O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
QASHQADARYO VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Koson tumani xalq ta`limi bo`limi 10-umumiy o`rta ta`lim maktab Kimyo fani o`qituvchisi
QUDRATOVA GULRUXning 8-sinf kimyo fanidan „Reaksiya tezligiga bosim , hajim va haroratning ta'siri” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
MAVZU: REAKSIYA TEZLIGIGA BOSIM, HAJM VA HARORATNING TA`SIRI
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Kimyoviy reaksiyaning tezligi. Kimyoviy muvozanat haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi
Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi dastlabki tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
Darsning texnologik xaritasi
1
|
Tashkiliy qism
|
7 daqiqa
|
2
|
Yangi mavzuni bayon etish
|
15 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
4
|
Uy vazifasini so`rash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o`quvchilarga uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish.
2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish.
4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
S odir bo‘layotgan kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish mumkinmi? Kimyoviy reaksiyalar turlicha tezliklarda sodir bo‘ladi. Ayrim reaksiyalarjuda tez: soniyaning ulushlarida, ayrim reaksiyalar esa bir necha kunlarda juda sekin sodir bo‘ladi. Shunday reaksiyalar borki ularni tugallanishi
uchun hatto yillar kerak bo‘ladi. Kimyoviy ishlab chiqarishda ayrim kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish kerak bo‘lsa, ayrimlarini sekinlashtirish kerak. Masalan, temir buyumlarni
zanglash jarayonini sekinlashtirish zarur. • Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalarini vaqt birligi ichida o‘zgarishi kimyoviy reaksiyaning tezligi
deyiladi. Masalan, kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddaning dastlabki konsentratsiyasi 1 mol/l ga teng. Reaksiya 10 sekund davom etgandan so‘ng ushbu moddani konsentratsiyasi 0,4 mol/l ga teng ekanligi aniqlandi. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiyaning tezligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi. Kimyoviy reaksiyaning tezligi – v. Reaksiya davomida moddaning
k onsentratsiyasi: (1 mol/l – 0,4 mol/l = 0,6 mol/l) 0,6 mol/l ga kamaygan. Reaksiya 10 sekund davom etgan. Demak, ushbu reaksiyaning tezligi 0,06 mol/l sekund ekan.
Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar:1. Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyalariga bog‘liq. Siz 7-sinf kimyo kursida kislorodning kimyoviy xossalarini o‘rganishdavomida oltingugurtni havoda sekin yonishi, sof kislorodda esa ravshan
alanga berib juda tez yonganligini bilib olgansiz. Oltingugurt toza kislorodda yonganda uning sirtiga kelib urilayotgan kislorod molekulalarining soni havodagiga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi.
Chunki, havoda kislorod hajm jihatdan 21% ni tashkil qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |