Genri Bouers va unter ofitser-Edgar Evans boradi. Oxirgi 250 km
masofani ular juda og’ir sharoitda oxirgi kuchlarini sarflab o’tdilar. Skott
qutbga bir necha kilometr qolganda kundaligiga ushbu so’zlarni yozadi:
“Oldinda turgan qora narsani ko’ramiz. Yaqinlashganimizda u bayroq
bo’lib chiqadi. Lager, kuchuk va chanalar izlarini ko’ramiz. Norveglar
bizni ortda qoldirishdi. Ular birinchi bo’lib qutbga yetib kelishdi. Qanday
dahshatli! Bizning barcha umidlarimiz yakun topdi. Ortga qaytish juda
qayg’uli bo’ladi”. 1912 yil
yanvarida ular qutbga kelishadi. Inglizlar Norvegiya bayrog’i o’rnatilgan
palatkani topishadi. Unda Amundsenning kapitan Skott nomiga xat bo’lib,
bu xatni norveg qiroliga yetkazish iltimos qilingan edi. Inglizlar palatkani
suratga olishdi, qutbga o’z bayroqlarini ham o’rnatishib, uni ham suratga
olishdi.
Qutbga borishda inglizlar 10 ta oziq-ovqat va yoqilg’i qo’yilgan oraliq
omborlari tuzishgandi. Ortga qaytishda ularning maqsadi-keyingi omborga
tezroq yetib olish edi. Lekin qancha ular harakat qilishmasin kuchlari tobora
susayib borardi. Tezda ular orasidagi eng yosh va kuchli Evansda aqliy
yetishmovchilik xislatlari ko’rina boshladi. U ortda qolib ketar, qo’li, burni
va oyoqlarini sovuq urdi. 17 fevralda u juda ortda qoldi. “Evans tizzalab
o’tirgandi, ko’zlari bejo. Undan nima bo’ldi deb so’rasak, u javob
berolmadi, hushdan ketganini aytdi. O’rnidan turg’izib yurgizsak, har 2-3
qadamda hushidan ketdi. Uni yaqin palatkaga olib kelganimizda u 12 soatu
30 minut hushsiz yotdi vat inch o’lim topdi. O’rtog’ingni bunday yo’qotish
juda azobli” deb yozgan edi Skott.
Keyingi yo’l yana og’ir kechadi. Ular bir necha marta yo’ldan
adashishadi. Fevral oxirida yoqilg’i kam qolganda havo yana soviy
boshlaydi va Ots oyog’ini muzlatib qo’yadi. Skottning mart oyidagi
yozuvlaridan ularning qanday umidsizlanganini ko’rish mumkin. Ular bir-
birlariga yordam berolmas, barchalarining ahvoli og’ir edi. Shunday
bo’lsada, 15 kilogramm og’irlikdagi geologik kolleksiyani o’zlari bilan
sudrab borishardi.
14 mart:”Harorat -42 gacha tushib ketdi, menimcha bizlarning
oxiratimiz yaqin. Men hech qachon yilning bu oyida shunday qattiq sovuq
bo’lishini o’ylamagan edim”. 17 mart: “Kunlarni sanashdan adashdim.
Menimcha hayotimizning oxirgi kuni. Nonushtadan so’ng Ots boshqa
yurolmasligini aytdi. Biz uni yetaklab bir necha mil yurdik. Otsning oxirgi
o’ylari onasi haqida edi. Kechasi uxlashdan oldin ertalab uyg’onmaslikni
istadi, lekin ertalab turdi va atrofni aylanib kelishini aytdi. U tashqariga
chiqdi va biz uni boshqa ko’rmadik. Ots o’z o’limiga mardlarcha bordi, biz
ham shunday o’limimizni kutib olsak qani edi. Bizning o’limimiz ham
yaqin!” 29-mart: “21-sanadan beri quyunli shamol esadi, yoqilg’imiz
oxirlab qoldi, har kuni yo’lga chiqamiz deymiz, lekin chiqolmaymiz,
omborgacha 11 mill qoldi, lekin unga yetib borolmasak kerak. Biz
oxirigacha chidaymiz. Men yana yoza olishimga ko’zim yetmaydi”. Uning
oxirgi yozuvi: “Xudo haqqi bizning yaqinlarimizni yolg’iz qoldirmang!”
Antarktidada
sоhillarini istisnо qilganda, kоntinеntal qutbiy iqlim
hukmrоn: harorat hamma vaqt 0° dan past bo’ladi va yog’in juda kam
yog’adi. Yer yuzasi muzlikdan ibоrat hamda baland bo’lganidan havо
massalari antisiklоn rеjimini hоsil qiladi. Yoz, kuz paytlarida matеrik
chеkkalarida siklоnlar paydо bo’lib, ichkirilarga ham kirib bоradi. Yozda
(dekabr, yanvar, fеv.) Antarktidada bulutsiz kunlar ko’p bo’ladi, shuning
uchun quyosh nisbatan ko’prоq ilitadi, lеkin quyosh nuri muzdan ko’p qay-
tadi (o’rta hisоbda 90%), оqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning
хuddi shu kеngliklaridagiga nisbatan 4 — 5 marta kam. Matеrikning
markaziy qis-mida eng sоvuq оylarning o’rtacha haroratsi — 60°, —70°,
yoz оylariniki — 30° dan —50° gacha; sоhidda qishda — 8° dan —
35°
gacha, yozda 0 — 5° bo’ladi. O’rtacha yil-lik harorat — 50° ga yaqin.
Mutlaq minimum — 89,2° (Vоstоk stansiyasi). Bu esa bu-tun Еr sharida eng
past haroratdir. Еr yuzasi sоvuq va atrоfdagi dеngizlar iliq-rоq bo’lganidan
tеz-tеz kuchli shamоllar bo’lib turadi (ba’zan shamоl tеzligi sеkundiga 90
m ga bоradi).
Yog’in eng ko’p (700 — 1000 mm) yog’adigan zоna dеngiz sоhili
bo’lib, eni 15 km ga еtadi: ichki r-nlarda yiliga atigi 30 — 50 mm yog’in
tusha-di. Iliq paytlarda ham ko’pincha qоr yog’adi. Havоning nisbiy namligi
o’rta hisоbda 73 — 78%.
O’simliklari. O’simlik turlari (lishayniklar, zamburug’lar, baktеriya va
suvo’tlar) kam va o’ziga хоs, ammо ular matеrikning eng sоvuq jоylari- da
ham uchraydi.
Hayvоnlardan tyulеnlar (ueddеll tyulеni, qisqichbaqaхo’r tyulеn,
dеngiz qоplоni, rоss tyulеni, dеngiz fillari) va qushlardan pоmоrnikning
ikki turi, adеli va impеratоr ping-vinlari uchraydi.
Antarktida dеyarli butunlay Antarktida iqlim mintaqasida jоylashgan.
Bu еrdagi eng sоvuq sutkalik o’rtacha harоrat хattо yozda ham - 30
0
S dan
ko’tarilmaydi, qishda esa 70
0
S dan ham past bo’ladi.
Bahor kelganda -1912 yilning noyabrida izlovchi otryad palatkani
topishdi. Unda 3 ta murda bor edi. Uilson va Bouers yopiq uyquga
mo’ljallangan qoplarda yotardi. Ekspeditsiya vrachi Eduard Atkinson
quyidagilarni yozadi: “Skott hammadan so’ng vafot etgan. U Uilson
jasadiga qo’l uzatib yotardi. Biz ularning barcha narsalarini izlab
ko’rdik. Narsalar orasida qimmatbaho geologic toshlar bo’lib, ular oxirgi
damlarigacha bu narsalarni tashlashmagan edi. Ertasi kuni biz ular bilan
butun umrga xayrlashdik. Ularning mardonavor jasadlari o’zlari uchun eng
ma’qul yerga ko’mildi”.
Bundan keyin ham sirli materikka qiziqish kamaymadi, lekin
Antarktikani muntazam ravishda o’rganish Ikkinchi jahon urushidan keyin
boshlandi va hozirgi davrda ham davom etyapti. 40-50 yillarda bir qator
davlatlar Antarktida materigida ilmiy-tekshirish stansiyalarini bunyod
etishdi. 1957 yili 3-Xalqaro geofizika yiliga tayyorgarlik va uni o’tkazish
munosabati bilan tadqiqot ishlarining yagona xalqaro dasturi ishlab
chiqarildi. Xalqaro dasturga muvofiq 1957 yilda boshlangan tadqiqot ishlari
ilmiy-tadqiqot stansiyalari va punktlari ishlarini, continent ichki qismiga
qilinadigan ekspeditsiyalarni va ilmiy-tadqiqot kemalarining dengizdagi
ekspedtsiylarini o’z ichiga oladi. 1958 yilda rus ekspeditsiyasi materikning
geometric markazi-borish qiyin bo’lgan qutbga birinchi bo’lib yetib bordi.
Ko’pgina mamlakatlarning olimlari materikning ichki qismiga uzoq
poxodlar qilishdi, bunga materik Janubiy qutb orqali kesib o’tildi. Hozirgi
vaqtda Antarktidada ko’p ilmiy-tadqiqot stansiyalari ishlab turibdi, ularda
eng yangi metodlar qo’llanilib janubiy qutbning tabiiy sharoiti majmuali
o’rganilmoqda. Keying yillarda Antarktidani tadqiq etishda aviatsiya va
kosmosdan olingan ma’lumotlar katta rol o’ynayapti.
1961 yilning iyunidan 1959 yil 19 dekabrda 12 ta mamlakat
tomonidan imzolangan kelishuv kuchga kirdi. Antarktidadan faqatgina
tinchlik maqsadlarida foydalaniladi, har qanday yadroviy portlatishlar
ta’qiqlanadi, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik masalalaridagina bu
hududdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |