. Shakllar yordamida yangi shakllar hosil qilish.
100 ichida qo‘shish va ayirish.
Geometrik shakllar va kattaliklar (34 soat)
100 ichida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirishda qo‘shish va ayirish xossalarini qo‘llash.
Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirish.
Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi, qavslardan foydalanish.
Hafta. Hafta kunlari va sanog‘i.
Quyidagi ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirishlarni bajarish: 25+3, 30+24,36-2, 36-20, 42+25, 58-27,58-28, 58-55, 26+4, 30-4, 38+42, 74+26, 60-24, 100-7, 100-62.
Noma’lum kamayuvchini, noma’lum ayiruvchini topishga doir oddiy masalalar yechish.
Bir necha birlikka orttirish (kamaytirish)ga doir tarkibli masalalar yechish. Yig‘indi, uchinchi qo‘shiluvchini topishga doir, sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shishga doir masalalar yechish. Qo‘shish va ayirishga doir turli tarkibli masalalar.
Amaliy ish.
Bo‘laklardan butunni hosil qilish, butundan bo‘laklarni hosil qilish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Boshqotirma: “Ko‘rsatilgan sondagi bir necha tayoqchani olib tashlab yoki o‘rnini o‘zgartirib shaklni o‘zgartirish”.
Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘laklaridan yangi shakllar hosil qilish.
O‘tilganlarni bir tizimga solish va umumlashtirish (19 soat)
2-sinf
(170 soat)
1-sinfda o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish
(10 soat )
60+40, 90-50, 67+3, 38-30, 57-32, 57+32, 96-44, ko‘rinishdagi misollarni yeching.
Qo‘shish va ayirishni tekshirish.
Yig‘indini, qoldiqni topishga doir, ayirmani taqqoslashga doir, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir sodda masalalar.
Noma’lum qo‘shiluvchini, noma’lum ayiruvchini, noma’lum kamayuvchini topishga doir masalalar.
Ko‘pburchak elementlari. To‘g‘ri burchak. To‘g‘ri burchakdan katta yoki kichik burchaklar.
Katak daftarga to‘g‘ri burchak chizish.
Siniq chiziqning uzunligi. Ko‘pburchak perimetri.
Amaliy ish
Santimetr, detsimetr, metr yordamida kesma uzunligini o‘lchash. Berilgan uzunlikdagi kesmani chizish, kesmalarni taqqoslash.
Uzunligi 1 m bo‘lgan tasmani tayyorlash (mehnat ta’limi darsida). Sinfda (maktab hovlisida) masofani ko‘z bilan 1 m gacha aniqlikda chamalash. Katakli qog‘ozda to‘g‘ri burchak hosil qilish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Boshqotirmalar: uchburchaklar va kvadratlardan shakllar tuzish; cho‘plarni olish yo‘li bilan bir shaklni ikkinchi shaklga almashtirish.
Qatorni davom ettirishga doir mashqlar.
18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib qo‘shish (14 soat)
Yig‘indisi 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 ga teng bo‘lgan ikkita bir xonali sonni qo‘shish. Bir xonali sonlarni qo‘shish jadvali.
Sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga va yig‘indini topishga doir, sonni yig‘indidan va yig‘indidan sonni ayirishga doir masalalar tuzish.
Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash. Masalalarni ikki usul bilan yechish.
Kvadrat (to‘g‘ri to‘rtburchak), to‘g‘ri to‘rtburchak qarama-qarshi tomonlarining xossalari.
Katak daftarga to‘g‘ri to‘rtburchakni (kvadratni) chizish. Burchaklarning turlari.
Amaliy ish
Kesma uzunligini detsimetr va santimetr yordamida o‘lchash. Ko‘z bilan chamalab, qo‘lda uzunligi 1 va 2 dm bo‘lgan kesma chizish.
Geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartirish.
Katakli qog‘ozda kvadrat (to‘g‘ri to‘rtburchak) hosil qilish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Namuna bo‘yicha berilgan zich chiziqli shakllarni yasash (“Tangram” o‘yini) murakkablashtirilgan variantlar.
Berilgan qatorni davom ettirishga doir mashqlar.
O‘ylab topishga (topqirlikka) doir topshiriqlar.
18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib ayirish (21 soat)
Bo‘laklab hamda qo‘shish va ayirishning o‘zaro aloqalari asosida ayirishning umumiy usuli. 11- o, 12- o, 13- o, 14- o, 15- o, 16- o, 17- o, 18- o ko‘rinishdagi ayirish.
Qo‘shish va ayirish yordamida sonlarni taqqoslash.
18 ichida bir xonali sonlarni ayirish jadvali.
Yig‘indini va ayirmani topishga doir tarkibli masalalar.
Tarkibli masalalarni ifodalar yordamida yechish.
Masalalar yechimlarini taqqoslash.
Arifmetik masalalarning shartini o‘zgartirish (qayta tuzish).
Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabat. Soat bo‘yicha vaqtni minutgacha aniqlash.
Geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartirish.
Amaliy ish
Geometrik shakllarni yasash.
Qismlardan yaxlit shakl tuzish, butun shaklni qismlarga ajratish.
Detsimetr, detsimetr va santimetr, santimetr yordamida kesmalarning, aniq chiziqlarning uzunliklarini o‘lchash.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Boshqotirma: berilgan sondagi cho‘plarni olish yoki o‘rnini o‘zgartirish yo‘li bilan shakllarni o‘zgartirish.
Berilgan zirh chiziqlari asosida shaklni qayta tiklash (kvadrat to‘g‘ri to‘rtburchak qismlaridan).
Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash. Masalalarni ikki usul bilan yechish.
100 ichida sonlarni xona orqali o‘tib qo‘shish va ayirish.
Geometrik shakllar va kattaliklar (38 soat)
Qo‘shish va ayirish xossalari 100 ichida og‘zaki qo‘shish va ayirish usullarining asosi sifatida.
Sonli ifodalar. 10 (7+2) va 10 – 7 – 2 ko‘rinishdagi sonli ifodalarni o‘qish va taqqoslash.
100 ichida sonlarni xonadan o‘tib og‘zaki va yozma qo‘shish hamda ayirish usullari.
38+5, 42-5, 37+48, 37+53, 87+13, 42-15 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Sonlarni ustuncha shaklida qo‘shish va ayirishning yozilishi. 45+23, 57-26, 29+32, 64+26, 75+15, 27+3, 30-3, 50-24, 52-24 ko‘rinishdagi misollar.
2, 3 amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi (qavsli va qavssiz). Belgilash elementlari. Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasini harflar bilan yozish.
a +49, 91-b ko‘rinishdagi ifodalar.
Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish (noma’lum tarkibiy qismni topish).
Tenglama. Tenglamani yechish.
27+x=27, 35-x=30, x-3=7 ko‘rinishdagi tenglamalarni tanlash usuli bilan yechish.
Komponentlar orasidagi bog‘lanishlar va amallar natijasidagi bilimlar asosida 69-x=23, x-24=41, x+56=70 ko‘rinishdagi tenglamalarni yechish.
Bir nechta teng (bir xil) qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir necha teng qo‘shiluvchi yig‘indisi shaklida ifodalash.
Yig‘indi va qoldiqni topishga oid sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga oid, ayirmani taqqoslashga oid, noma’lum qo‘shiluvchini, noma’lum ayiriluvchini, noma’lum kamayuvchini topishga oid sodda masalalarni yechish.
Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shishga oid, sonni orttirish (kamautirish)ga va yig‘indini topishga oid, yig‘indini va qoldiqni, ayirmani va yig‘indini (arifmetik amallar yordamida va ifoda tuzish bilan) topishga oid tarkibli masalalarni yechish.
Vaqtni (bir soat ichida) topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar yechish.
Geometrik shakllarni belgilash uchun harflarni qo‘llash.
Amaliy ish
Soatga qarab vaqtni minutgacha aniqlikda topish.
Qog‘oz varag‘ini buklash yo‘li bilan to‘g‘ri burchak hosil qilish.
To‘rtburchaklarning va har xil ko‘pburchaklarning perimetrini topish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Cho‘plarning o‘rnini o‘zgartirish yo‘li bilan bir shaklni ikkinchi shaklga almashtirish. Yetishmayotgan shaklni izlab topish uchun mantiqiy masala.
Ko‘paytirish va bo‘lish.
Geometrik shakllar va kattaliklar
Ko‘paytirish (5 soat)
Ko‘paytirish. Ko‘paytirishning ma’nosi. Ko‘paytirish bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish ekanligi. Amalning atalishi va belgilanishi. Ko‘paytirishda berilgan va izlanayotgan sonlarning atalishi.
Yangi o‘lchovlar va ko‘paytirish.
Ko‘paytirish amali bilan yechiladigan masalalar.
Bo‘lish (18 soat)
Bo‘lish. Bo‘lish amalining ma’nosi. Amalning atalishi va uning belgilanishi. Bo‘lishda berilgan va izlanayotgan sonlarning atalishi.
Teng qismlarga bo‘lish va mazmuniga ko‘ra bo‘lish, ularni umumlashtirish.
Bo‘lish amali bilan yechiladigan masalalar.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi.
O‘zaro teskari masalalar.
Masalalarni yozishning jadval usuli.
Noma’lum ko‘paytiruvchini, noma’lum bo‘linuvchini topish.
Millimetr. Belgilanishi - mm. Millimetr, santimetr, detsimetr, metr orasidagi munosabatlar.
Amaliy ish
Kesma uzunligini detsimetr va santimetrlarda, santimetr va metrlarda o‘lchash.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Bir xil shakllarni topish.
Namunaga qarab kvadrat qismlaridan shakllar tuzish.
Cho‘plar bilan ishlash.
O‘ylab topishga doir masalalar.
0, 1, 10 sonlari ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lish (10 soat)
1 soniga va 1 soniga ko‘paytirish. 0 soniga va 0 sonini ko‘paytirish, nol sonini bo‘lish, nolga bo‘lishning mumkin emasligi. 6 : 6, a : a ko‘rinishdagi bo‘lish.
0, 1, 10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lish. (10 soat)
Har bir amal komponentlari va natijalari orasida o‘zaro bog‘lanishlar; 10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishda hamda bo‘lish va ko‘paytirish jadvalini tuzishda ulardan foydalanish.
2-3 amalli (qavs va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartibi.
Doira, aylana. Aylana markazi, radiusi, diametri.
Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish, qismlarni taqqoslash.
sirkul yordamida berilgan radiusli doira (aylana)ni chizish.
Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir, kichik shakldan katta shakl tuzishga doir masalalar.
Amaliy ish
Sirkul yordamida berilgan radiusli doira (aylana) ni chizish.
Doira (kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak)ning bir qismi, ikkidan bir, uchdan bir, to‘rtdan bir qismini grafik tasvirlash. Yaxlit shakllar va ularning qismlarini taqqoslash.
Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir, kichik shakldan katta shakl tuzishga doir masalalar.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Berilgan zirh chiziqlari asosida shaklni qayta tiklash.
O‘z tushunchasi va tasavvuri bo‘yicha tasvirlar yoki shakllar chizish.
Jadval ichida ko‘paytirish va bo‘lish (44 soat)
2 sonini bir xonali songa ko‘paytirish.
Bir xonali sonni 2 soniga ko‘paytirish.
2 ga bo‘lish va bo‘linmada 2 chiqadigan songa bo‘lish.
Ko‘paytirish va bo‘lishga oid sodda masalalarni yechish.
3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa ko‘paytirish.
Bir xonali sonni 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9)ga ko‘paytirish.
O‘rganilgan xildagi 1-2 amalli masalalar.
3, 4 , 5, 6, 7, 8, 9 sonlariga bo‘lish va bo‘lishda bo‘linma, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9ga teng bo‘ladigan songa bo‘lish.
Bir xonali sonlarni ko‘paytirish jadvali va bo‘lishning shunga mos hollari.
x+2=10, 5+x=8, x-3=8, 10-x=2, x·2=12, 20:x=5, x:3=4, 6·x=18 ko‘rinishdagi tenglamalarni (tanlash usuli bilan va berilgan hamda izlanayotgan sonlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishga asosan) yechish.
Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish; sonlarni bo‘lish yordamida taqqoslash.
Sonlarni ayirmali va karrali taqqoslashga doir, sonlarni bir necha birlik va bir necha marta orttirish (kamaytirish) ga oid, baho, miqdor va qancha turishini topishga doir, bitta narsaning massasini, narsalar sonini hamda narsaning massasini topishga doir sodda masalalar.
Bevosita birga keltiriladigan tarkibli masalalar. Ikki amalli (biri ko‘paytirish yoki bo‘lish) tarkibli masalalar. Geometrik shakllarni: kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, doirani taniy bilish, Shakllarni taqqoslash va bo‘yash. Bo‘laklari bo‘yicha shaklni yasash va bo‘laklarga ajratish.
Katak daftar varog‘iga chizilgan shakllar. Uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar chizilgan kataklar sonini sanab chiqish.
Shakllarni tayoqchalardan yasab chiqish.
To‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat)ning yuzi. Yuz birliklari: kvadrat santimetr. Belgilanishi – kv sm.
Amaliy ish
Tasmani (kesmani) 2 yoki 4 teng qismlarga bo‘lish.
Ko‘pburchak tomonlarining uzunliklari yig‘indisini (uning perimetrini) topishga doir masalalar.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Turli mantiqiy masalalar. Cho‘plar bilan ishlash (cho‘plarni olish, aralashtirish, o‘rnini o‘zgartirish).
O‘z fikrlari bo‘yicha tasvirlar yaratish.
Rasm tuzish maqsadida harakatli o‘yinlar.
Matematik mazmunga ega qiziqarli o‘yin-masalalar.
Materialni sistemaga solish va umumlashtirish (7 soat).
3-sinf
(170 soat)
Yuzlik
2-sinfda o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish
(14 soat)
Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Qo‘shish, ayirish va ikki xonali sonlarni taqqoslashga doir masalalar yechish.
Hisoblash dasturi. Qavslar. Qo‘shishning guruhlash qonuni. Sondan yig‘indini ayirish. Yig‘indidan sonni ayirish. Ratsional hisoblashlarda qo‘shish va ayirish omillaridan foydalanish.
Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish, bu amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanish. 0 va 1 sonlari ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishning xususiy hollari. 0 ga bo‘linmaslik haqida. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonuni. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish jadvali.
“… marta kam”, “… marta ko‘p” munosabatlariga doir masalalarni yechish.
Sonning bir necha ulushini topish.
Bir necha ulushi bo‘yicha sonning o‘zini topish.
Tanish geometrik shakllarning hossalari.
Aylanalar bilan naqshlar chizish. Geometrik shakllardan naqshlar chizish.
Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish.
Geometrik material (32 soat)
20 3, 320, 60:3, 100:2 kabi holatlar uchun ko‘paytirish va bo‘lish.
90:30 ko‘rinishidagi hol uchun bo‘lish.
Sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa ko‘paytirish.
23:4, 423 ko‘rinishdagi misollar.
Ko‘paytirishning guruhlash qonuni.
Uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish
ab, c: d, a+b, c-d ko‘rinishdagi ifodalar va ularning qiymatini hisoblab topish.
Yig‘indini songa bo‘lish.
39:3, 42:3, 72:3 ko‘rinishdagi misollar.
Noma’lum bo‘luvchi, bo‘linmani topish (36:x=4, x:8=6).
Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish.
Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish.
Qavslardagi ko‘paytirish va bo‘lish amallarini soddalashtirish.
Qoldiqli bo‘lish.
1, 3 amalli tanish masalalarni yechish.
Taqqoslashga doir masalalarni yechish. 100 ichida ko‘paytirish, bo‘lish qo‘shish, ayirish (hamma hollarda).
Yig‘indini songa bo‘lishga doir va yig‘indini songa ko‘paytirishga doir tarkibli masalarni yechish.
Amaliy ish
Berilgan tomonlarga ko‘ra to‘rtburchak (kvadrat) chizish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Rebuslar. Boshqotirmalar.
MINGLIK
Uch xonali sonlarni raqamlash. Kattaliklar.
Geometrik shakllar (21 soat)
1000 ichida sonlarni og‘zaki va yozma raqamlash. Uch xonali sonni yozishda raqamning o‘rniga ko‘ra qiymati. Uch xonali sonni yuzliklar, o‘nliklar, birliklar yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash (yozish).
Sonlarni taqqoslash.
Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2, 3 amalli misollar.
O‘rganilgan ko‘rinishdagi sodda va tarkibli masalalar.
Sonni 10, 100 marta ko‘paytirish va kamaytirish.
Sondan ko‘paytmani ayirishga, qayta birlikka keltirishga, ko‘paytma va sonning yig‘indisini topishga; ikki bo‘linma yig‘indisi (yoki ayirmasi)ni topishga; yig‘indini songa bo‘lishdan hosil bo‘lgan bo‘linmani (yoki ayirmani) topishga doir tarkibli masalalar. Masalani tenglama yordamida yechish.
Sonli tengliklar va tengsizliklar.
Uzunlik o‘lchovi birliklari: millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Amaliy ish
Kesma chizish va uzunligini millimetr, santimetr va detsimetrlarda masofalarni metrlarda o‘lchash.
Kesmalarning uzunliklarini taqqoslash (murakkablashib boruvchi topshiriqlar).
Katakli qog‘ozga tanish geometrik shakllarni chizish va ularning perimetrlarini topish.
Geometrik mazmundagi masalalar (shakllar tuzishga doir).
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Matematik o‘yinlar: kataklar bo‘ylab yurish. Juft sonlar.
Matematik fokuslar: qiziqarli jadval. Matematik chaqmoq.
Quvnoq matematika: o‘ylangan sonni topish. Tug‘ilgan kunni topa olish. “Sehrli kvadratlar” ni tuzish.
1000 ichida qo‘shish va ayirish. Kattaliklar.
Geometrik shakllar (33 soat)
1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki usullari.
Rim raqamlari.
Qo‘shish va ayirishning yozma shakllari.
Qo‘shish va ayirishni tekshirish.
Ikki bo‘linmaning yig‘indisini (yoki ayirmasini) topishga doir, sonni va bo‘linmani, ayirmani taqqoslashga doir, uchta qo‘shiluvchining yig‘indisini topishga doir, uchinchi qo‘shiluvchini topishga doir tarkibli masalalar.
x+125=142, 256-x=196, x-305=601-98, 917-x=12+39
ko‘rinishdagi tenglamani yeching.
Turli ko‘rinishdagi proporsional miqdorli sodda masalalar.
Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga doir 1, 2 amalli sodda va tarkibli masalalar.
Vaqt o‘lchovi birliklari: minut (daqiqa), soat, kun, hafta, oy, yil. Ular orasidagi o‘zaro munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Vaqtni hisoblashga doir (1, 2 kun doirasida) sodda masalalar. Massa birligi: gramm, kilogram.
Shakllarning yuzi va perimetri. Turli usullar (o‘lchash, kataklarni sanash) orqali bu miqdorlarni topish. Nuqtalar bo‘yicha geometrik shakllarni chizish.
Amaliy ish
Daftarda kataklar bo‘ylab tomonlari berilgan uzunlikda bo‘lgan to‘rtburchak va kvadrat chizish.
Vaqtni bir minutgacha bo‘lgan aniqlikda topish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
To‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, kvadrat shaklida qirqilgan geometrik shakllardan shakllar tuzish.
Qiziqarli kvadrat. Turli qismlardan kvadrat tuzish.
Ustalik bilan o‘rnini almashtirish: “Choy servizi”. “Bo‘rilar va echkilar”.
Qiziqarli, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari: qarang va eslab qoling. Belgilar qanday joylashgan? Plastinkani qanday qo‘yish kerak va h.k.
1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish.
Kattaliklar. Geometrik shakllar (60 soat)
Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish usullari.
Sonlarni (240:30 ko‘rinishidagi) og‘zaki bo‘lish usullari.
Uch xonali sonni bir xonali songa yozma ko‘paytirish usullari.
Uch xonali sonni bir xonali songa yozma bo‘lish usullari.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi (takrorlash).
Uch xonali sonni bir xonali songa yozma bolish usullari.
Ko‘paytirishni bo‘lish bilan, bo‘lishni ko‘paytirish bilan tekshirish.
Qoldiqli bo‘lishni tekshirish.
Ikki o‘zgaruvchili a+, a-, , kabi ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topish.
12 . 7 va 7 .12; 60 . 3 . 60 . 4; 5 . 0 va 5 . 1; 16 . 1 va 16 :1; 20 . 9 va 20 . 3+20;78:3 va 60:3+18:3 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslash.
2, 3 amalli (qavsli hamda qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartibi.
x 4=140, x:9=53, 595:x=7 ko‘rinishdagi tenglamalarni (tanlash usuli bilan, berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi o‘zaro munosabat asosida) yechish.
O‘rganilgan ko‘rinishdagi 1, 3 amalli sodda va tarkibli masalalar.
Vaqt o‘lchovi birliklari: sekund, asr. Vaqt o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish).
Kvadrat detsimetr, uning belgilanishi: kv. dm.
Yuzlarni taqqoslash.
Geometrik shakllarni o‘zgartirish. Murakkab shakllardan tanish geometrik shakllarni topish.
Burchaklar: to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas.
Amaliy ish
Kesmani uning berilgan qismlari (ulushlari) bo‘yicha yasash. Kesmani teng qismlarga bo‘lish.
Yuzi 1 kv. dm, 1 kv. sm ga teng bo‘lgan shakl tuzish (yasash).
Tomonlari berilgan uzunlikda yoki berilgan perimetrda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish va uning yuzini hisoblash.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Vaqtni idrok etish va ko‘z bilan chamalashga doir o‘yinlar:
“Vaqt qadri. Kim aniq topadi?”, “O‘zing uchun o‘lchov”, “Ustalik bilan o‘rnini almashtir”, “O‘yinxona”, “Qarg‘alar va kaptarlar”.
Bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish (10 soat)
O‘quv yili mobaynida o‘rganilgan usullardan foydalanib, og‘zaki hisoblashlar olib boriladi.
4-sinf
(170 soat)
3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va
umumlashtirish (6 soat)
- to‘rt arifmetik amal. 2 dan 4 gacha ifodalarda amallarni bajarish tartibi;
- uch xonali sonlarni bir xonali songa qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish;
- kattaliklarni qo‘shish va ayirish.
Ko‘p xonali sonlar.
Raqamlash. Kattaliklar (22 soat)
Yangi sanoq birligi - minglik.
Ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish. Birlar, minglar va millionlar sinfi. Birlar va minglar sinfida I, II, III xonalar, ular orasidagi munosabat.
Ko‘p xonali sonlarni taqqoslash.
O‘nli sanoq sistemasi.
Sonlarni yozishda raqamning o‘rin qiymati. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari.
Sonni uning xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash.
Uzunlik, massa va vaqt o‘lchovi birliklari (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish).
Vaqtni hisoblashga doir masalalar yechish.
O‘rganilgan ko‘rinishlardagi hamda bilvosita shaklda ifodalangan, to‘rtinchi proporsionalni topishga doir tarkibli masalalarni yechish. (Hamma ko‘rinishlari).
Geometriyaga oid mavzu: kub, shar.
Yassi shakllar: doira, uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, ko‘pburchak. Ushbu shakllar haqidagi bilimlarni umumlashtirish.
Amaliy ish
Katakli daftarda tomonlarining uzunliklari berilgan kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak chizish.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Qirqma shakllar: buklanadigan ko‘pburchaklar. Bir xil qismlardan tuzilgan shakllar.
Natural sonlarni qo‘shish va ayirish. Kattaliklar.
Geometrik shakllar (26 soat)
Qo‘shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish): qo‘shish va ayirish bilan yechiladigan masalalar. Bir necha sonni qo‘shishda qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanish.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi, hisoblashlarda ularni qo‘llash.
Qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari.
Tezlik. Vaqt. Masofa.
1 000 000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni 100 ichida amallar bajarishga keltirilgan hollarda og‘zaki, qolgan hollarda yozma bajarish.
Qo‘shish va ayirishni o‘z ichiga olgan 2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalar, ularning qiymatlarini hisoblash.
Miqdorlarni qo‘shish va ayrish.
x+316=654+85; 729-x=217+163, x-137=500-140
ko‘rinishidagi tenglamalarni yechish va masalalar yechishda ularni qo‘llash.
O‘rganilgan ko‘rinishdagi 2 va 3 amalli masalalar, ularni amallar bo‘yicha, ifodalar va tenglamalar tuzib yechish.
Doira va aylana (umumlashtirish).
Aylana va boshqa geometrik shakllardan naqshlar chizish.
Massa birligi: gramm, kilogramm, tonna, ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish).
Amaliy ish
Berilgan perimetrdagi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) chizish, mumkin bo‘lgan hollarni ko‘rib chiqish.
Berilgan qismlari bo‘yicha kesma yasash. Kesmani teng qismlarga bo‘lish.
Sirkul bilan ishlash.
Geometrik mazmundagi (shakllar yasashga oid) masalalar.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Bloklar bilan berilgan matematik masalalar.
Matematik kvadratlar.
Matematik fokuslar.
Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (105 soat)
Ko‘paytirish va bo‘lish (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish).
Ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar.
Nol va 1 sonlari bilan ko‘paytirish hollari. Nolni bo‘lish. Nolga bo‘lishning mumkin emasligi.
Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bo‘g‘lanishlar.
6∙x=426+120; x:18=70-50; 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechish.
Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish usullari.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari. Ularni hisoblarda qo‘llash.
O‘zgaruvchilar yordamida ko‘paytirish va bo‘lish xossalarini yozish.
100 ichida bajariladigan amallarga keltirish mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p xonali sonlarni bir xonali songa og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish.
10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish.
Ko‘p xonali sonni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa ko‘paytirish.
Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa bo‘lish.
Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa ko‘paytirish.
Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa yozma bo‘lish.
Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2 dan 4 gacha amalli ifodalar.
Vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l; narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishga misollar.
Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi ro‘baro va qarama-qarshi harakatlarga; to‘rtinchi proporsionalni topishga (bevosita birga keltirish, teskari birga keltirish, munosabatlar usuli bilan; algebrik usulda); proporsional bo‘lishga; sonni ikki sonning o‘zini topishga 2 va 4 amalli masalalar.
Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 3 va 4 amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar; ularning qiymatini hisoblab topish.
Miqdorlarni (kattaliklarni) bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish.
Vaqt birliklari: sekund, minut, soat, sutka, oy, yil, asr, ular orsidagi munosabatlar, voqeaning boshlanishi, oxiri, uning davom etish vaqtini aniqlashga doir masala.
Qo‘shish, ayirish, ko‘patirish va bo‘lish amallarini o‘z ichiga olgan 2 va 3 amalli masalalar. Shakllarning yuzi haqida tasavvur. Yuz o‘lchovi birliklari. To‘g‘ri to‘rtburchaklar (kvadrat)ning perimetri va yuzini topishga doir masalalar.
Amaliy ish
Yuzi 1 kv.m, 1 kv. dm, 1 kv. mm ga teng bo‘lgan shakllarni yasash.
Berilgan tomonlarining uzunliklari bo‘yicha yoki parametri bo‘yicha to‘g‘ri to‘rtburchakni chizish va uning yuzini hisoblash.
Yuzi va bir tomonining uzunligi berilgan to‘g‘ri to‘rtburchakni yasash, uning bo‘yini va enini taqqoslash.
Yuzi berilgan holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha to‘rtburchaklarni (xona poli, devorlari, derazalari, uncha katta bo‘lmagan ekin maydonlarini) chizish.
To‘g‘ri to‘rtburchakning diagonali. To‘g‘ri to‘rtburchakning digonallarining xossalari.
Rivojlantiruvchi mashqlar.
Qiziqarli, o‘z-o‘zini tekshirish mashqlari: naqshni takrorlash, “Bir vaqtda chap va o‘ng qo‘lingiz bilan”.
Matematik o‘yinxona: sonli piramida, arifmetik labirint, qiziqarli kvadratlar, arifmetik o‘yin.
Matematik fokuslar: berkitilgan sonlar, yig‘indisi, sonlarni o‘ylab topish.
Qiziqarli matematika: uchta son yig‘indisi, eng yaxshi hisobchi.
Arifmetik musobaqa: hosil bo‘lgan sonlarni o‘ylab topish, bir lahzalik hisob, she’riy masalalar, hosil masalalar.
Natural sonlar, kattaliklar va geometrik material haqidagi bilimlarni umumlashtirish va bir tizimga solish
(11 soat)
Yil davomida quyidagilar o‘tkaziladi:
-hamma amallar bajarish qoidalariga rioya qilmagan holda (qavsli va qavssiz) 2 dan 4 gacha amalli sonli ifodalarning qiymatini topish;
a) arifmetik amallarning ma’nosini;
b) noma’lum komponentlarni;
d) ko‘p, kam, teng munosabatlarini;
ye) miqdorlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ochib beradigan 1 amalli masalalar yechish;
- o‘rganilgan holdagi 2 dan 4 gacha amalli masalalar yechish;
- uzunlik, massa, vaqt va hajm birliklaridan foydalanishga doir masalalar yechish;
- murakkabroq tarkibli geometrik shakllarni tanishga doir masalalar yechish;
- shaklni berilgan qismlarga bo‘lish;
- 2-3 ga bo‘lingan qismlardan berilgan shaklni tuzish; chizg‘ich, sirkul va uchburchak yordamida katakli va kataksiz qog‘ozda o‘rganilgan shakllar chizish.
Tabiiyot fanidan
Davlat ta’lim standarti
(1 – 4 -sinflar)
I. Boshlang‘ich ta’limda tabiiyot fanining maqsad va vazifalari
Bolani tevarak – atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish tabiat ta’limi sohasi orqali amalga oshiriladi.
Tabiat bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo‘lish, ularni farqlay olish, qisqacha tavsiflab berish hamda amalda qo‘llay olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
II. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda tabiat ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oldi: bizning maktab, bizning mahalla, ko‘chada yurish va tabiatda o‘zini tutish qoidalari, kun tartibi, shaxsiy gigiyena qoidalari, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, jism va moddalar, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, o‘simliklarning organlari, xona o‘simliklari, o‘simliklardagi mavsumiy o‘zgarishlar, madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ish, dehqonlarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, suvda yashovchi hayvonlar, hayvonlarning yashash sharoiti, odamning ichki va tashqi organlari, salomatlikni saqlash, suvning kuch holati, tabiatda suvning aylanishi, ob – havo, atmosferadagi hodisalar, bulut va yog‘inlarning hosil bo‘lishi, Koinot, yulduzlar, Quyosh - eng yaqin yulduz, Oyning Yer atrofida aylanishi, kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi, yarimsharlar xaritasi, tabiiy xarita, Yer yuzasining asosiy shakllari, Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi, o‘lkamiz tabiati: tog‘ va tekisliklari, cho‘llari, dashtlari, o‘rmonlari, asosiy qoidalari, ko‘llari va suv omborlari, yer osti boyliklari, mamlakatimiz poytaxti, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, inson va tabiat orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish.
III. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
1- sinf
Bilim:
- ko‘cha va transportda yurish qoidalari;
- uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqi;
- qush va hasharotlarning bir-biridan farqi;
- madaniy va yovvoyi o‘simliklar;
- o‘simlik qismlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘);
- yil fasllari nomlari;
- ob-havoning turlicha bo‘lishi;
- o‘quv qurollari, uy jihozlari, oshxona anjomlari, xonadonda
foydalaniladigan elektr asboblar, kompyuter va uning imkoniyatlari;
- suvning inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi.
Ko‘nikma:
- o‘z maktabini tavsiflay olish;
- o‘zining yashash manzilini ayta olish;
- o‘simlik va hayvonlarning hayoti uchun oziqlanishi zarurligini tushuntira
olish;
- uy hayvonlaridan 56 tasining nomini ayta olish;
- yovvoyi hayvonlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- qushlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- hasharotlardan 56 tasining nomini ayta olish;
- Quyosh, yorug‘lik va issiqlikning erdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay
olish.
Malaka:
- kun tartibiga rioya qilish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- oshxona ishlarida onasiga yordam berish;
- yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish.
2- sinf
Bilim:
- fasllardagi mavsumiy o‘zgarishlar;
- Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi;
- jism va moddalar;
- suvning uch holati;
- kishilarning kuz, qish va bahordagi mehnati;
- aksariyat o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishi;
- termometr;
- inson bilan tabiatning bog‘liqligi;
- ovqatlanish gigiyenasi;
- vaqt o‘lchov birligi.
Ko‘nikma:
- havo va suvning Yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish;
- kuzatishga asoslanib havodagi o‘zgarishlarni tushuntira olish;
- tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish;
- O‘zbekistonda yetishtiriladigan 56 xil o‘simliklarni ayta olish;
- inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish;
- kun chiqishi, tush vaqti, kun botishini tushuntira olish.
Malaka:
- termometr yordamida havo va suvning haroratini o‘lchash;
- soatdan vaqtni aniqlash;
- shaxsiy gigiyenaga amal qilish;
- tishni parvarishlash;
- ovqatlanish tartibiga amal qilish;
- tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilish.
3- sinf
Bilim:
- jonli va jonsiz tabiat;
- tabiat hodisalari;
- shamol — havoning harakati ekanligi;
- suvning asosiy xususiyatlari;
- okean, dengiz, daryo, ko‘llar;
- tabiatda suvning aylanishi;
- atmosferadagi hodisalar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi);
- foydali qazilmalar;
- o‘tsimon va butasimon o‘simliklar, daraxtlar;
- foydali va zararli hasharotlar;
- inson tanasining tuzilishini, teri, skelet va muskullarning vazifalari;
- yurak va qon tomirlari, nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari,
nerv sistemasining vazifalari;
- chekish, alkogol ichimliklari va giyohvand moddalarni iste’mol qilishning
organizmga ta’siri.
Ko‘nikma:
- suvning muzlashi, muzning erishi, suvning qaynashini tavsiflay olish;
- yashash joyidagi keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlarni tavsiflay olish;
- eng muhim madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ishni
tavsiflay olish;
- manzarali o‘simliklarning ahamiyatini tavsiflay olish;
- tabiat manzarasini tavsiflay olish.
Malaka:
- maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tkazish;
- gigiyenik qoidalarga amal qilish;
- tabiatni muhofaza qilish, tabiatda o‘zini tutish qoidalariga amal qilish;
- «Qizil kitob»ga kirgan 56 ta o‘simlik, 34 ta hayvon turlarini aytish;
- gerbariylarni tayyorlash;
- tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, kundalik materiallar bo‘yicha
kuzatishlarga yakun chiqarish.
4- sinf
Bilim:
- Koinotning bepoyonligi, yulduzlarning son-sanoqsizligi, ulkanligi;
- Yer, Quyosh va Oyning qiyosiy o‘lchamlari;
- yarimsharlar tabiiy xaritasi;
- tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiati;
- ufqning asosiy tomonlari;
- Yer yuzasining asosiy shakllari, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi;
- o‘simlik va hayvonlarning inson hayotidagi o‘rni;
- O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalar;
- globus Yerning andozasi ekanligi;
- foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishi.
Ko‘nikma:
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishini
tushuntira olish;
- foydali qazilmalardan 56 tasini tavsiflay olish;
- Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati,
aholisi, ular markazlaridagi diqqatga sazovar joylarni tavsiflay olish;
- tabiatni muhofaza qilish zarurligini tavsiflay olish.
Malaka:
- Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlash;
- yarimsharlar xaritasidan O‘zbekiston hududini topish;
- xaritadan O‘zbekiston bilan chegaradosh Davlatlarni ko‘rsatish;
- O‘zbekiston tabiiy xaritasidan o‘lkamiz tog‘ va tekisliklarini, yirik
daryolarini ko‘rsatish;
- O‘zbekiston xaritasidan eng muhim foydali qazilma konlarini ko‘rsatish;
- O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi hududlarini va ularning markazlarini ko‘rsatish.
Atrofimizdagi olam fanidan
o‘quv dasturi
(1-2-sinf)
Uqtirish xati
"Atrofimizdagi olam" fani 1—2-sinflarda o‘qitiladi.
Kursning vazifasi bolalarning fanlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko‘nikmalarini boyitish, odamlar hayoti va mehnatiga qiziqish uyg‘otish, oila, maktab, jamoat joylarida o‘zini to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Kursni o‘rgatishda asosiy e’tibor tabiatga, oila a’zolariga, umuman insonga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni ehtiyotlab saqlash, mehnatni qadrlash, jonajon o‘lkani, Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
O‘quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga, tabiatdagi ma’lum qonuniyatlarni o‘rganilayotgan ob’ekt o‘xshashliklari, farqi, predmetlarni guruhlashga, saralash, xulosa chiqarishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Atrofimizdagi olam” fani bolalarning atrof olam haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish bilan bir qatorda ularning so‘z boyliklarini oshirishga qaratilgan.
"Atrofimizdagi olam" fani boshlang‘ich sinflarning o‘quv rejasidagi boshqa fanlardan farqli o‘laroq bir qator vazifalarga ega:
-
Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o‘quvchilarning uzluksiz o‘rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo‘lgan ma’lum ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
-
Maktab sharoitida atrof- muhit bilan tanishtirish o‘quvchilarni samarali ta’lim olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyatini hisobga olgan holda ta’lim beriladi.
-
Fanni o‘rganishda ta’lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integratsiyasi ta’minlanadi. Masalan, Ona tabiatni o‘rganish o‘quvchilarni ekskursiyalar, o‘quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida ob’ekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
Kuzatishlar bir necha yo‘nalishda tashkil qilinadi: ob-havo; jonsiz tabiatning har xil komponentlarining yil fasllari bo‘yicha holati (tuproq, suv havzalari, kecha va kunduzning davomiyligi va h.k.); o‘simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar; odamlarning mavsumiy mehnati va ularning yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishi; tabiatdagi alohida o‘simlik va hayvonlarni kuzatish.
Ob-havo har kuni kuzatib boriladi, tabiatning boshqa ob’ektlari va hodisalari uzoq yoki qisqa muddat davomida kuzatiladi.
Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish jarayonida o‘quvchilar o‘simliklar va hayvonlarning ba’zi turlari, o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan sharoitlar (masalan, o‘simlik o‘sishining tashqi sharoitga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproq holatiga bog‘liqligi), turli yil fasllarida o‘simlik va hayvonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan tanishadilar.
O‘simlik va hayvonlarning ba’zi turlarini chuqurroq o‘rganish "O‘simliklar" va "Hayvonlar" mavzularida ko‘zda tutiladi. Bu mavzularni o‘rganishda ba’zi turlarning o‘ziga xos belgilarini ajratib olish maqsadida aniq narsalarni taqqoslashga katta ahamiyat berilgan.
Hayvonlarni tasvirlashda o‘quvchilar ular tanasining faqat asosiy qismlarini aytadilar. Tananing boshqa qismlari, bu qismlarning yaqqol ajratib turgan xarakterli bo‘yog‘i yoki shakli tanish (o‘ziga xos) belgisi bo‘lib, bir hayvonni boshqasidan ajratish uchun xizmat qilgani holda ko‘rsatiladi.
"O‘simliklar va hayvonlar" mavzulari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash uchun o‘quvchilarning tabiiy material bilan ishlari qo‘llaniladi.
O‘qitish jarayonida o‘quvchilar yigirmadan ortiq tur tushunchalarni egallaydilar: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o‘simliklar, hayvonlar, sog‘liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalar.
O‘quvchilarning tur tushunchalarini o‘rganishda o‘zlarining aniq narsalar va ularning tasvirini guruhlarga ajratish bo‘yicha shaxsiy amaliy faoliyatlari katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar narsalarning guruhlarga birlashishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumiy belgilarni bilishi va ko‘rsata olishi kerak.
Har bir darsda ko‘tariladigan, hal qilinadigan tarbiyaviy masalalar muhim ahamiyatga ega.
Fanni o‘rganish jarayonida dunyoni ekologik idrok etish, maktab yer uchastkasi va tabiat burchagidagi hayvonlar va o‘simliklarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go‘zalligini ko‘ra bilish qobiliyati, tabiiy hodisalarni tushunish kabilar ishlab chiqilishi kerak.
O‘quvchilar aniq misollarda tabiatdagi o‘zaro aloqalarni ko‘rish, jonsiz tabiat jonli tabiat bilan qanday bog‘liqligi, bir xil organizmlar boshqa xillari bilan qanday bog‘liqligi, tabiatdagi oziqlanish zanjirini bilishlari kerak.
Bolalarni jamiyat hayoti bilan tanishtirishning turli xil shakl, uslub va vositalari mavjud: ekskursiyalar, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishchilari bilan uchrashuvlar, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va o‘qishlar, kinofilm, diafilm, tele va radio ko‘rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish va hokazo.
Atrofdagi olam narsa va ob’ektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlari, didaktik va ijodiy o‘yinlar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo‘yicha materiallarni o‘rganishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo‘lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.
Kursning asoslaridan biri sifatida jamiyat hayoti bilan o‘z shahri yoki qishlog‘i misolida tanishish belgilangan. O‘quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari, shunga oid odamlarning kasblari, madaniyat va ta’lim haqida elementar tasavvurga ega bo‘ladilar. Tabiat va xo‘jalik o‘rtasidagi, iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o‘zaro aloqalar ochiladi, turli faoliyatda vijdoni, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.
Navbatdagi asos o‘quvchilarning sog‘ligi hamda muayyan ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishga qaratilgan faoliyatning xavfsizligi bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga oladi. gigiyena qoidalarini egallash bilan bog‘liq holda xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda: ko‘chada, yo‘lda, suvda, uyda notanish odamlar bilan muomala yoki aloqada o‘zini tuta bilishni o‘rgatish ko‘zda tutilgan.
O‘quvchilarni boshqa odamlar — bolalar va kattalar bilan muloqotda bo‘lishga o‘rgatish, xushmuomalalik asoslari va odamlar orasida — oilada, mehmonda, maktabda, jamoat joylarida o‘zini tutishning oddiy qoidalarini o‘rgatish kursning muhim asosi hisoblanadi.
Kursning yana bir sermazmun yo‘nalishi — o‘quvchilarni joylarda mo‘ljal olishning eng oddiy usullarini o‘rgatish; o‘z mamlakati, uning poytaxti va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va umuman, sayyoramiz haqidagi ilk geografik tasavvurlarni shakllantirish. Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham)lardan foydalanish mumkin. Ushbu masalalarni o‘rganish metodikasi bolalarning dunyoqarashlari, tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi. Vatanga, barcha odamlarning umumiy uyi bo‘lmish Zaminga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga yordam beradi.
"Atrofimizdagi olam" fani integratsiyalashgan bo‘lib, unda tabiiy-ilmiy (biologik, geografik, ekologik, fizik) bilim elementlari tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy bilimlar bilan mujassamlashgan va bu fan atrofimizdagi olam haqida bir butun tasavvur hosil qiladi.
Bu o‘quv fanining ikkinchi yilga mo‘ljallangan maqsadi — atrof -olam narsalari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish; olamning umumiy ko‘rinishini shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga ma’suliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash.
Kursning mazmunini tanlash va tartiblashtirishdagi butkul yangi mezon — bu o‘rganilayotgan materialga o‘lkashunoslik nuqtai nazaridan yondashishning birligi, kursning hayot bilan bog‘liqligi.
Atrof olam bilan tanishish bo‘yicha mashg‘ulotlar nafaqat sinfda, balki tabiat quchog‘ida ham o‘tkazilishi kerak. O‘zbekistonning iqlim sharoitini hisobga olgan holda tabiatshunoslik ob’ektlarini kuzatish mavsumiy taqvim bo‘yicha emas, balki shu joy tabiatining o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda tashkil etish kerak.
Kuzatuvlar va tabiatga ekskursiyalar asosida o‘quvchilar yil fasllari almashishining tartibini tushunadilar, yil fasllarini, masalan, kuz bilan bahorni, qish bilan yozni taqqoslash natijasida ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirishni o‘rganadilar.
1-sinf o‘quv dasturi “Kirish”, “Atrofimizdagi tabiat”, “Biz foydalanadigan jihozlar”, “Bizning o‘lka” kabi qiziqarli bo‘limlarni o‘z ichiga olgan.
O‘qitishning ikkinchi yili dasturiga quyidagi mavzular kiritilgan: “Kirish”, “Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz”, “O‘lkamizda kuz”, “Ona zaminimiz”, “Qish”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “O‘lkamizda bahor”.
"Atrofimizdagi olam" kursini o‘rganishda qo‘llaniladigan shakl, uslub va vositalar turlichadir. O‘quvchilar o‘qituvchi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi yordamida tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalarni kuzatadilar.
Mashg‘ulotlar faqatgina sinfda emas, balki ko‘chada, bog‘chada (istirohat bog‘ida), muzeyda, dalada va h.k. o‘tkaziladi. Ekskursiyalar, turli kasb egalari bilan uchrashuv va suhbatlar, didaktik o‘yinlar, rasmlar chizish, diafilm, diapozitivlar, kompyuterda ko‘rish – bular mashg‘ulotlarning bolalar uchun qiziqarli va sermazmun o‘tkazilishga imkon yaratadi.
Atrofimizdagi olam
1-sinf
(33 soat, haftasiga 1 soatdan)
Kirish (5 soat)
Bizning maktab. Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari, kutubxona, oshxona, sport zali va boshqalar. Bizning sinf. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish.
Bizning mahalla. Men yashaydigan manzil. Mahallamiz manzarasi: ko‘chalari, uylari, do‘kon, bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi.
Ko‘chada yurish qoidalari. Piyodalar uchun yo‘lak, chorraha, yo‘lning o‘tish joyi, svetofor. Transportda yurish qoidasi.
1-sinf o‘quvchisining kun tartibi. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Shamollashdan va yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo‘lish. Ovqatlanish qoidasi.
Atrofimizdagi tabiat ( 13 soat)
Quyosh. Quyosh yorug‘ligi va issiqligining atrofimizdagi tabiat uchun ahamiyati. Ob-havo. Yil fasllari. Yil fasllarida ob-havoning turlicha bo‘lishi.
Kuzda o‘simliklar hayoti. O‘simlik mevalarining pishishi, barglarining sarg‘ayishi va to‘kilishi. Kishilarning kuzdagi mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi.
O‘simliklar dunyosi. Madaniy va yovvoyi o‘simliklar. O‘simlik qismlari. Xona o‘simliklari. Xona o‘simliklarining o‘sish sharoiti. Bog‘da (hovlida, tomorqada) o‘stiriladigan gullar: atirgul, chinnigul, rayhon va boshqalar.
Hayvonot olami. Uy hayvonlari: qoramol, qo‘y, echki, ot, it, mushuk. Ularning odamlar uchun ahamiyati. Yovvoyi hayvonlar: bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sher, ilon, baliq, baqa va boshqalar. Qushlar: qaldirg‘och, chumchuq, mayna, qarg‘a, bulbul, sa’va, kabutar, musicha. Hasharotlar: kapalak, ninachi, pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak.
Qish faslining manzarasi. Suvning muzlash hodisasi. Muzlagan suv havzalari ustida yurishning xavfliligi.
Biz foydalanadigan jihozlar (4 soat)
Atrofimizdagi narsalar: uy anjomlari, o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari. Bizga zarur bo‘lgan narsalarni tayyorlayotgan kishilar mehnatini qadrlash. Oshxonadagi gazdan foydalanish. Yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari.
Elektr asboblari: lampochka, televizor, radio, magnitofon, videopleyr, muzlatgich, dazmol va boshqalar. Ulardan foydalanish. Kompyuter.
Bizning o‘lka (9 soat)
Biz yashayotgan o‘lkaO‘zbekiston. O‘lkamizdagi tog‘lar, dalalar, yaylovlar, cho‘llar, o‘rmonlar, daryolar mavjudligi. Suv obi hayot. Suvni muhofaza qilish va tejamkorlikda sarflash.
Salom bahor. Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. Dalalarga ekinlarning ekilishi. Navro‘zi olam. O‘lkamizda Navro‘z bayrami.
Men yashaydigan qishloq (shahar) tabiati. Bizning bog‘. Bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish. Ularning gullashi va meva tugishi.
Biz va tabiat. Tabiat qo‘yniga sayohat qilish. Tabiatni asrash.
Salom yoz. Yozda tabiat manzarasi. Yozda kishilar mehnati. Yozgi ta’tilda tabiat qo‘ynida dam olish.
O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat)
2-SINF
(34 soat, haftasiga 1 soatdan)
Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (3 soat)
Atrofimizdagi olam. Sezgi organlari: ko‘z, quloq, burun, til, teri. Jism va moddalar. Suvning uch holati: muz, suv, bug‘. Ob-havo. Havoning ochiq yoki bulutligi, yog‘inlar. Ob-havoning mahalliy belgilari. Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.
O‘lkamizda kuz (8 soat)
Yil fasllari. Fasllarning almashishi. Turli fasllarda Quyoshning ko‘rinma holatlari.
Kuz — hosil yig‘iladigan fasl. Paxta Vatanimiz boyligi. Paxta yig‘im-terimi.
Kuz noz-ne’matlari. O‘zbekiston bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.
Ijtimoiy foydali mehnat. Maktab hovlisi va sinfxonani ozoda tutish. Maktab yer uchastkasidagi ekin va daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etish.
Kuzda hasharotlar hayoti. Foydali va zararli hasharotlar. Chumolilarning hayoti.
O‘lkamizda uchraydigan qushlar. Hasharotxo‘r, donxo‘r, yirtqich (go‘shtxo‘r), hammaxo‘r qushlar. Qushlarning boshqa o‘lkalarga uchib ketishi va boshqa o‘lkalardan uchib kelishi.
O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. Xazonrezgilik. Barglardan gerbariy tayyorlash.
Ona zaminimiz (5 soat)
Yer sayyora. Globus. Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi.
Yer yuzasining tuzilishi. Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar.
Suv — hayot manbai. Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari.
Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund.
Qish (3 soat)
Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.
Kishilarning qishdagi mehnati. Dalalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash. Issiq xonalarda ko‘chat tayyorlash.
Uy va hayvonlarning qishdagi hayoti. Fermalarda chorva mollarini parvarish qilish. O‘lkamizda qishlaydigan qushlar.
Sog‘ tanda sog‘lom aql (3 soat)
Tana gigiyenasi. Tanani ozoda tutish.
Tishni parvarish qilish. Tish cho‘tkasi va pastasidan foydalanish.
Ovqatanish gigienasi. Odam organizmi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar. Oziq-ovqat piramidasi.
O‘lkamizda bahor (11 soat)
Navro‘z — yangi kun. Sumalak Navro‘z taomi. Navro‘z shodiyonalari.
Bahorda o‘simliklar hayoti. erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning gullashi.
O‘simliklarni ko‘paytirish. O‘simliklarning urug‘dan, ildiz mevasi (piyozi)dan, novdasidan ko‘payishi.
Bahorda kishilar mehnati. Dalalarda ekinlarni ekish. Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. Bog‘larda mevali daraxtlarni parvarish qilish.
Bahorda hasharotlar hayoti. Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.
Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.
O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar. Uy hayvonlarining ahamiyati. Yovvoyi hayvonlarning tabiatdagi o‘rni.
Tabiat va inson. Insonning tabiatdan foydalanishi va unga ta’siri. Tabiatni muhofaza qilish.
Shahar bilan qishloq, ular orasidagi farq.
O‘lkamizda yoz. Yoz o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari.
O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)
Tabiatshunoslik
(3 - 4 sinf)
Uqtirish xati
Tabiatshunoslik fani 3–4-sinflarda o‘rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o‘quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va asrash bo‘yicha odamlarining mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy o‘quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o‘z yurtiga muhabbat uyg‘otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.
Tabiatshunoslik 1-2-sinflarda o‘qitilgan "Atrofimizdagi olam" kursining davomi hisoblanadi. O‘quvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar o‘rgatiladi.
O‘quvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tuproqni ifloslanishdan, yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning vakillarini saqlash; insonlar sog‘ligini saqlashda tabiatni asrash kiradi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O‘quvchilar tabiatni asrash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarga o‘lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang‘ich bilimlar berish; sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish; tabiatdan foydalanish va uni asrash bo‘yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; o‘quvchilarni ekologik, etik, estetik, mehnat, baynalmilal, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini o‘qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Bolalarni o‘quv dasturi bo‘linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1 – 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko‘p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunishga va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta’lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiashunoslik insonning tabiatga ta’siri bilan tanishtirishni o‘z oldiga muhim vazifa qilib qo‘yadi.
Tabiatshunoslik fanini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi quyidagi vazifalarga e’tibor berishi lozim:
-
Jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o‘z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;
-
Tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish;
-
Oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
-
Aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko‘rsatish;
-
Tabiatni asrashning amaliyoti haqidagi bilimini asrash yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;
-
Sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlarni shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko‘nikmalarini taraqqiy ettirish.
Ekologik ta’lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o‘quvchilarni insonning tabiatga ta’sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi.
Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo‘lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko‘paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O‘quvchilar tabiatning biron-bir bo‘lagining halokati boshqalarning halokatiga olib kelishi haqida tasavvurga ega bo‘ladi; ular o‘simliklarni o‘stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o‘simliklar mevasini terish, maktab bog‘ida o‘stirish uchun gullar urug‘ini ekish, jonli burchakda ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.
Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko‘rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o‘tkaziladigan amaliyotlar) o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda shu fanga xos bo‘lgan tabiatning o‘zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqelikni kuzatish, tabiiy ob’yektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o‘quv eksperimentni o‘tkazish yetakchi o‘rin tutadi.
Dasturda qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar turi ko‘rsatilgan, lekin maktab va uni o‘rab turgan sharoitga qarab o‘qitishning ijobiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda ularning miqdori ko‘paytirilishi mumkin. U yoki bu ko‘rinishni tasvirlash uchun modellashtirish: chizma va harakatlanuvchi jadvallardan foydalaniladi. O‘qituvchi modellar orqali tananing ovqatlanish bilan bog‘liqligini tasvirlab beradi. Muhim modellardan biri-inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasvirlovchi modeldir.
Bu esa o‘quvchilarda ekologik xulqning qoida va majburiyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Tabiatda o‘zini tutish qoidasi va xulqini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun u yoki bu harakatni taqiqlashni ifoda etgan chizma holatlardan foydalanish lozim. O‘qituvchining ta’sirchan hikoyasi o‘quvchida tabiatga muhabbat va qiziqish hissini uyg‘otadi. O‘quv jarayonida asosiy o‘rinni rollarga bo‘lingan o‘yinlar, tabiatga oid bo‘lgan badiiy adabiyotlarni o‘qish, munozaralar, tabiatni asrash uchun olib boriladigan amaliy ishlar, o‘quvchilar orasida tabiatni asrash haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish kabilar egallaydi.
"Kundalik kuzatish daftari" asosida kuzatish olib boriladi. Kuzatish olib borish bo‘yicha vazifalar jonli va jonsiz tabiatni o‘rab turgan ob’ektlar, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi haqidagi umumiy tushunchalarni shakllantiradi. Uzviylik o‘lkashunoslik, mavsumi yillikni o‘qitishning muhim prinsiplari hisoblanadi. O‘rganish uchun tabiat ob’yekti va voqeligini mahalliy (tuman, viloyat) sharoitni hisobga olgan holda o‘qitishning o‘zi tanlaydi. O‘qituvchi darslarni almashtirishi va o‘rnini o‘zgartirishi mumkin, negaki, tabiatdagi o‘zgarishlarni o‘rganish tabiatda shu holatlar yuz bergan davrga mos kelishi kerak. Agar bunday mos kelish bo‘lmasa, darslar o‘zgartirilishi yoki tabiatshunoslik boshqa darslar (o‘qish) bilan almashtirishi mumkin, albatta keyin uning o‘rnini to‘ldirish kerak.
Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalash, ularda tabiatdagi o‘quv va ijtimoiy foydali, amaliy ish uchun zarur bo‘lgan atrof olam bilan tanishtirish bo‘yicha darslarda paydo bo‘ladigan mehnat malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirishda davom etmoqda.
3-sinf uchun dastur quyidagi bo‘limlardan iborat: “Kirish”, “Foydali qazilmalar”, Tabiatda havo va suv”, “O‘simliklar”, “Hayvonot olami”, “Sog‘lig‘imizni saqlaylik”.
Dastlabki mavzu ona yurt tabiatini yoritib beradi. Shuning uchun 3-sinfda tabiatdagi havo, suv, foydali qazilmalar va tuproq singari jonsiz tabiatni o‘rganishdan so‘ng atrofdagi o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish zarur, chunki 3-4-sinfda o‘rganilgan tabiatshunoslik materialini o‘rganishdagi mantiqiy izchillikni ta’minlaydi.
“Bizni o‘rab turgan havo”, “Suvning xususiyatlari”, “Tabiatda suv”, “Yer osti boyliklari”, “Tuproq” mavzularini o‘rganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: tabiat va inson hayotida suv, havo, tuproq qanday o‘rin tutadi; foydali qazilmalar nima uchun kerak; suv, havo, tuproqni qanday asrash lozim.
“O‘simliklar” va “Hayvonot olami” mavzulari o‘quvchilarning mavsumiy o‘zgarish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishni va bir paytning o‘zida o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko‘zda tutadi. Paxta, sholi, poliz ekinlari va bog‘ mevalarini terishning boshlanishi kabi qishloq xo‘jalik ishlari madaniy o‘simliklar bilan bog‘liq. O‘quv yili boshidan o‘z yurtining o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish ekskursiya va Yer tajriba uchastkasidagi amaliy ish paytidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida (maktab joylashgan yerga qarab) olib borilishi lozim, Amaliyotsiz o‘quvchilar bilimni ongli va mustahkam egallay olmaydi.
Park, bog‘, dala yoki suv havzasi bilan tanishish chogida maktab joylashgan joyda mos keladigani obyekt tanlab olinadi. Tanlab olingan muhitda aniq misollar asosida tegishli o‘simliklarning turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqa organizmlar bilan aloqasi, ularga insonning ta’siri o‘rganiladi. Masalan, park uchun bir xildagi o‘simliklar, dala uchun esa jonsiz tabiat, mavsum xususiyatlari bilan bog‘liq turli sharoitlar ta’sir etgan boshqa o‘simliklardir.
O‘simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar bilan tanishtirishni aniq misollar asosida, tabiatga ekskursiya chog‘ida kuzatish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim.
O‘quvchilarni “Sog‘lig‘imizni saqlaylik” mavzusi inson tabiatning bir bo‘lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, asosiy organlarning joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi oddiy ma’lumotlarda to‘xtalanadi. Har bir bola o‘z organizmi, uning rivoji va sog‘ligini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo‘lishi kerak.
Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga va ayniqsa, bolalar o‘z sog‘liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo‘lgan tadbirlarga alohida e’tibor bermoqlari lozim.
“Ekologiya” mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o‘zaro aloqasi, ularning o‘z-o‘zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e’tibor berilishi zarur.
4-sinf tabiatshunoslik fanida quyidagi mavzular o‘rganiladi: “Kirish”, “Yer Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi”, “O‘zbekiston xaritasi yonida”, “Vatanimiz bo‘ylab sayohat”.
"Kirish" mavzusida, birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha olingan “Atrofimizdagi olam” haqidagi bilimlar umumlashtiriladi.
“YerQuyosh sistemasidagi sayyora” bo‘limi o‘z ichiga “Yulduzlar”, “Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Quyosh sistemasidagi sayyoralar”, “Asteroidlar”, “Kometalar,” “Meteorlar”, “Globus – Yerning kichraytirgan shakli”, “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Kun bilan tun”, “Yil fasllarining almashinishi”, “Yerda yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi”, “Oy–Yerning yo‘ldoshi” kabi mavzularni olgan. Ushbu mavzularni o‘tishda yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, meteorlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi bilan birga Yer sharining tuzilishi, materik va okeanlarning joylashuvi, O‘zbekistonning globus va yarim shar xaritalarida joylashgan o‘rni bilan tanishiladi. O‘quvchilar quyosh nuri tushadigan yer yuzasi mintaqalari bilan tanishadilar, ularning joylashuvi haqida xabar topadi, ob-havo haqida oddiy tasavvurga ega bo‘ladi. Ular 1-sinfdan buyon ob-havoni kuzatish daftarlari "iqlim" tushunchasining mohiyatini anglashga yordam beradi. Ammo o‘qituvchi tushuntirayotganda shunga ehtiyot bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar iqlim va ob-havoni bir tushuncha sifatida qorishtirib yubormasin. O‘quvchilar aniq misollar yordamida sayyoramiz ekologik muammolari va imkoniyat qadar yechimlari bilan tanishadilar.
O‘quvchilar yer yuzasining shakllari (tog‘, tekislik va suvli joylar) haqidagi oddiy tushunchalarni 2-sinfda atrofimizdagi olam fanidan olgan edi, aniq tushunchalar esa 4-sinfda tabiatga ekskursiyalar chog‘ida shakllantiriladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari va ekran qo‘llanmalaridan foydalanish yo‘li bilan bu tasavvur va tushunchalar mustahkamlanadi. O‘quvchilar tepalikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishlari yer yuzasi shaklini o‘rganish, solishtirish asosida olib borilishi lozim.
Agar imkon bo‘lsa, o‘quvchilar sayohat chog‘ida suv havzalari bilan tanishadilar.
Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo‘ladi, uning shartli belgilarini o‘qiydi, yurtimizning joylashgan o‘rnini topadi, janubdan shimolga tabiat o‘zgarishini tushunadi.
Tabiat mintaqalarini shimoldan janubga emas, balki janubdan shimolga qarab o‘rganish lozim. Bu "yaqindan uzoqqa" qarab o‘rganish prinsipi bilan bog‘liq. O‘z yurtini o‘rganib, bolalar cho‘l, vodiy zonasida yashashlarini bilib oladi. Cho‘l tabiati va odamlarning undagi mehnati o‘quvchilar kundalik hayotida ko‘radigan holatdir. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z joyi tabiati haqida to‘plangan bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish zarur, shundan keyin o‘quvchilarni boshqa tabiat mintaqalari sari yetaklash mumkin. 4-sinf o‘quvchilariga "mintaqa" tushunchasi berilmasligi kerak. Tabiat o‘quvchilarga qiyosiy planda tanishtiriladi, bunda jonli va jonsiz tabiatning omillari, insonlar mehnatiga ta’siri ko‘rsatiladi. Tabiatni janubdan shimolga qarab o‘rganish dasturning o‘lkashunoslik asosi sifatidagi rolini tushunish imkonini beradi: o‘quvchilar o‘z yurtiga boshqa tabiat sharoitlari o‘rtasidagi ahamiyati nuqtai nazaridan qarashni o‘rganadi.
"Foydali qazilmalar"ning 3-sinfda o‘rganilishini hisobga olib, dasturda “O‘zbekistonning foydali qazilmalari” mavzusida o‘lkamizda qazib olinadigan asosiy qazilmalar haqida tushunchalar berilgan.
"Vatanimiz bo‘ylab sayohat" bo‘limi “Vatanimiz chegaralari”, “O‘zbekistonning tabiiy rayonlarga va ma’muriy bo‘linishi”, “Farg‘ona vodiysining tabiati”, “Toshkent viloyatining tabiati”, “Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining tabiati”, “Samarqand va Buxoro viloyatlarining tabiati”, “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tabiati”, “Tabiatga g‘amxo‘r bo‘ling”, “Qizil kitob” – ogohlik belgisi” kabi mavzulardan tashkil topgan va shu bo‘lim tabiatshunoslik fanini yakunlaydi. O‘quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishda insonning roli ko‘rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o‘simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar.
Tabiatni asrash masalasini o‘rganish faqat bu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fani uchun asosiy bo‘lib qolaveradi. O‘quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o‘qituvchiga O‘zbekistonning tabiatni asrash haqidagi qonunni kichik yoshdagi o‘quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.
"Ekologiya asoslari" mavzularini o‘rganish jarayonida 3-sinfda olingan ekologiya haqidagi tushuncha va tafakkurlarini nazariy usuldan 4-sinfga kelib turli ko‘rgazmali qurollar orqali amaliy usulga o‘tishi ta’min qilinadi.
Tabiatshunoslik fanini o‘rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o‘rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o‘rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o‘tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bu yuqori ko‘rgazma asosida sinflarda o‘tkaziladigan darslarga ham tegishli. Shuning uchun tabiatshunoslik darslarini o‘tkazishga alohida e’tibor berish zarur.
"O‘zbekiston tabiatini asrash" mayzusini o‘rganishda o‘quvchilar Respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |